Referat mavzu: icmp protokollari va uning ishlashi Bajardi : 084-20 guruh talabasi Inoyatova X
Ping-so’rovni tashqi tarmoqda shakllantirish
Download 0.68 Mb.
|
oybek oka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Command Prompt
Ping-so’rovni tashqi tarmoqda shakllantirish:
IP-manzili 192.168.3.4 bo’lgan chekli tugundan IP-manzili 192.168.5.5 hostga matnli ping-so’rov jo’natamiz. Ikkala tugun ham turli tarmoqlarda joylashganligiga ahamiyat bering! Yuqorida ichki lokal tarmoqning ARP-so’rovining jo’natish hodisasini ko’rib chiqdik. ARP protokoli bu holatda qabul qiluvchi tugun so’rovi MAC-manzilini bevosita aniqladi. Endi turli tarmoqlarda joylashgan manba-tugun va qabul qiluvchi tugunlarning hodisalarini ko’rib chiqamiz. ARP protokoli tarmoq segmenti miqyosida ishlaydi, chunki u mavjud xolatlarda marshrutizatorning MAC-manzilini aniqlash uchun qo’llaniladi. Xususiy hollarda paket marshrutizatorga keying retranslyatsiya qilish (joriy qilish) uchun topshiriladi. Command Prompt bo’limini ochamiz, imitasiyalanuvchi 192.168.3.4 kompyuteri buyruq satridan 192.168.5.5 hostga ping-so’rovni jo’natamiz. Marshrutizatorning ARP-so’rovi belgilangan tarmoqda paketlarni jo’natishlarini lavhalaydi. Manba-tugunda ARP va ICMP protokollarining ikkita paketlari shakllanadi. ARP-so’rov paketi shakli shunday tashkil topganki, qurilmaning lokal manziliga ruhsat berishi va barcha tarmoqosti tugunlariga keng tarqatish imkoni mavjud. (2.15-rasm.). Qachonki ushbu paket belgilansa, marshrutizatordan boshqa barcha tugunlar paketni qayd etmaydi. 15-rasm. ARP-so’rov paketi shakli Marshrutizator ARP-javobni shakllantiradi, o’zining fizik manzilini ko’rsatadi va uni 192.168.3.4 tuguniga jo’natadi. 192.168.3.4 hosti ARP-javobni olgandan so’ng belgilangan tarmoqqa marshrutizator orqali ping-so’rovi ICMP-xabarini jo’natadi. Paket-konvertni sichqoncha bilan belgilab paketning mazmunini ko’rib chiqing. (2.16-rasm.) 2.16- rasm. ICMP-exo-so’rovi paketi formati Qachonki so’rov belgilangan tarmoqqa kelganda, agar qabul qiluvchining MAC-manzili marshrutizator ARP-jadvalida yo’q bo’lsa, u holda marshrutizator uni aniqlaydi. Shunday holatda lokal manzilning ruhsat etish masalasi yechimini topadi. Dastlab marshrutizator qabul qiluvchining fizik manzilini bilishi zarur, toki u pingso’rovini belgilangan joyga jo’nata olsin, shuning uchun ping-so’rovli paket marshrutizatorga kirishi rad etilgan. Yangi ARP-so’rov marshrutizatordan keng qamrovli xabarlar sifatida jo’natiladi. U IP- va MAC-manzillaridan tashkil topadi. Belgilangan IP-manzil -192.168.5.5 tuguni. Tarmoqosti tuguni, qachonki paket belgilanmagan bo’lsa, uni ta’qiqlaydi. 192.168.5.5 tuguni ARP-javobni shakllantiradi va uni marshrutizatorga qayta jo’natadi, paket mazmuni nima hususida ekanligi o’zining MAC-manzilida ko’rsatib o’tiladi. 192.168.3.4 tuguni tashqi tarmoq orqali 192.168.5.5 tuguniga ping-so’rovini yana jo’natadi. Uning yo’nalishi Switch0 kommutatori, Router0 marshrutizatori, Switch1 kommutatorlari orqali o’tib, belgilangan tugunga yetib boradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling