Referat mavzu: G’aznachilikda korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridalarini amalga oshirish
Korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridalarini amalga oshirish tartibi
Download 146 Kb.
|
Referat Давлат бюджети газначилиги
Korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridalarini amalga oshirish tartibi.
Mamlakatimizda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada takomillashtirish hamda tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha izchil hamda kompleks sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va tadbirkorlar uchun elektron xarid qilish imkoniyatini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samara bermoqda. Yurtimizda bu muhim mexanizmning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, sohaga oid 30 dan ortiq normativhuquqiy hujjatlar qabul qilingan hamda ularga hayotga izchil tatbiq etilmoqda. O’zbekiston Respublikasida Davlat xaridlari muhim ahamiyat kasb etadi. Buni birgina YaIM tarkibidagi 30 foiz atrofidagi ulushdan bilish mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillarida biz rivojlanishning o’ziga xos bozor iqtisodiyoti yo’lini tanladik va shu asosda yirik biznesga emas iqtisodiy tomondan egiluvchan bo’lgan kichik biznes subyektlariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlat xaridlari sohasida qabul qilingan Davlat xaridlari tartib taomili to’g’risidagi qonun hujjatlarida ham electron do’konda qilinadigan savdolar uchun milliy va mahalliy bozor kategoriyalarining kiritilishi ham bejizga emas. Xarid jarayonlarida qatnashishiga ko’ra buyurtmachilar 2 ga bo’linadi. 1) Byudjet buyurtmachilari. Byudjet buyurtmachilari deganda quyidagi tashkilot va muassasalar tushuniladi: ❖ davlat organlari va muassasalari; ❖ byudjet tashkilotlari; ❖ xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan byudjet mablag’larini oluvchilar; ❖ davlat maqsadli jamg’armalari; ❖ byudjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg’armalar; 2) Korporativ buyurtmachilar. Korporativ buyurtmachilarga: ❖ davlat korxonalari; ❖ ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan yuridik shaxslar; ❖ ustav fondida (ustav kapitalida) davlat korxonalari va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan yuridik shaxslarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq bo’lgan yuridik shaxslar kiradi. Shu o’rinda Davlat xaridlari tartib taomillariga ko’ra qanday turlarga bo’linishini qarab o’tamiz:2 1. Elektron do’kon; 2. Boshlang’ich narxni pasaytirish auksioni; 3. Eng yaxshi takliflarni tanlash; 4. Tender; 5. To’g’ridan-to’g’ri shartnomalar bo’yicha xarid. Davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi davlat xaridlari orqali amalga oshiriladi. Bu byudjet muvozanatini saqlashga bevosita ta‘sir qiladi. Binobarin, davlat xaridlari miqdorini eng maqbul darajada saqlab turish asosida zarur samaradorlikka erishiladi. Zamonaviy sharoitda, byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishini ta‘minlash, hamda korxona, tashkilotlarning diversifikatsiyalashuvida va rivojlanishida keng raqobatni yaratish va ularni rivojlantirish maqsadida davlat xaridlarining yanada mukammal, ochiq va shaffof, savdo ishtirokchilarining yuqori darajadagi raqobatini va ularning teng ishtirokini ta‘minlaydigan, takomillashgan davlat xaridlari shakllarini joriy etish orqali zamonaviy xarid mexanizmi yo’lga qo’yilishi va rivojlantirilishi dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Korporativ xaridlar jarayonida elektron auksionlar hajmi bo’yicha elektron do’kondan keyingi o’rinda turuvchi xarid tamoyili hisoblanadi. O’zbekiston Respublika tovar - xomashyo birjasi tomonidan o’tkaziladigan elektron savdolarda davlat ulushi ustuvor bulgan tabiiy monopoliya sub‘ektlari, korxonalar va tashkilotlar xarid qiladigan ayrim tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro’yxati maxsus Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan bo’ldi. Mazkur korporativ xaridlar tizimidagi elektron auksion savdolaridan ham ijobiy natijalarga erishildi. Korporativ xaridlar tizimida elektron auksion savdolarini joriy qilinishi natijasida 2019-yilda 68,4 mlrd.so’m (16,6 %), 2020-yilda 95,5 mlrd.so’m (17,7 %), 2021-yilda 101,5 mlrd.so’m (21,8 %) moliyaviy mablag’ tejaldi. Davlat moliyasini boshqarishda byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni ta‘minlash, davlat ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni etkazib berishda tadbirkorlik sub‘ektlarining keng ishtirokini yanada rivojlantirish hamda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida raqobat va shaffoflikni yanada kuchaytirish mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini takomillashuvini talab qiladi. O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etishning yaqin kelajakdagi asosiy istiqbolli yo’nalishi bu – internet va zamonoviy texnologiyalarga asoslangan elektron xarid hisoblanadi. Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilot mutaxassislari davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish loyihalari buyicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribalari haqida ma‘lumotlarni to’plab, uni tizimlashtirmoqdalar. Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish va uni rivojlantirish, dunyo miqiyosida savdoni elektron tarzda tashkil etish an‘anasining tabiiy davomi hisoblanadi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki Budjet mablag’larini real iqtisodiyotga yo’naltirishda Davlat xaridlari muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirishda, kichik biznes vakillarini qo’llab-quvvatlashda xarid instrumenti kelajakda asosiy dastak bo’la oladi. Korporativ Davlat xaridlarini samarali tashkil etishda va uning Iqtisodiyotdagi rolini oshirishda quyidagi takliflar inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi: 1. Xarid jarayonlariga buyurtmachi va yetkazib beruvchiga aloqador bo’lmagan 3-shaxslarni jalb etish; 2. Korporativ xaridlar ustidan nazoratni choraklik ko’rib chiqishni yo’lga qo’yish; 3. Yetkazib beruvchilarga nisbatan malaka talablarini kuchaytirish va ushbu harakatlar sodir etilganda jazo choralarini kuchliroq qo’llash; 4. Tovarlar (ishlar va xizmatlar) ni qabul qilishda buyurtmachi tashkilotdan tashqari qo’shimcha professional xizmat ko’rsatuvchilarni majburiy tarzda yollash; Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling