Referat mavzu: Huquqiy munosabatlar Bajardi: 101-guruh talabasi Olloyorova S. Qabul qildi: Akaeva N. Toshkent-2021
a) huquqiy munosabat – ijtimoiy tusdagi munosabat
Download 33.13 Kb.
|
huquqiy munosabatlar
a) huquqiy munosabat – ijtimoiy tusdagi munosabat,
ya’ni insonlar o`rtasidagi munosabat bo`lib, bu ularning faoliyati, xulq-atvori bilan bevosita bog’liqdir. Masalan, mulkdor buyumga nisbatan ma’lum huquqlarga ega. Biroq, bu huquqlar kundalik hayotda amalga oshishi uchun mulkdor mazkur buyum ustidan boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishi lozim. Xususan, mulkdor shaxs buyumni boshqa kishiga sotishi, o`zining mulkdan foydalanish huquqini birovga o`tkazishi, mulkni hadya qilishi mumkin. Ayni paytda, ulardan o`zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab qila oladi. Huquqiy munosabat har qanday ijtimoiy munosabat kabi insonlarning ongli faoliyati natijasidir. Odatda, huquqiy aloqalar kishilarning ongli va oqilona faoliyati natijasi hisoblanadi. Huquqiy munosabat ijtimoiy munosabatning maxsus ko`rinishi sifatida rang-barang, hayotning butun borlig’i va boyligi bilan uzviy bog’liq hamda mazmunan u bilan belgilanadi. Har qanday ustqurma hodisa kabi huquqiy munosabatlar ham moddiy (iqtisodiy) munosabatlarga tayanadi. Bu fikrga yana shuni qo`shimcha qilish mumkinSubyektiv huquq – bu subyektning sodir etishi mumkin bo‘lgan xatti harakatining turi va o‘lchovidir.. Sodda qilib aytganda jamiyatda huquqiy munosabatga kirishuvchi shaxsning haq-huquqlarini anglatadi. Subyektiv huquq barcha normativ - huquqiy hujjat (konstitutsiya, qonunlar, kodeklar va hokazo)larda belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Misol tariqasida Konstitusiyamizning 53- moddasini keltirib o‘tishim mumkin. Bu moddada qayd etilgani kabi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Shunga qo’shimcha ravishda xususiy mulk daxlsizligi Fuqarolik kodeksimizda yanada mustahkamlab qo’yilgan: ―Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Shuningdek, subyektiv huquq mehnat munosabatlarida ham mavjud bo‘ladi. Jumladan, ishchiga rahbar tomonidan mehnat shartnomasida qayd etilmagan vazifalarni yuklatilishi yoki ish vaqtining su‘niy ravishda oshirilishi mumkin emas. Prezident tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni barcha sohalar kabi ilmiy ishlar va innovatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha ham mavjud huquq sohasidagi ta‘lim muassasalar faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Qayd etish zarurki, bugungi kunda ta'lim tizimi, ayniqsa yuridik ta'lim globallashuv davrida jamiyat va iqtisodiyot oldimizga qo‘yayotgan yangi chaqiriqlarga tez moslashuvchan bo‘lishi talab qilinadi. Farmonga asosan ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar yo‘nalishida yuridik sohada bir qator yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi yangilik, zamonaviy ta'limni raqamlashtirmasdan, uni turli muhitga tez moslashuvchanligini ta'minlash masalasi. Ayniqsa, ta'lim jarayonini elektronlashtirish va unga ushbu texnologiyalarni kiritish zaruratini pandemiya sharoitida sezib turibmiz. Farmon bilan huquq sohasidagi ta‘lim muassasalarda to‘liq elektron hujjat almashinuviga o‘tish, ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonini raqamlashtirish vazifasi belgilab berildi. Qayd etish zarurki, rivojlangan xorijiy davlatlarda elektron universitet loyihalari uzoq yillarda beri samarali qo‘llanib kelinayotgan dastur sanaladi. “Elektron universitet” (E-University) loyihasini nima beradi va uni afzalliklari nimalardan iborat degan tabiiy savol tug‘iladi? Avvalo, ushbu loyihani universitetga to‘liq joriy qilinishi nafaqat ilmiy tadqiqotlar sohasida, balki o‘quv jarayonini ham to‘liq avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bularga mashg‘ulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish, baholash, talabalar reytingini shakllantirish, masofaviy dars mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadbirlarni rejalashtirish, onlayn dissertatsiya muhokamalarini o‘tkazish kabi imkoniyatlarni sanab o‘tish mumkin. Bundan tashqari, “Elektron universitet” (E-University) tizimini joriy etishi ochiq, shaffof, sub'yektivlik va suiste'molchiliklardan holi bo‘lgan ta'lim muhitini yaratishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiyasiz ta'lim muhitini yaratishning muhim elementi sanaladi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu belgilab berilgan vazifa 2020 yil “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturiga ham to‘liq mos keladi. Ikkinchi yangilik, Farmon bilan yurisprudensiyada yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadida Legal Tech laboratoriyasini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilanmoqda. Legal Tech texnologiyasi O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi tizim bo‘lib, u orqali davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazilishi belgilanadi. Ushbu texnologiya nima va uni yuridik sohadagi ahamiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Bugungi zamonda axborot texnologiyalari har qanday sohaga kirib borishga ulgurgan. Ta'kidlash joizki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda huquqiy amaliyotda ham yuqoridagi singari axborot texnologiyalari dasturlaridan unumli foydalanib kelinmoqda. Bunday huquqiy texnologiya Legal Tech deb ataladi. Masalan, AQSh Illinoys texnologiyalar instituti jamoasi tomonidan huquqiy nizo bo‘yicha AQSh Oliy sudi tomonidan qanday qaror qabul qilinishini bashorat qilishga qaratilgan dastur ishlab chiqilgan. Odatda tahliliy bashoratning 70 foizi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Shunga o‘xshash bo‘lgan dasturlar Kanadada ham yaratilgan. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan va buning uchun politsiya tomonidan berilgan jarimadan norozi bo‘lgan shaxsning advokat yordamisiz sudga murojaat qilishi hamda uning ishi qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta'minlashga qaratilgan maxsus onlayn dasturni bunga misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, huquqiy nizolar, muammolarga tatbiq etiladigan qonun hujjatlari normalarini izlab topish, shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish singari dasturlarni ham alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunday huquqiy texnologiyalar Legal Tech laboratoriyasida yaratiladi. Bu ayni paytda yuristlar va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislarini hamkorlikda ishlashni talab etadi. O‘zbekistonda yuristlar, shu jumladan, advokatlarning yetishmasligi sharoitida Legal Tech dasturlarini yaratish va amaliyotga joriy etish kelajakda advokatlarning Legal Tech yordamida ko‘plab fuqarolarga qisqa fursatlarda yuridik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi. Magistraturaga qabul qilish va o‘qish shaklini tashkil qilishga zamonaviy yondashuvlar joriy qilinmoqda Farmon bilan TDYuU magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tizimida ham juda muhim islohotlar amalga oshirish belgilab berilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar eng avvalo, rivojlangan davlatlarning yuridik sohadagi ta'limini chuqur tahlil qilingan holda, ularni ijobiy tajribasidan kelib chiqadi deb aytish mumkin. Birinchi yangilik, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston fuqarolarini TDYuU magistraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabulini amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bazaviy yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlarini joriy etish belgilab berilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, Farmon bilan ta'lim muassasi tomonidan taklif qilinayotgan ta'lim shakllari ham ko‘payib, zamon talablari asosida tashkil qilinmoqda. Shuningdek, bazaviy oliy yuridik ma'lumotga ega va davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega rahbar xodimlarni magistraturaga, tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasi asosida, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun qabulini, kirish test sinovlarsiz, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish tartibi joriy qilindi.Qayd etish zarurki, shu kunga qadar yurisprudensiya sohasida bakalavr diplomi bo‘lar turib, ish faoliyatining xususiyatidan kelib chiqqan holda magistraturaga kirish va ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan minglab fuqarolarimiz bor. Endi ushbu fuqarolarimiz Farmon bilan belgilangan mazkur imkoniyatlardan foydalanib, bemalol test sinovlarisiz to‘lov kontrakti asosida magistr diplomini qo‘lga kiritishi mumkin. Ushbu shaxslarga o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib universitet tomonidan taklif qilinayotgan masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlaridan birini tanlash imkoniyati yaratilmoqda. Xuddi shunday imtiyoz, bazaviy oliy yuridik ma'lumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlarga ham joriy qilinmoqda. Ikkinchi yangilik, Farmon bilan iqtidorli va bakalavr bosqichida yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalarga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Yangi joriy qilinayotgan tartibga ko‘ra, “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilarni TDYuU magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov kontrakt asosda, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab o‘qish imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur imtiyoz berilayotgan kadrlar kelgusida TDYuU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYuU qoshidagi litseyda faoliyat ko‘rsatuvchi yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib faoliyat ko‘rsatadilar. Bu o‘z navbatida yuridik kadrlarni tayyorlash tizimida avlodlar almashinuvini izchillikda ta'minlashga va iqtidorli yoshlarni kadrlar tayyorlash tizimiga jalb qilishga xizmat qiladi. Qayd etish zarurki, xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari xalqaro tan olingan oliy ta'lim muassasalari sanaladi. Yuqorida qayd etilgan kompleks chora-tadbirlar ta'lim muassasalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, chet el fuqarolarini o‘qish imkoniyatlarini oshirish, ta'lim dasturlarini samaradorligi va xalqaro tan olinishiga, professor-o‘qituvchilar ilmiy-tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy texnik bazalardagi (Scopus, Web of Science va b.) jurnallarda e'lon qilinishiga, bir so‘z bilan aytganda huquqiy ta'lim muassasalarning xalqaro reytingini oshishiga xizmat qiladi. Mazkur vazifani mantiqiy davomi sifatida Farmonda huquq sohasidagi xalqaro ma'lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlash (LexisNexis, WestLaw, JStore va boshqalar) vazifasi ham belgilanmoqda. Bu, o‘z navbatida, nafaqat universitet professor-o‘qituvchilar uchun, balki butun yuridik ilm-fan vakillari uchun xalqaro yuridik ilm-fanning eng so‘ngi yutuqlari bilan tanishish imkoniyatini yaratib beradi. Bundan tashqari, Farmonga asosan “TSUL Legal Report” taqrizdan o‘tuvchi talabalar yuridik jurnalini joriy etish hamda uni qog‘oz va elektron shaklda tizimli ravishda nashr etilishini tashkil etish vazifasi belgilab berilmoqda. Mazkur masala nihoyatda dolzarb sanaladi. Sababi, shu kunga qadar talabalar uchun, ularning ilmiy tadqiqotlarini chop etish uchun maxsus jurnal mavjud emas edi. Yuridik sohada huquqiy tashabbuslar va innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish masalalari ushbu sohani hayotdan ajralib qolmasligi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida uzviylikni ta'minlashga qaratilgan. Xorijda yuridik universitetlarda ushbu sohaga alohida e'tibor qaratilgan. Garvard va Oksford universitetlarining davriy moliya hisobotlariga e'tibor qaratsak, huquq sohasi bo‘yicha ilg‘or universitetlarining umumiy daromadlaridan o‘rtacha 6 foizi ilmiy tadqiqotlardan, 6 foizi boshqa tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushadi. Ya'ni umumiy hajmda innovatsiyalar va huquqiy tashabbuslardan daromadning 12 foizi shakllanadi. Xulosa qilib aytganda, yaqin kelajakda o‘zbek yuridik fani va ta'limi jahonning ilg‘or yuridik ta'limi bilan chuqur integratsiyalashgan holda, mamlakatimizning barcha sohalarini huquqiy jihatdan ta'minlashga o‘z hissasini qo‘shadi. Download 33.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling