Referat mavzu: Hosil qiluvchi to’qima toshkent 2023 reja: Hsil qiluvchi to’qima (meristema)


Download 1.51 Mb.
bet3/3
Sana15.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1201184
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Referat

Peritsikl (peri... va yun. kyklos — doyra), perikambiy — oʻsimliklar ildizi, baʼzan poyasi birlamchi meristema hujayralari qavati. Perikambiy epiderma ostida joylashgan, oʻtkazuvchi silindrni oʻrab turadi. Bir yoki bir necha qavat parenxima hujayralaridan ibo-rat. Birlamchi ildiz Perikambidan yon ildizlar hosil boʻladi. Birlamchi tuzilgan ildizlarda (ikki urugʻpallalilar) Perekambiy hujayralari yordamida kambiy umumiy halqaga

tutashib, zaxira oziq toʻplanadigan ildiz nurlarini hosil qiladi. Bu nurlardan qoʻshimcha ildizlar va kurtaklar vujudga keladi. Perikambiydan yoʻgʻonlashgan ildizlarda periderma hosil qiluvchi fellogen shakllanadi. Poyada Perikambiydan mexanik toʻqima va turli mod-dalar ajratib chiqaradigan har xil tuzilmalar paydo boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar (kanop, kendir, zigʻir) Perikambiyda hosil boʻladigan lubdan lub tolasi olinadi.

Ikkilamchi yon (lateral) meristema kambiy prokambiy bilan birgalikda о‘tkazuvchi tо‘qimalarni hosil qilishda qatnashadi. Kambiydan ikkilamchi о‘tkazuvchi tо‘qimalar (ksilema va floema naylari) differensiyatsiyalanadi va poya va ildizning tashqari tomoniga (pо‘stloq tomonga) ikkilamchi floema hujayralari, ichkari tomonga ikkilamchi ksilemani hosil bo’ladi. Fellogen hujayralari bо‘linib poya va ildizning tashqi tomonga fellemani (yunon. Phellos–pо‘kak) pо‘kakni, ichki tomonga fellodermani hosil qiladi.



4.Interkalyar (bo‘g‘im oralig‘i) meristema


Bu meristema poya bo‘g ‘im oraliqlarida va barg bandi hamda asosida hosil bo‘ladi. Interkalyar o ‘sish bug‘doydoshlar, ziradoshlar oilalarining vakillarida keng tarqalgan bo‘lib, boshoqli o‘simliklaming boshoq tortishi, poya bo‘g‘im oralig‘ining o ‘sishi interkalyar meristema bilan bog'liq.


5.Yara meristemalar. O‘simlikning zararlangan qismlarida yara meristemasi o'z faoliyatini boshiaydi. Yara meristema to‘qimasi tirik parenxima hujayralaridan hosil bo‘iib, ularning bo’linib ko'payishi natijasida shikastlangan qism tiklanadi.
B a’zan o‘sitnlikning biror organi yoki to ‘qimasi jarohatlanganda meristema to‘qimasi hosil b o iad i va shikastlangan joyning tiklanishini ta’minlaydi. Shikastlangan joyga yaqin joylashgan hayotchan hujayralar takomillashib hosil qiluvchi to‘qima yuzaga keladi va hirnoya qiluvchi po‘kakni hosil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tursinbayeva G.S., Duschanova D.M., Sadinov J.S. Botanika (о‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi). –T.: Tafakkur bo’stoni.
2. Ikromov M.I. va boshqalar “ Botanika (O’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi)” Toshkent.
3. Fahn A. Plant Anatomy. New York. University. USA 2011.
4. Mustafayev S.M. Botanika (anatomiya, morfologiya, sistematika).Toshkent2002.





Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling