Insertda foydalaniladigan maxsus jadval
Download 330.34 Kb.
|
lokal dárejedegi tálim texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.4. Keys stadi
3.2.3. Venn diagrammasi
Ta’lim-tarbiya jarayonida lokal darajada qо‘llaniladigan texnologiyalardan biri- Venn diagrammasi bо‘lib, uni ishlab chiqqan ingliz olimi Djon Venn nomi bilan yuritiladi. Venn diagrammasi о‘rganilayotgan mavzudan о‘rin olgan fakt, tushuncha va jarayonlarni tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashni talab etadi. Ushbu diagrammadan tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash, tabiiy tanlanish, yashash uchun kurash shakllarini tahlil qilish, sintezlash va taqqoslashda foydalanish mumkin. Venn diagrammasi quyidagi kо‘rinishda bо‘lishi tavsiya etiladi.
3.2.4. Keys stadi Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalarni о‘qitishda “Keys”dan foydalanish yuqori samara beradi. “Keys” – case stadies ingliz tilidan olingan bо‘lib, jarayon yoki vaziyat degan ma’noni beradi. Dastlab bu texnologiyadan biznes va tadbirkorlarni о‘qitishda foydalanilgan bо‘lib, hozirgi paytda о‘qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlarning tashqi va ichki, obyektiv va subyektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ularni hal etish uchun о‘quv munozaralari tashkil etiladi. Biologiyani о‘qitishda dastur mazmunidagi evolyusion tushunchalar yetakchilik qilgan, shuningdek munozarali “О‘simliklarning paydo bо‘lishi va rivojlanishi”, “Hayvonot olamining paydo bо‘lishi va rivojlanishi” kabi mavzularni о‘qitishda foydalanish mumkin. Ta’lim-tarbiya jarayonida Keysdan foydalanish uchun о‘qituvchi: Dastur mazmunidagi muammoli mavzularni aniqlashi, shu mavzularni о‘qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi; Dars davomida muammoli savol-topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga kо‘ra yakka tartibda yoki о‘quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlarni tashkil etilishini aniqlashi; О‘quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, о‘quv munozaralari orqali muloqotga kiritish yо‘llarini rejalashtirishi; Muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan о‘quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim. Biologiyani о‘qitishda rasmni izohlashni talab etadigan biologik diktantlar muhim о‘rin tutib, о‘quvchilarda obyektlarni tanish, obyektlar о‘rtasida bog‘lanishlarni aniqlashda ham Keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud. Download 330.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling