Umurtqalilar zoologiyasi


Download 478.73 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi478.73 Kb.
#1325371
  1   2   3   4
Bog'liq
reptiliya

UMURTQALILAR ZOOLOGIYASI


Suduralib yuruvchilar sinfi(REPTILIA)
Sudralib yuruvchilar sinfi -REPTILIA
Umurtqali hayvonlar o’zlarining tuzilishi va hayot tarziga ko’ra notaksonomik ikkita guruhga bo’linadi:
  • Anamniyalar (Anamnia)-embrional rivojlanish davrida murtak parda hosil qilmaydigan tuban umurtqalilar bo’lib- to’garakog`izlilar, tog`ayli baliqlar, suyakli baliqlar va amfibiyalarni o’z ichiga oladi;
  • Amniotalar (Amniota) murtak pardalarning biri amniotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar bo’lib- sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Bu ikkala guruh bir-biridan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:

Sudralib yuruvchilar sinfi -REPTILIA
1. Ekologik farqlari. Anamniyalarning hayoti suv bilan bog`liq bo’lib, ular yo butun umrini, yoki hech bo’lmasa shu rivojlanish davrini suvda o’gkazadi. Ba’zi bir anamniyalar kamdan-kam hollarda bu qoidadan chetga chiqsa ham, lekin bu ikkilamchi xarakterga egadir. Shunday ekan, anamniyalar birlamchi suv hayvonlaridir. Amniotalar, asosan quruqlikda hayot kechiradi, ba’zilari suvda yashasa ham ko’payish uchun quruklikka (qirg`oqqa) chiqadi (bundan kitsimonlar istisno), urug`lanishi faqat ichki, tuxumlari faqat havo muhitida rivojlanadi, lichinkalik davri yo’q, taraqqiyoti metamorfozsiz o’tadi. Shuning uchun bu guruh birlamchi quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar deb ataladi.
2. Тuxum pardasining farqlari. Anamniyalarning tuxum va ikralari yelimchaksimon yupqa parda bilan o’ralgan bo’ladi, amniotalarning` tuxumlari juda qattiq po’st bilan o’raladi va bu po’st tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Тuxum po’sti pyergamentsimon yoki ohak shimib juda qattiqlashgan bo’lishi mumkin.
3. Embrionlarining farqlari. Ikkala guruhda ham embrion dastdab faqat tuxum pardasi bilan o’ralgan holda, tuxum ichida erkin yotib rivojlanadi. Anamniyalarda embrion (itbaliq) tuxum pardasini yorib tashqariga, suvga chiqadi. Lichinka dastlab tuxum sariqligi bilan oziqlanadi, jabra bilan nafas oladi. Amniotalarda esa rivojlanishning ilk davrlarida embrion atrofida tuxum yuzasidan halqasimon burma ko’tarilib chiqa boshlaydi. Bu burma borgan sari kattalashib, embrionni o’rab oladi; uchlari bir-birig`a yaqinlashib ketadi va ichki hamda tashqi varaqlarga ajraladi. Тashqi varag`i syeroz parda (zyerosa), ichki varag`i qog`onoq yoki amnion parda deb ataladi.

Download 478.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling