Referat mavzu: G’aznachilikda korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridalarini amalga oshirish
Download 146 Kb.
|
Referat Давлат бюджети газначилиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERAT Mavzu: G’aznachilikda korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridalarini amalga oshirish. Bajardi: Narmetov Islombek
- XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi ____-guruhi __-bosqich talabasi _____________________________________ning Davlat byudjeti va g’aznachiligi tizimi fanidan yozgan REFERAT Mavzu: G’aznachilikda korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridalarini amalga oshirish. Bajardi: Narmetov Islombek Tekshirdi: _____________ Toshkent-2023-yil MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………….…...…………..3 1. Korporativ buyurtmachilar tomonidan davlat xaridalarini amalga oshirish tartibi.........................................................................................................................6 2. Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom………...............................................................9 3. Korporativ buyurtmachilar tomonidan elektron davlat xaridlarini o‘tkazishning umumiy shartlari.....................................................................................................12 XULOSA................................................................................................................19 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................21 KIRISH Mamlakatimizda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada takomillashtirish hamda tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha izchil hamda kompleks sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va tadbirkorlar uchun elektron xarid qilish imkoniyatini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samara bermoqda. Yurtimizda bu muhim mexanizmning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, sohaga oid 30 dan ortiq normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan hamda ularga hayotga izchil tatbiq etilmoqda. O’zbekiston Respublikasida Davlat xaridlari muhim ahamiyat kasb etadi. Buni birgina YaIM tarkibidagi 30 foiz atrofidagi ulushdan bilish mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillarida biz rivojlanishning o’ziga xos bozor iqtisodiyoti yo’lini tanladik va shu asosda yirik biznesga emas iqtisodiy tomondan egiluvchan bo’lgan kichik biznes subyektlariga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlat xaridlari sohasida qabul qilingan Davlat xaridlari tartib taomili to’g’risidagi qonun hujjatlarida ham elektron do’konda qilinadigan savdolar uchun milliy va mahalliy bozor kategoriyalarining kiritilishi ham bejizga emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat xaridi tizimini boshqarishni isloh etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid jarayonlarini shaffofligini ta’minlashga qaratilgan, jumladan, xaridni amalga oshirishda tender jarayonlaridan kengroq foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan maqsad, nafaqat, davlat mablag’laridan foydalanishning samarali hisob va nazoratini tashkil etish, balki davlat buyurtmachilarining shartnomaviy-huquqiy tartibga rioya etish darajasini oshirish, xaridning sam arali boshqaruv tizim ini shakllantirishdan iboratdir. Davlat xaridini tashkil etishning yangicha tamoyillarga asoslangan tizim shakllantirilar ekan, tabiiy ravishda, bu sohada o‘z echimini kutayotgan qator mavjud muammolar mavjudligini ko‘rsatish mumkin. Jumladan: — davlat xaridini am alga oshirishning mavjud tizimi mamlakatimiz miqyosida davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun qilinadigan xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermaydi; — davlat xaridi tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yetarli darajada rivojlanmaganligi; — byudjet xarajatlarini boshqarish uslubiyotidagi ayrim kamchiliklarning mavjudligi; — davlat xaridini amalga oshiruvchi va uni nazoratini ta’minlovchi malakali kadrlaming yetishmasligi; — xarid tizimi hamda uning mexanizmlarini shaffof emasligi; — davlat xaridi tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yetarli darajada rivojlanmaganligi; — byudjet xarajatlarini boshqarish uslubiyotidagi ayrim kamchiliklarning mavjudligi; — davlat xaridini amalga oshiruvchi va uni nazoratini ta’minlovchi malakali kadrlaming yetishmasligi; — xarid tizimi hamda uning mexanizmlarini shaffof emasligi; — davlat xaridini boshqarishning zamonaviy elektron tizimining yetarlicha rivojlanmaganligi; — kichik va xususiy tadbirkorlikning davlat xaridi tizimida ishtiroki bo‘yicha tajribalaming yetishmasligi; — davlat xaridini boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishning zarurligi va boshqalar. Davlat xaridi tizimini boshqarishni isloh. etish kompleks yondoshuvni talab etadi. Islohotlar faqatgina maxsus qarorlar qabul qilish va davlat xaridi bo‘yicha vakolatli agentlikni tashkil etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki turli xil davlat organlari o‘rtasida hamkorlikda harakatni yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash, tizimda kuchlar nisbatini tengligini ta’minlovchi o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlaiini 1shakllantirishni talab etadi. Shunday ekan, respublikam izda davlat xaridi tizim ini boshqarishni takomillashtirish, uning yaqin va uzoq muddatli strategiyalarini shakllantirish hamda ushbu jarayonlarda kichik biznes subyektlarini ishtirokni ta’minlash, iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning hozirgi bosqichida dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Download 146 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling