Referat mavzu: Hujayra membranasiz organoidlari, kiritmalar. Toshkent 2023 Reja
Download 276.29 Kb.
|
riv. bio. 3 Mt (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiritmalar.
Fibrillyar tuzilmalar. Sitoplazmaning fibrillyar tuzilmalariga yо’g’onligi 10 nm keladigan mikrofibrillalar va yо’g’onligi 5–6 nm bо„lgan
mikrofilamentlar kiradi. Mikrofibrillalar (oraliq filamentlar) yoki tayanch fibrillalar hayvon hujayrasi uchun harakterli bо’lib, u asosan epiteliy hujayralarida va ba’zan glial hujayralarda uchraydi. Mikrofibrillalar oqsil tabiatlidir. Ular bir necha yuz fibrillalardan tashkil topgan tutamlar hosil qilishi mumkin, mikronaychalar singari tayanch funksiyasini о’taydi.Mikrofilamentlar qisqarish vazifasini bajaradi. Kiritmalar. Kiritmalar sitoplazmaning doimiy bо„lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Kiritmalarning kimyoviy tarkibi turlicha. Bir necha gruppa kiritmalar farqlanadi. Trofik kiritmalar (yog„ tomchilari, oqsil granulalari, glikogen tо„plamlari, vitaminlar va boshqalar). 2. Sekretor kiritmalar (zimogen granulalar va boshqalar). 3. Ekskretor kiritmalar (о„t kislotasi, mochevina va b.) 4. Pigment kiritmalar (gemoglobin, melanin, lipofussin va boshqalar). Yog’ kiritmalari tomchilar shaklida hujayralarda kam uchraydi. Bazi bir hujayralarda esa ancha kо’p yig’iladi. Masalan, biriktiruvchi tо„qimaning yog’ hujayralari sitoplazmasidagi gigant yog’ tomchilari bunga misol bо’la oladi. Ingichka ichakda yog’ sо’rilish davrida silindrsimon hujayralarda kо’p miqdorda neytral yog’lar yig’iladi. Lipid kiritmalar endoplazmatik tо’r elementlaridan va ribosomalardan keskin ajralib turadi. Bu kiritmalar agranulyar endoplazmatik tо’r kanalchalarida va Golji apparati sisternalarida yig’ilishi kuzatilgan. Bu faktlar yuqorida keltirilgan organoidlarning lipid almashinuvidagi roliga misol bо’ladi. Jigar hujayralaridagi yog„ kiritma. 1–jigar hujayrasi; 2– kapillyar; 3– sitoplazmadagi yog„ tomchilari; 4–hujayra yadrosi. II-bob. Adabiyotlar va ilmiy manbalardagi nomutonosibliklar. Rivojlanish biologiyasida ribosomalarning o’lchami 15-30 nm, o’simliklar morfologiyasi va anotomiyasi kitobida 17-23 nm, ijtimoiy tarmoqning vikipediyasida 15-20 nm deb berilgan. Ribosomalar sedimentatsiya konstantasi 70S bo’lgan ichak ribosomalari 50S va 30S lik 2 subbirlikdan taskil topgan deyilgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqning vikipediya saytida ribosomalar sedimentatsiya koeffisenti eukariotlarning sitoplazma ribosomalarida 80S, prokariotlar ribosomalarida 70S ga teng deyilgan. Ijtimoiy tarmoqning vikipediya saytida oqsil sintezi jarayonida bir molekula i-RNKda bir nechta ribosoma ketma-ket joylashib, translyasiya amalga oshadi. Rivojlanish biologiyasida, ribosomalarda i-RNK orqali berilgan genetic axborotga qarab aktiv aminokislotalar kondensatsiyasi hamda ularning polipeptid bog’iga terilib, oqsilning sintezi ro’y beriladi, o’simliklar morfologiyasi va anotomiyasi kitobida eukariot organizmlarning hujayralarida ribosomalar oqsilni sintez qiluvchi markaz hisoblanadi deb qisqacha ta’rif berib o’tilgan. Ribosomalar haqida hozirda turli ma’lumotlar mavjud. Xulosa Demak biz hujayra organoidlarining membranasiz organoidlarini organamiz. Hujayra tuzilishiga ko’ra membranali va membranasizga bo’linadi. Membranali organoidlarga mitoxondriya. Endoplazmatik to’r, golji kompleksi, lizisoma va peroksisoma kiradi. Memranasiz organoidlarga erkin ribosoma, polisoma, mikro naychalar, hujayra markazi va fibrillyar tuzilmalar kiradi. Biz bularni ichidan membranasiz organoidlarni yani ribosoma, mikronaychalar va boshqalarni o’rganamiz. Download 276.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling