Anatomiya fanining rivojlanish tarixi
Download 20.95 Kb.
|
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi-hozir.org 2
Anatomiya fanining rivojlanish tarixi Mustaqil ish 1 Anatomiya fanining rivojlanish tarixi. Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi. Anatomiya fanining rivojlanish tarixi. Anatomiya fanining rivojlanish tarixi eramizdan oldingi uzoq o`tmishga borib ta‘qaladi. Qadimda diniy aqidalarga ko`ra murdani кеsib o`rganish gunoh sanalib bu usul bilan odam tuzilishini o`rganishga intilganlar o`lim jazosiga hukm etilgan. Eramizdan oldingi XX asrda yashagan hind tabibi Bxaskara Bxatshe «Anatomiya targ`iboti» asarida a‘zolar, muskullar , qon tomirlar, nervlar to`g`risida yuzaki ma‘lumotlarni to`plagan. Anatomiyaning asosiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar mamlakatida boshlanib Gippokrat, Pifogor, Arastu, (Aristotel) kabi allomalar tarbiyalangan maktablar tashkil etilgan. Buqrot (Gippokrat) – eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashab , tibbiyot sohasida o`zigacha bo`lgan ma‘lumotlarni to`plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asr yozgan yurak- qon tomirlar tuzulishi to`grisida ma‘lumot bergan. Arastu (Aristotel)- eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashab, nervlar paylardan farqi borligini aorta qon tomiri yurakdan boshlanishini aniqlagan atoqli olim anatom, faylasufdir. Gerofil – eramizdan oldingi 300 yillarda yashagan.Ichki a`zolarni kesib o`rgangan,harakatchan va sezuvchi nervlarni aniqlagan. Jolinus Hakim (Klavdiy Galen) (130-210)- anatomiya , fiziologiya falsafa va biologiyani mukammal bilgan. U suyaklar muskullar bosh va orqa miya anatomiyasini o`rgangan. Jolinus hxayvonlar yuragi va qon tomirlarini o`rganib arteriyalarda havo emas balki qon oqishini birinchi bo`lib isbotlagan. U davrda murdani yorib odam anatomiyasini o`rganish mumkin bo`lmaganligi uchun odam a‘zolarining tuzilishini hayvonlarda o`rganishga majbur bo`lgan, shu tufayli uning anatomik ma‘lumotlarida ayrim xatoliklar bo`lgan. Abu Ali ibn Sino (930-1037) – Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog`ida tug`ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olib 17 yoshlik chog`idayoq fanlarni mukammal bilgan. U Xorazm va Eronda saroy tabibi bo`lib xizmat qilgan. Ibn Sino yuzdan ortiq asar yaratgan, bulardan eng yirigi – «Tib qonunlari» besh jildli bo'lib birinchi tomi anatomiya va fiziologiyaga bag`ishlangan. Ushbu kitobga tibbiyot sohasidagi dunyoda bo'lgan barcha ma‘lumotlarni to'plabgina qolmasdan o'z tekshirishlari va tushunchalari bilan fanni yanada boyitgan. Kitob turli tillarda qayta-qayta nashr qilingan bo'lib tibbiyotda asosiy qo`llanma sifatida hanuzgacha xizmat qilmoqda. Ibn Sino organizmni o'rganishda odam konstitutsiyasiga birinchi bo'lib e’tibor berdi. «Tib qonunlari» kitobida ichki kasalliklar, xirurgiya farmakologiya gigiyena va tibbiyotning boshqa qismlari to`grisida batafsil ma‘lumotlar berilgan. «Tib qonunlari» o`zbek tilida birinchi marta 1954-1956 yillarda Toshkentda bosilib chiqqan. Vilyam Garvey (1578-1657)- anatom va fiziolog bo`lib o`z kuzatish va tajribalari asosida 1626 yilda e‘lon qilingan «Hayvonlarda yurak va qon harakati to`grisida anatomik tekshirishlar» degan ilmiy asarida katta va kichik qon aylanish doiralarini birinchi marta ilmiy ravishda isbotlab bergan.Garviy qonni arteriyadan venaga ko`zga ko`rinmaydigan mayda tomirchalar orqali o`tadi deb taxmin qilgan. M. Malpigi (1628-1694) arteriya bilan venani bir biriga qo`shib turadigan kapillyarlar borligini mikroskop ostida ko`rib isbotladi. Fredrik Ryuish (1638-1731)- qon tomirlariga rangli moddalar yuborib o`rgangan va preparatlar tayyorlangan. XII-XIII asrlarda ya‘ni uyg`onish davrida anatomiya faniga qiziqish Italiyada , keyin Fransiyada ochilgan tibbiyot maktablarida yangitdan boshlandi. Olimlar talabi bilan har besh yilda bir marta murdani ochib o`rganishga ruxsat berilgan.Natijada,dunyoda birinchi bo`lib Mondino da Lyutsi 1326 yilda ikki murdani o`rganib, olingan ma‘lumotlar asosida anatomiya darsligini yozdi. Leonardo da Vinchi (1452-1519)- Italiyalikrassom, matematik, injiner va faylasufdir, u 30 dan ortiq murdalarni kesib o`rgangan va a‘zolar rasmini chizib chiqqan. U dunyoda birinchi bulib muskillarning ishlash dinamikani o`rganib, shu bilan plastik anatomiyaga asos solgan. Andrey Vezaliy (1514-1564) – «Anatomiya jadvallari» atlasini va «odam tanasining tuzilishi to`grisidagi yetti kitob» ni yozdi. Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi bo`lib kalla suyaklarining tuzilishi va taraqiyoti, muskullar, jinsiy a‘zolar, bachadon nayi, eshitish va ko`rish a‘zolarini o`rganib «Anatomik kuzatishlar» kitobini yozgan. B. Evstaxiy (1510-1574) – Vezaliyning anatomiyadagi ayrim xatolarini to`g`riladi. U tishlar, buyraklar, eshitish a‘zolarini o`rganib birinchi marta halqum bilan o`rta quloq bo`shlig`ini qo`shib turuvchi eshitish yo`lini aniqladi. Kuzatishlar asosida 1714 – yilda «Anatomiya qo`llanmalari» asarini nashr ettirdi. I. Purkin`e (1787-1869) suyak hujayralari, yurak muskullaridagi alohida o`tkazish tolalari, nerv tolalarining mikroskopik tuzilishini o`rganadi. Rossiyada XVII- asrgacha vrachlar chetdan taklif etilib, faqat imperator saroylaridagina xizmat qilganlar. Ammo XVII asrning o`rtalarida toun epidimeyasi Moskvada birinchi tibbiyot maktabining (1654 yil) ochilishiga sabab bo`lgan. Pyotr 1 Peterburg va Kronshtadtda, keyinchalik boshqa shaharlarda ham harbiy gospitallar qoshida tibbiyot maktablari ochtirgan va brinchi navbatda odam anatomiyasi fani bilan shug`ullanishni da`vat etgan. Pyotr 1 ning tashabussi bilan Peterburgda tibbiyot akademiyasi tashkil etilgan. Akademiyaga ishlagan olimlardan biri M. V. Ломоnоsов (1711-1765) nervizm g`oyalarini targ`ib etgan anatomiyani o`rganishga davat etgan vа tabiyatshunoslik faniga asos solgan olim bo`lgan. Uning tashabbusi bilan ochilgan universitet qoshida tibbiyot fakulteti bo`lgan. N. I. Pirogov (1810-1881) – rus harbiy- dala jarrohligining asoschisi va topograf anatomidir. U odam organizmidagi a‘zolarni muzlatib, qotirib, qavatma- qavat qilib kesib o`rgangan. Fassiyalar, muskullar va qon tomirlarni o`rgandi va “Muzlatilgan murdalarni arralab o`rganilgan topografik anatomiya” atlasini (1859yil) yozdi. V. I. Bets (1834-94) Kiyev unevirsiteti proffesori, anatom.U bosh miyaning po`stloq qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini urgangan . I.M.Sechenov (1829-1905) nervizm g`oyalarinig asoschisi bo`lib u organizmni bir butun bo`lib tashqi muhit bilan bog`lanishini isbotladi.I.M. Sechenov 1863 yilda “Bosh miya reflekslari” kitobini yozdi I.P.Pavlov (1849-1936) odam markaziy nerv tizimi fiziologiyasini o`rganishga salmoqli hissa qushgan. U brinchi bo`lib ikkita signal tizimi to`g`risida, shartli riflekslar va oliy nerv tizimining faoliyati to`grisidagi nazariyani ilgari surib tugallangaFiziologiya fanining rivojlanish tarixi . Reja . 1. Fiziologiya fani uning tibbiyotda tutgan o'rni . 2. Organizmni a'zolar sistemasi va alohida a'zolar to'qimalar , hujayraning hayotiy faoliyatini o'rganish . 3. Fanga hissa qo'shgan olimlar V.M Bexterov , P.A. Zagorskiy , Kladviy Galen , I.P.Pavlov , V.P. Varobyov . 1. Fiziologiya fani tirik organizm , undagi a'zolar , to'qimalar , xujayralar va xujayra tarkibiy elementlarining xayot faoliyati ( funktsiyasi ) jarayonlarini , organizmning tashqi muxit bilan munosabatini o'rgatadi . Fiziologiya funktsiyalarning turda va individda rivojlanishini , ularning doimo o'zgaruvchan tashki sharoitiga moslanishini o'rganadi . Odam organizmi funktsiyalarini chuqur o'rganish va shu tariqa faol ta'sir ko'rsatib , ularni zaruriy tomonga yonaltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir . Fiziologiya bu stabil bo'lgan , bir - biri bilan boglangan bir qancha fanlarga bo'linadi . Fiziologiyani avvalo umumiy va xususiy solishtirma va evolyutsion , shuningdek , ixtisoslashgan ( yoki amaliy ) va odam fiziologiyalariga bulish mumkin . Umumiy fiziologiya - muxit ta'siriga tirik organizm javob berishining umumiy qonunlarini , har bir organizmga xos bo'lgan hayotiy jarayonlarni urganadi . Xususiy fiziologiya - tukimalar ( muskul , nerv va b . ) , a'zolar ( miya , yurak , buyrak va b . ) , tizimlar ( xazm , qon aylanish , nafas va b . ) funksiyalarini o'rganadi . Solishtirma fiziologiya - har xil turlarga mansub bo'lgan organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funtsiyasining o'ziga xosligini o'rganadi . Evolyutsion fiziologiya - funktsiyalarni tur va individda rivojlanishqonuniyatlarini o'rganadi . Ixtisoslashgan ( eki amaliy ) fiziologiya ixtisosiga , bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm funksiyalarining o'zgarish qonuniyatlarini o'rganadi . Qishloq xo'jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba'zan odam fiziologiyasining ayrim kismlari ( aviatsion , kosmik , suv osti fiziologiyalari va b . ) ixtisoslashgan fiziologiyaga misol bulishi mumkin . Fiziologiya barcha tibbiyot fanlariga uzviy bogliq Organizmda ro'y beruvchi fiziologik jarayonlar bilib olingandagina turli kasalliklarda organizmdagi funksiyalarning buzilganligini tushunish , kasalliklarni davolashning turri yo'llarini belgilash va bu kasalliklardan saqlanish mumkin . Masalan , qon guruhlarining kashf qilinishi , qon quyish kabi tibbiyot uchun muhim tadbirlarga fiziologiya fani asos bo'ladi . Tibbiyot ham o'z navbatida fiziologiyaga g'oyat ko'p imkoniyatlarni yaratib berdi . Odamning turli kasalliklarini o'rganish ko'upchilik normal fiziologik jarayonlar mexanizmini tushunishga va ba'zi a'zolar funktsiyasini aniqlashga yordam beradi , 2. Organizmning tashkil topishi molekulyar ( viruslar ) , hujayra , to'qima , a'zo , a'zolar tizimi darajasida bo'lishi mumkin . Organizm rivojlanishning qaysi Fiziologiya (yun. physis — tabiat va ...logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obʼyektiga binoan, odam (qarang Odam), hayvonlar (qarang Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (qarang Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri isha kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. F. — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. F. umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga . javob reaksiyasini, tirik obʼyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma F. hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (qarang Filogenez) va xususiy rivojlanish (qarang Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy F. organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti bilan bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy F. mehnat fiziologiyasi, sport F.si, yosh F.si, ovqatlanish F.si, kosmik F. kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal F. va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik F. xam farq qilinadi. F,— eksperimental fan. Fiziologik tadqiqotlar oʻtkir (viviseksiya, ajratilgan organlar, perfuziya metodlari) yoki surunkali eksperimentlar (shartli reflekslar metodi, fistula qoʻyish, transplantatsiya, elektrodlar kiritish va boshqa metodlar) yordamida oʻtkaziladi. Yaxlit organizm funksiyasini oʻrganishda elektroensefalografiya, elektrokardiografiya, miografiya, biotelemetriya metodlaridan foydalaniladi. F. sohasidagi dastlabki maʼlumotlar tibbiyot bilan bogʻlangan boʻlib, qadimdan maʼlum. Gippokrat ishlaridayoq organizmdagi suyuklik, suyuq va quyuq moddalar nisbati toʻgʻrisida xabar beriladi. Aristotel "Hayvonlar qismlari toʻgʻrisida"gi asarida bir qancha ichki organlar funksiyasi toʻgʻrisida yozadi. Galen ishlarida F.ga katta ahamiyat berilgan. U. nerv sistemasi, yurak va boshqa organlarning umumiy funksiyasi toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Uygʻonish davrida dastlab organizmlar har xil sistemalarining anatomik tuzilishi, keyinchalik fiziologik funksiyasi jadal oʻrganila boshlandi (A.Vizaliy, M.Malpigi va boshqa ishlari). Hayvonlar ustida keng miqyosda tadqiqotlar olib borilishi natijasida U. Garvey kon aylanish sistemasini ochdi (1628); R.Boyl hayvonlar hayotida havoning ahamiyatini koʻrsatib berdi (1660); A.Lavuazye bu jarayonda kislorodning ahamiyatini aniqladi va hosil boʻladigan issiqlik miqdorini oʻlchadi (1775). R.Dekart miya funksiyasining qaytarish (reflektorlik) xususiyati toʻgʻrisida oʻz fikrini bildirdi (1649); uning bu fikrini 2 asrdan soʻng fransiya olimlari J.Legallua, P.Fluransa, F.Majandi, ingliz olimi M.Xoll va Ch.Bella tajribalar orqali tasdiklashdi. F.ning rivojlanishida L.Galvanining organizmlardagi bioelektrik jarayonlarni kashf etishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu kashfiyot tufayli zamonaviy elektrofiziologiyaga asos solindi. 19-asrdan boshlab fizika, kimyo va umumiy biol. sohasidagi kashfiyotlar (toʻqimalarning hujayraviy tuzilishi va evolyutsion taʼlimotning yaratilishi) tufayli organizmlar funksiyasini batafsil oʻrganish boshlandi. 19-asrda miyaning reflektorlik faoliyati mexanizmini oʻrganishga asos solindi; bu borada I.M.Sechenovnchng markaziy tormozlanish tabiatini oʻrganish sohasidagi ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi; bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogʻining sensorlik va oʻtkazuvchanlik funksiyalari toʻgʻrisida dalillar olindi (nemis olimlari G.Fricha, E.Gitsiga ishlari); eshitish va koʻrish taʼlimotlari yaratildi (nemis olimlari G.Gelmgolts, E.Gering); nafas olish va yuraktomir faoliyatining nerv regulyatsiyasi aniqlandi (ingliz olimi K.Bernar, nemis olimi K.Lyudvich, ukrain olimi V.Ya.Danilevskiy, A.A.Mislavskiy ishlari); ovqat xazm qilish faoliyatining fermentativ mexanizmlari, ularning nerv va gumoral boshqarilishi yoʻllari ochib beridsi (nemis olimiGeydengayn, rus olimi I.P.Pavlov); ichki sekretsiya bezlari kashf qilindi va fiziologik funksiyalarning boshqarilishida gormonlar ahamiyati ochib berildi (fransuz olimi Sh.BrounSekar); qonning transport va himoya funksiyasi koʻrsatildi; organizm ichki muhitining doimiyligi (gomeostaz) va uning mexanizmlari toʻgʻrisidagi tushunchalar shakllandi (K.Bernar, I.I.Mechnikov). 20-asrda fiziologik eksperimentlarda elektron kuchaytirgichlar, katodli ossillograflar, elektron mikroskop va boshqalardan foydalanish tufayli fiziologik funksiyalarni tadqiq qilish imkoniyatlari kengaydi. Buning natijasida hujayrada kechadigan va organizm barcha funksiyasi asosini tashkil etadigan jarayonlarni bevosita oʻrganish mumkin boʻldi. Xususan, tashqi qoʻzgʻatuvchilar retsepsiyasining hujayra mexanizmi, nerv impulslarining paydo boʻlishi va tarqalishi, sinaptik oʻtkazish va tormozlanish tabiati; muskul qisqarishi va sekretsiya mexanizmlari aniklandi; retseptorlardan markaziy nerv sistemasiga uzatiladigan signallarning kodlanishi va uzatilishi, nerv markaziga yetib keladigan axborotning har xil darajada qayta ishlanishi ochib berildi. I.P.Pavlov va shogirdlari shartli reflektorlik va ong asosini tashkil etadigan, bosh miya oliy boʻlimlarida kechadigan nerv jarayonlari umumiy qonuniyatlarini koʻrsatib berishdi. Ichki sekretsiya bezlari funksiyasini oʻrganish tufayli F.ning mustaqil soxasi — endokrinologiya paydo boʻldi. Gormonlar va mediatorlar tarkibi aniqlanib, koʻpchilik gormonlar va ular taʼsirini tormozlovchi moddalarning sintezlanishi zamonaviy farmakologiyaning asosi boʻldi. Nafas olish, yuraktomir, ekskretor va boshqa sistemalar funksiyasining hujayra va sistema mexanizmlari ham batafsil oʻrganildi. A.M.Ugolov va shogirdlari tomonidan oziq moddalarning ichak membranasida hazm boʻlishi mexanizmi ochib berildi. Zamonaviy F.da odam va hayvonlarning psixik faoliyati mexanizmini oʻrganishga katta eʼtibor berilmokda. Bu muammoni hal etishda bosh miya yarimsharlari funksiyasini batafsil oʻrganish, shartli reflekslar nozik neyronal mexanizmlarini tadqiq qilish katta ahamiyatga ega. Hozirgi uyqu, emotsional va eksperimental nevrozlar mexanizmi ustida ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli sensor sistemalarning axborotni qabul qilishi, uzatishi va qayta ishlashini oʻrganishda olingan maʼlumotlar nutqning shakllanishi, uni tushunib olish, koʻrilgan obrazlar va eshitilgan tovush signallarini farklash mexanizmini bilishga yordam beradi. Odam turmushi va mehnat sharoitiga turli ekstremal omillar (emotsional stress, iqlim va boshqalar) taʼsirini va muxit sharoitiga organizm moslashuvini tadqiq qilish ham bugungi F.ning vazifasiga kiradi. Miya xotira funksiyasiga taklid qiladigan modellarning yaratilishi zamonaviy F.ning eng soʻnggi yutuqlaridan biri boʻldi. Oʻzbekistonda F. sohasidagi tadqiqotlar A.Yu.Yunusov, B.O. Toshmuhamedov, I.V.Danilov, A.I.Izrael, A.S. Shatalina, Z.T.Tursunov va boshqa nomi bilan bogʻliq. F. sohasidagi asosiy tadqiqotlar oʻta noqulay sharoitga organizmning moslashuvi muammolarini oʻrganishga oid. Issiq iqlim sharoiti gipodinamika (kam harakat), giperdinamika (koʻp harakat), ogʻriq, yetarli ovqatlanmaslik va boshqa omillarning ovqatning ichakda hazm boʻlishiga taʼsiri mexanizmining ochib berilishi muhim tadqiqotlardan hisoblanadi (K.R.Rahimov, B.Z.Zaripov, Sh. Q. Qurbonov, B.A. Sodiqov, E.S.Mahmudov va boshqalar). Bir qancha ishlarda oʻt suyukligining oziq moddalarga taʼsiri (U.Z.Qodirov), ichakdagi gidrolitik va transport sistemasi rivojlanishining ona va bola gormonal holati bilan bogʻlikligi koʻrsatib berildi (L.S.Qoʻchqorova). Keyingi yillarda F. sohasida oʻzbek tilida bir qancha darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratildi (U.Z.Qodirov, Sh.Q.Qurbonov, K.T. Almatov, Q. Sodiqov va boshqalar) http://hozir.org Download 20.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling