Referat mavzu: icmp protokollari va uning ishlashi Bajardi : 084-20 guruh talabasi Inoyatova X
Back – orqaga; Auto Capture/Play
Download 0.68 Mb.
|
oybek oka
- Bu sahifa navigatsiya:
- OSI Model
Back – orqaga;
Auto Capture/Play – Avtotutgich (Автозахват)/Namoyish etish (воспроизведение), paketlarni manbadan qabul qiluvchiga qadar avtomatik tutib qolish va aksincha; Capture/Forward – Tutgich (Захват)/Oldinga (Вперед), faqat bir qurilmadan boshqasiga paketlarni tutish. Bu laboratoriya ishida ICMP paket qo’llanilishi kerak, shuning uchun filtrlarni moslab qo’yish kerak. (2.6-rasm): Edit Filters tugmasini bosib – filtrlarni o’zgartiramiz. ICMP dan boshqa barcha filtr belgilarini o’chiramiz. Filtrasiya to’g’ri bajarilganligiga ishonch hosil tekshirib qilamiz. 2.6- rasm. ARP va ICMP protokollariga filtrlarni qo’shish ICMP protokollarining ikkita paketini manba qurilmasida shakllantiradi. (2.7-rasm.) Auto Capture/play yoki Capture/Forward tugmalarini bosamiz. Bu oxirgi buyruq paketlarning qurilmadan qurilmaga bo’lgan harakatini mustaqil boshqarish imkonini beradi. ARP protokoli dastlab jo’natishda ko’rinib turibdiki, 192.168.3.3 host ARP-jadvali bo’sh va ping-so’rovini kimga jo’natilishi ham noma’lum. Paketkonvertni bosing va OSI Model bo’limidan OSI modelining qaysi darajalari faoliyatda ekanligini ko’zdan kechiring. (2.8-rasm.) Inbound PDU Details bo’limiga o’ting va paket tuzilmasi bilan tarnishing. 2.7-rasm. Ishchi hududning ko’rinishi. 2.8-rasm. ARP-so’rovi paketi formati 192.168.3.3 tuguni so’rov tuzadi va keng ko’lamli xabarlar sifatida barcha tarmoqosti hostlariga jo’natadi. IP-manzilni aniqroq belgilash kerakki, qabul qiluvchi tomon javob bera olishi uchun so’rov jo’natuvchining IP-manzil va MAC-manzilidan tashkil topadi. Jarayonni ko’zdan kechirib ARP-so’roviga faqat 192.168.3.5 host javob berishini ishonch hosil qiling. Tarmoqostidagi har bir host so’rovni qabul qiladi va o’zining IP-manziliga mosligini tekshiradi. Agar u so’rovdagi ko’rsatilgan manzilga mos kelmasa u holda so’rov e’tiborga olinmaydi. Kelgusidagi 192.168.3.3 host ARP-javob paketining mazmunini ko’rib chiqing va qayd eting. (2.9-rasm.) Demak, 192.168.3.5 tuguni ARP-javobni qabul qiluvchiga jo’natdi, u Target MAC hududida ko’rsatilgan MACmanzilini qo’lladi. 2.9 -rasm. ARP-javob paketi formati Kelgusida ping-so’rovning ICMP-xabari jo’natiladi. Sichqoncha bilan paketkonvertni belgilang, paketning mazmunini ko’rib chiqing va qayd eting. Tugunlarning fizik manzillari ma’lum. Manbaning(jo’natuvchi) IP-manzili 192.168.3.3. Exo-so’rovi - ICMP-xabar turi -8. (2.10-rasm.). 192.168.3.5 hostga so’rov kommutator orqali o’tadi. 2.10-rasm. Exo-so’rovi – ICMP paketi formati 192.168.3.3 hostiga kiruvchi ping-javobning mazmunini ko’rib qayd qiling. (2.11-rasm.). 2.11-rasm. Exo-javobi – ICMP paketi formati – qadam. Paketlar qaysi qurilmalar orqali o’tishi hamda ICMP so’rovlari yo’nalishlari hodisalar oynasida ko’rsatilgan. (2.12-rasm.). 2.12-rasm. Hodisalar oynasining simulasiya (imitasiya) rejimi Agar yana 192.168.3.5 hostga ping-so’rovini bajarsak, u holda manbakompyuterning ARP-jadvali tegishli lokal manzilida saqlangan faqat bitta ICMPxabar paketi shakllantiriladi. Ping-so’rovni yana jo’nating. – qadam. ARP-jadvalning barcha yozuvlarini o’chirish uchun arp -d buyrug’idan foydalanamiz. Bu buyruqning bajarilishini tekshirib ko’ring. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling