Referat Mavzu: Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Reja: Mofologik dunyoqarash Diniy dunyoqarash


Download 23.32 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi23.32 Kb.
#1021157
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
A.A.A

Diniy dunyoqarash

Diniy dunyoqarash — olamdagi voqea va hodisa sabablarini, insonning orzu - umidlarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan qismat, taqdir bilan bog‘lab tushunishdir. Mifologik dunyoqarashda barcha hodisa va voqealaming sababi afsonaviy kuchlar hisoblansa, diniy dunyoqarashda ularning o‘rnini turli dinlarga xos bo'lgan Xudolar va ilohiy qudratlar oladi. Diniy dunyoqarash insonning o'zini va olam mohiyatini bilishidagi o'ziga xos bir yo'l, bir bosqichdir. Diniy dunyoqarashning muhim jihatlarini: diniy tuyg'u, diniy aqidalarga ishonish, sig'inish, diniy e’tiqod va shu kabilar tashkil qiladi. Diniy dunyoqarashning boshlang'ich unsuri — diniy tuyg'udir. Diniy tuyg‘u — kishilarning tabarruk va aziz, deb tasavvur qilinadigan mavjudotlarga, muqaddaslashtirilgan buyumlar, shaxslar, joylarga, bir-birlariga, o‘z-o‘ziga, shuningdek, ilohiy mazmunda talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalariga munosabatlarida paydo bo‘ladigan hissiyotdir. Diniy tuyg'u tug'ma bo'lmaydi, u kishi yoki kishilar yashaydigan ijtimoiy va ruhiy shart-sharoitlar asosida vujudga keladi. Diniy tuyg'u kishidagi hishayajon, kechinma, ruhiy holat bilan bog'liq bo'ladi. Kishilarning turli hissiyotlari: qo'rqish, dahshatga tushish, shodligi, zavqlanishi, umidi va umidsizligi, muvaffaqiyat va mag'lubiyat kabi holatlar ularning diniy tasawurlari va tushunchalari, diniy g'oyalari va qarashlari bilan qo'shilib, ma’lum ma’no va mazmun kasb etgandan keyingina diniy tuyg'uga aylanadi. Diniy dunyoqarashning ikkinchi elementi, bu — diniy aqidalardir. Diniy aqidalar o‘z mazmuni bilan dunyo va undagi voqeahodisalarni ilohiy e’tiqod asosida tushunish bilan bogiangan tasawurlar va tushunchalardir. Ular Ollohning yagonaligi, farishtalarning mavjudligi, diniy kitoblarning muqaddasligi, Payg'ambarlarga ishonish lozimligi, oxiratning borligi, taqdirning ilohiyligi, o'lgandan keyin qayta (qiyomat kuni) tirilish mumkinligidir. Diniy dunyoqarashning navbatdagi elementi, bu — biron . buyumga, narsaga, hayvon yoki daraxtga, kishiga yoki, nihoyat, Xudoga sig'inishdir. Sig'inish sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Sig'inishning sodda ko'rinishi — kishilarning kundalik hayotida ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishidir. Sig'inish diniy tasawurlar va g'oyalarni ifoda etuvchi, ilohiy kuchlarga, ilohiy mavjudotlarga 14 kutubxonasi qaratilgan, yakka yoki jamoa bo'lib bajariladigan ramziy xattiharakatdir. Masalan: ta’zim qilish, tiz cho'kish, sajda qilish, bosh egish, qo‘1 qovushtirish, cho'qinish, toat-ibodat qilishlar sig'inishning sodda ko'rinishlaridir. Namoz o'qish, Qur’on tilovati, qurbonlik va xudoyi qilish, diniy bayramlarni nishonlash — sig'inishning murakkab shakllaridir. Sig'inish bilan kishida ilohiy kuchlarga e’tiqodning ruhiy ehtiyoji; qondiriladi. Diniy dunyoqarashda Xudodan qo'rqish, uning g'azabidan, jazosidan saqlanish muhim o'rin tutadi. Xudodan qo'rqish — diniy aqidalarni, diniy prinsiplar va qarashlarni buzganligi uchun Tanho va Haq Taolo — Yaratuvchi — Xudoning gunohkor insonni jazolashiga ishonish bilan bog'liq his-tuyg'udir. Diniy ta’limotlarda aytilishicha, diniy aqidalarga, tamoyillarga zarracha bo‘lsa-da, xilof ish qilish, Xudoga shak keltirish insonga oxiratda do'zax azobini beradi. Bu ham dunyoviy muammolarga o'ziga xos yondashishning bir usulidir. Xullas, diniy dunyoqarash o'zining inson hayoti bilan chambarchas bog'liqligi, insonning his-tuyg'u, quvonch va tashvishlariga, ishonchvaumidlariga bevosita aloqadorligi, e’tiqodga ustun darajada e’tibomi qaratish bilan dunyoqarashning boshqa tiplaridan ajralib turadi.



  1. Download 23.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling