Referat mavzu: ekologiya fani va uning bo’limlari, ekologiyaning vazifalari


Download 18.79 Kb.
Sana02.03.2023
Hajmi18.79 Kb.
#1243427
TuriReferat
Bog'liq
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


TARIX(SIRTQI) FAKULTETI


REFERAT


Mavzu: EKOLOGIYA FANI VA UNING BO’LIMLARI, EKOLOGIYANING VAZIFALARI

Bajardi: 101-guruh Eshpulatov Samandar


Tekshirdi:_________________________
Toshkent-2022
Ekologiyaning rivojlanishi, sanoat, qishloq xo’jaligining taraqqiyoti natijasida inson salomatligiga ziyon yetkazishni aniqlaydigan, ekologik ofatlarning oldini olishni o’rganadigan yo’nalishlar: “Odam ekologiyasi”, “Qishloq xo’jalik ekologiyasi”, “Transport ekologiyasi”, “Sanoat ekologiyasi”, “Tabobat ekologiyasi”, “Geoekologiya”, “Qurilish ekologiyasi” kabi fan tarmoqlari kelib chiqmoqda.
Hozirgi vaqtda ekologiya quyidagi bo’limlarga bo’linadi:

  1. Autoekologiya (Schrotes, 1896)- tur vakillarining ekologiyasi;

  2. Demekologiya (yoki demokologiye; Schwertinger, 1963)- populyatsiyalar ekologiyasi;

  3. Eydekologiya (eidos-tur)-turlar ekologiyasi;

  4. Sinekologiya (Schrotes, 1902)- tirik organizmlar jamoasi, uyushmasi birligining ekologiyasi

Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo’nalishlarayrim fanlarning bo’limi sifatida rivojlanmoqda, jumladan:
1.Fiziologik ekologiya- tirik organizmlar (mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar, odamlar)ning yashash joyiga moslashishi ta’sirida kelib chiqadigan fiziologik organizmni o’rganadi.
2.Paleekologiya tabiatdan yo’qolib ketgan organizmlar, turlar, guruhlarning ekologiyasini o’rganadi;
3. Evolyutsion ekologiya- tabiatda populyatsiyaning o’zgarib, rivojlanib turishini ekologik mexanizmlari;
4.Morfologik ekologiya – tirik organizmlarning yashish sharoiti ta’siri natijasida, ularning tanalarining tuzilish qonunlarini o’rganadi;
5.Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi- gidroekologiya- turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish, tarqalish qonunlarini o’rganadi;
6. Odam ekologiyasi- insonning tabiiy holati, unga salbiy va ijobiy ta’sir qilayotgan ekologik omillarning mohiyati, uning sog’ligi, tabiatdagi o’rni va rolini o’rganadi;
7. Ijtimoiy ekologiya- jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi turli ekologik munosabatlarni o’rganadi
Ekologiya o’rganadigan muammolarning har xilligi turli uslublarni qo’llashni talab etadi.
Ekologiyada quyidagi, ya’ni dala, labarotoriya, eksperimental va matematik model uslublari qo’llaniladi.
1. Dala uslubi yoki tabiiy sharoitda olib boriladigan, o’tkaziladigan kuzatish uslubi;
Dala uslubi bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta- kichik tirik organizmlar guruhlarini tabiiy sharoitda o’rganadi;
2. Laboratoriya eksperiment uslubi- bo’yicha maxsus joylarda, xonalarda turli mikroorganizmlar, suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari kichik-kichik chashkalarda, akvariumlarda maxsus ozuqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi. Ularning ko’payish tezligi, biomassa hosil qilishi, fiziologik va bioximik tarkiblari o’rganiladi.
Laboratoriya eksperimental va dala uslublari bir-biridan farq qiladi. Ya’ni, laboratoriya- eksperimental sun’iy sharoitda organizmga ta’sir qilayotgan sun’iy ekologik omillar (yorug’lik, harorat, namlik va boshqalar)ning salbiy va ijobiy ta’sirini boshqarish mumkin. Tabiiy sharoitda esa, ekologik omillarning organizmga bir joyda va bir vaqtda bir neja omil (quyoshdan kelayotgan nur, daryoning oqish tezligi)ni birdan boshqarish qiyin.
3. Matematika uslublari va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos ekologik tomonlarni matematik modellar uslubi yordamida aniqlash. V.S.Patten (1971), M.V. Dale (1970) Yu. Odum (1975), T.G.Gilmanov (1980) kabi olimlarning ishlarida o’z aksini topgan.
Download 18.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling