LABORATORIYA ISHINING BAJARILISHI:
Vazifa. Tarmoq quyidagi tartibda qurilsin:
Chekli tugunli 5 ta PC kompyuterlar Switch0 2950-24 kommutatoriga ulansin;
2 ta PC kompyuterlar va 1 ta Noutbuk (Laptop-PT) Switch1 2950-24 kommutatoriga ulansin;
Ikki tarmoq kommutatori marshrutizator (Router0) ga birlashtirilib tarmoq topologiyasi yaratilsin. (2.2-rasm):
2.2 - rasm. Tarmoq topologiyasi.
1- qadam. Chekli tugunlarni sozlashga o’tamiz:
PC0-PC4 qurilmalariga IP-manzil va tarmoqosti maskaga qiymatlarni beramiz: (2.2-jadval). Barcha tugunlar shlyuzi IP-manzili – 192.168.3.1. DNS-server IPmanzilini ko’rsatish shart emas, bu ishda u ishlatilmaydi.
2.2-jadval
2 – qadam. PC5, Laptop0, PC6 qurilmalariga IP-manzil va tarmoqosti maska o’rnatamiz. (2.3-jadval). Shlyuz IP-manzili barcha tugunlar uchun – 192.168.5.1. DNS-server IP-manzili ko’rsatilishi shart emas.
2.3-jadval.
Har bir tugunni o’zining IP-manzili bilan nomlaymiz.
3- qadam. Simulasiya rejimida ishni tekshirish
192.168.3.5 IP-manzilli hostga 192.168.3.3 IP-manzilli chekli tugundan matnli ping-so’rovini jo’natamiz. E’tibor bering, ikkala tugun ham bir tarmoq segmenti doirasida joylashgan bo’lishi zarur.
Sichqonchani tanlangan qurilmaga bosamiz.
Kompyuterda mavjud bo’lgan bir qancha dasturlar to’plamidan iborat Desktop bandini tanlaymiz.
Kompyuterning imitatsiyalovchi buyruqlar satri Command Prompt (Run) dasturini tanlaymiz.
PC>ping 192.168.3.5 ping-so’rovini kiritamiz va Enter tugmasini bosamiz.
Manba (jo’natuvchi) IP-manzili – 192.168.3.5. Tayinlangan IP-manzil – 192.168.3.3. ICMP-xabar turi – 0 – exo-javob. 192.168.3.3 hostning buyruq satridagi ping-javobni qarab chiqing.
PC>ping 192.168.3.5
Pinging 192.168.3.5 with 32 bytes of data:
Reply from 192.168.3.5: bytes=32 time=8ms TTL=128
Reply from 192.168.3.5: bytes=32 time=4ms TTL=128
Reply from 192.168.3.5: bytes=32 time=4ms TTL=128
Reply from 192.168.3.5: bytes=32 time=4ms TTL=128
Ping statistics for 192.168.3.5:
Packets: Sent = 4, Received = 4, Lost = 0 (0% loss), Approximate round trip times in milli-seconds:
Minimum = 4ms, Maximum = 8ms, Average = 5ms
Do'stlaringiz bilan baham: |