Referat mavzu: Ekologiyaga yetkazilgan zararlar Tekshirdi: Guruh: Bajardi


Download 132.39 Kb.
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi132.39 Kb.
#1757282
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
gavxar 1

Ekologiya atrofmuhut muhofazasi
Xalqaro hamjamiyatning tabiatga salbiy yoki ijobiy ta'sir etishi isbot talab etmaydigan aksiomadir. Xullas, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat o'rtasidagi o'zaro uzviy bog'langan, biri ikkinchisidan, ikkinchisi uchinchisidan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarning turli shakllaridir. Ular doimo atrof tabiiy muhit bilan uzviy bog'langan. Har qanday ekologik-huquqiy tizimda, avvalambor, muayyan davlalning tabiatga nisbatan qanday munosabat shaklida bo'lishi, so'ngra xalq irodasini aks ettiruvchi dunyоqarashlar tizimi - ekologik konsepsiyalar va unga monand ravishda ekologik siyosat shakllantiriladi. Davlatning ekologik siyosati esa uning ekologik qonunchilik tizimini yaratishga asos bo'ladi. Mazkur ekologik-huquqiy mexanizm bizni, avvalam bor, kishilik jamiyatini tabiatga nisbatan munosabat shakllarini к о 'rib chiqishga chaqiradi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, yer yuzida sodir bo'layotgan tabiiy jarayonlarning 9/10 qismida inson faoliyatining inahsuli aks etmoqda. Bu jarayonlarni doimo ham ijobiy deb bo'lmaydi. Chunki ekologik xavfsiz muhit, ya’ni insonlarning muhim hayotiy manfaatlari va avvalam-bor toza. sog'lom , qulay tabiiy sharoitga ega bo'lish huquqini to'la qondirishga qodir bo'la oladigan atrof tabiiy va ijtimoiy muhit holati inqiroz va talafot tomon intilib bormoqda. Kishilik jam iyatini tabiatga nisbatan munosabat shakli - muayyan ijtimoiy-iqtisodiy davrga xos bo'lgan kishilarning atrof tabiiy muhit bilan o'zaro uzviy bog'langan hayot tarzi. Agar ushbu ekologik inunosabatni insoniyatning tarixi nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, ularni quyidagi munosabat shakllariga ajratish mumkin: oddiy, oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik, ekologik. Kishilik jam iyatni tabiatga nisbatan oddiy m unosabat shakli - ekologik tizimdagi tabiat komponentlari orasidagi muvozanatni buzmaydigan kishilarning tabiat qo'ynidagi soddalashtirilgan hayot tarzi. Avvalambor ekologik tizim (ekotizm) haqida lo'xtalib o'tadigan bo'lsak, u organizmlar majrnui va ularning m a’lum bir hududdagi yashash muhiti bo'lib, unda organizmlar o'zaro va atrof tabiiy muhit bilan uzviy zanjirli aloqadorlik qonuniyati asosida shakllangan holati. Masalan, cho'lda o'ziga xos yashash sharoitiga ega bo'lgan issiqsevar o'sim liklar va issiqqa-chidamli hayvonot dunyosi hamda ko'zga ko'rinm as aerob mikroorganizmlar hayot kechiradi. Botqoqlikda esa uning aksi, ya'ni namlikni sevuvchi flora, fauna hamda anayrob mikroorganizmlar yashaydi. Har ikkala sharoiida ham ko'p yillar davomida o'rnatilgan atrof tabiiy muhit holatining kishilar faoliyali (antropogen ta'sir) natijasida o'zgarishi undagi tirik organizmlar, to'g'rirog'i organizmlarning rivojlanishi va shakllanishi o'zgartirib yuboradi. Buyuk ingliz biologi Charliz Darvin iborasi bilan aytganda, organizmlarning evolyutsion rivojlanish jarayoni buziladi va uning o'm iga revolyutsion rivojlanish jarayoni boshlanadi. Natijada organizmlami ushbu ekotizimlar(cho'ldagi yoki botqoqlikdagi)dagi tabiiy tanlash jarayoni tezlashadi. Muhitga tez moslashgan organizmlar yashab qoladi, moslashmagani esa qirilib ketadi. Buni ekologiyada noevolyutsion tarzdagi organizmlami atrof tabiiy muhitga moslashuvi deyiladi. Kishilik jamiyatini tabiatga nisbatan oddiy munosabat shakli odamzotning ibtidoiy jam oa tuzumidagi hayot tarziga, ya'ni insoniyat tarixining ilk ijlimoiy-iqlisodiy fonnatsiyasi davriga xosdir. Mazkur davr kishilarning Yer kurrasida paydo bo'lishi (chamasi 5 mln yil avval) davridan to sinfiy jam iyat yuzaga kelguniga qadar bo'lgan ijtimoiy tarixni o 'z ichiga oladi. Ibtidoiy davrda ishlab chiqarish kuchlari va qurollari takomillashmaganligi tufayli ularning hayot larzi tabiatning ajralmas bir oddiy bo'lagi sifatida aks etgan. Atrof tabiiy muhit holati esa tirik organizmlar, xususan, inson uchun nisbatan qulay - ekologik xavfsiz darajada namoyon bo'lgan. Ibtidoiy jam oada ham insonlar o'zlarining faoliyati tabiatga qanday ta'sir etayoiganligi haqida yuzaki bo'lsada o'ylab ko'rganlar va o'zlarining hayot kechirishlari uchun zarur bo'lgan atrof tabiatni hamda uning unsurlarini saqlab qolishga uringanlar. Mevali o'simliklarni uzish, saqlash, hayvonlami ov qilish m e’yorlarini yozma ravishda emas, balki og'zaki ravishda kelishib olganlar. Bunday og'zaki qoidalami buzganlar jam oa boshlig'i tomonidan qattiq jazoga mahkum etilgan. M ashhur rus ekolog-huquqshunos olimi V.V.Petrov1 jam iyat va tabiat o'rtasidagi munosabat shakllarini, to 'g 'riro g 'i, kishilik jamiyatini tabiatga nisbatan munosabat shakllarini (chunki hamma shakl aynan insoniyatning xatti-harakatidan kelib chiqqan tarzda olingan) uch ko'rinishda ifoda etadi - oddiy, iqtisodiy va ekologik. Lekin jamiyatda, ayniqsa tabiatdagi qonuniyatlarning vaqt mobaynida o'zgarib borishi revolyutsion tarzda emas, balki evolyutsion tarzda kechgan va kechmoqda han . Shuning uchun ham biz tabiat bilan jam iyat o'rtasidagi munosabatlar sekin-astalik bilan shakllana borgan va u bir shakldan ikkinchi bir shaklga bosqichmabosqich o'tgan, ya’ni oraliq ko'rinishdagi shakllar ham bo'lgan, deya e’tirof eta olamiz.

XULOSA
Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin: - hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta’sirini hisobga olgan holda o‘rganish; - insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni oldindan bilish; - biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muhitni saqlab qolish; - buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash; shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini yana ishga solish (rekultivatsiya), yaylovlarning tuproq hosildorligini, suv havzalari va boshqa ekotizimlarning mahsuldorligini tiklash; - biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalar.



Download 132.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling