Insertda foydalaniladigan maxsus jadval
Download 330.34 Kb.
|
lokal dárejedegi tálim texnologiyalari
3.2.2. Klaster
Klaster – cluster - ingliz tilida shajara degan ma’noni anglatadi. Ushbu lokal texnologiya о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirgan va о‘zlashtiradigan g‘oya, nazariya, qonuniyat va tushunchalar о‘rtasidagi bog‘lanishini anglash, bir-biriga uzviyligini tushunishga imkon yaratib tahliliy-tanqidiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Klasterni tuzish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Biologiya kursi mazmunidagi muayyan g‘oya doska yoki qog‘oz о‘rtasiga yoziladi; Ushbu g‘oya bilan bog‘liq qonuniyatlar, tushunchalar bir-biriga bog‘liq holati kо‘rsatkich bilan belgilanadi, sо‘ngra mazkur qonuniyat va tushunchalarning faktik ma’lumotlari grafik tarzda yoziladi va tarmoq hosil qilinadi. Avval о‘rganilgan mavzu va о‘rganiladigan mavzu о‘rtasidagi bog‘lanishlar haqida xulosa chiqariladi. Klasterdan foydalaniladigan darslarda о‘quvchilar teng sonli kichik guruhlarga ajratilib, ularga о‘quv topshirig‘ining didaktik maqsadi va bajarilish tartibi tushuntirilgandan sо‘ng, ular ajratilgan vaqt ichida fikrlarini jamlab, о‘zlari tuzgan Klasterni himoya qilib, fikrlarini dalillashga imkon yaratilib, eng yaxshi va asosli tuzilgan Klaster aniqlanadi, g‘oliblar rag‘batlantiriladi. Klaster bitta mavzu yoki bob bо‘yicha yaxlit tuzish о‘quvchilarning tizimli fikr yuritishiga zamin yaratadi. Klasterning asosida asosiy g‘oya yoki tushuncha о‘rin oladi, masalan, genlarning о‘zaro ta’siri bо‘yicha quyidagicha tuziladi: 1 –topshiriq. Genlarning belgilarga ta`sirini guruhlarga ajrating. 1. To`liq dominantlik. 2. KomplementariY. 3. Oraliq irsiylanish. 4. Epistaz.5. PolimeriY. 6. PleyotropiY. 7. Ko`p allellilik. Bir genning bir belgiga ta`siri Bir necha genning bir belgiga ta`siri. Bir genning ko`p belgiga ta`siri. Kalsterning javobi: Bir genning bir belgiga ta`siri – 1, 3, 7. Bir necha genning bir belgiga ta`siri – 2, 4, 5. Bir genning ko`p belgiga ta`siri – 6. Download 330.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling