Referat mavzu: Hayotning paydo bo’lishi. Topshirdi: Qabul qildi: Reja: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Download 87.72 Kb.
bet8/10
Sana28.03.2023
Hajmi87.72 Kb.
#1305092
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jasurkhan zoologiya 2

Bo’r davriga kelib sharoit tubdan o’zgaradi. Gaz hosil bo’lish jarayoni Yer qurasida qit‘alarning qurishiga sabab bo’ladi. Iqlim mo’‘tadillashadi. O’simliklar suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar (bahaybat kaltakesaklar)ning oziqlanish manbaiga aylanadi, o’simliklar olamida keskin o’zgarish sodir bo’ladi. Bo’r davrida suvo’tlar, malyuska va globiteriya singari mavjudotlar faoliyati natijasi ohaktosh qatlamlari uyumlari to’plangan. Bu davr florasida yopiq urug’li o’simliklar hukmronlik rolini o’ynay boshlaydi, qubbalilar areali esa asta-sekin qisqara boradi. O’simliklar olamining o’sha davrda hukmron bo’lgan hayot shakllarining halokatga uchrashi yirtqich dinozavrlarni halokatga uchrashining asosiy omili bo’ladi. Shunday qilib 150 mln.yil davom etgan bu bahaybat hayvonlarning hukmronlik davri tugaydi.
Ularning o’rnini o’z rivojlanishining dastlabki tetapoyasida turgan sut emizuvchi hayvonlarning hukmronlik davri boshlanadi. Binobarin, Yer qurrasi tirik qismi (biosfera)ning navbatdagi yangilanish jarayoni sodir bo’ladi.
Hayotning yangi erasi kaynazoyning uchlamchi (paleogen, neogen) davridan boshlanadi. Yer qurrasi geologik o’zgarishlar natijasida hozirgi ko’rinishni egallaydi, vulqonlarning Tinch okean halqasi vujudga keladi. Dengizlarda kitsimon, kurakoyoqli baliqlar, ikki tavaqali malyuskalarning paydo bo’lishi, beleminitlarning yo’q bo’lishi, yopiq urug’li o’simliklarning hukmronligi, hozirgi zamon florasi va faunasining tarkib topish davri hisoblanadi. Sut emizuvchi hayvonlarning yangi-yangi hayot shakllari paydo bo’ladi.
Antropogen davr Shimoliy yarim sharlarda muzlikning sodir bo’lishi va hayot arenasida insonning paydo bo’lishi singari ikki muhim voqea bilan xarakterlanadi. Antropogenda Yer qurrasining tirik qismi - biosferaning hozirgi tuzilishi shakllanadi.
Yer qurrasida mavjud barcha tirik mavjudotlar, shu jumladan insonning tabiatning anorganik qismiga tabiiy ta‘siri haqida fikr yuritishdan oldin, hayot taraqqiyoti haqidagi ma‘lumotlarga asoslanib quyidagi xulosaga kelish mumkin:
-qadimgi geologik davrlardan boshlab hozirgi vaqtga qadar yerning tirik qismi - biosferaning murakkablasha borishi kuzatiladi. U asosan ikki murakkab jarayon ya‘ni tirik mavjudotlar turli-tumanligining orta borishi va ularning tuzilishi jihatidan murakkablasha borishi bilan ifodalanadi;
-geologik vaqt davomida tirik organizmlarning biologik massasini orta borishi kuzatiladi. Dastlab suv muhitida vujudga kelgan hayot, quruqlik, atmosfera havosi yer bag’ri va uning chuqur qatlamlarigacha tarqaladi. Hayot butun Yer qurrasini to’lig’i bilan egallaydi;
-organizmlarning yangi muhit sharoitlariga moslashuvi uzoq va ko’p pog’onali jarayon. Shunga ko’ra, tirik mavjudotlar tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlar - dengiz regressiyasi va transgressiyasi vulqon harakatlari, koinotda sodir bo’ladigan turli-tuman o’zgarishlardan «mohirona foydalanadi»;
-tirik organizmlarning hayot faoliyati natijasida Yer qurrasi biosfera o’lik anorganik qismida tubdan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Atmosferada erkin kislorod, azon ekrani, havo va suv, karbonat angidrid konservatsiyasi vujudga kelib, ular o’z navbatida toshko’mir va kaltsiy karbonat konlarining vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Ayrim hollarda uzoq vaqt davomida biologik almashinuvdan, shunga ko’ra biosferada faol ishtirok etishdan chetlashadi. Bunda buyuk ohaktosh uyumlari, toshko’mir, temir, marganets, mis rudasi konlari bunyodga kelishi fikrimizning dalili bo’la oladi;
-tirik mavjudotlar ajratgan karbonat angidrid, organik va mineral kislotalarning ta‘sirida tog’ jinslarining asta-sekin yemirila borishi tufayli, tekisliklar hosil bo’la borgan va Yer qurrasining qiyofasini o’zgarishi ximiyaviy, moddalarning migratsiyasi uchun imkon tug’ilgan;
-tirik mavjudotlar taraqqiyotida rivojlanishning notekis borganligi muqarrar. Binobarin, arxey erasidan tortib, hozirga qadar Yer qurrasida mavjud ayrim ko’k yashil suvo’tlari va bakteriyalar singari mavjudotlarning tashqi ko’rinishi, tuzilishi va hayot holatida deyarli o’zgarish sodir bo’lmagan. Boshqa, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadigan muhit sharoitiga bardosh bera olmagan organizmlar tuzilishida kuchli o’zgarishlar sodir bo’lgan.

Download 87.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling