Amaliy Dasturlar Paketi glossariy amaliy dasturlar paketi (adp)
Download 29.78 Kb.
|
Amaliy Dasturlar Paketi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot zaxiralari
- Videomonitor (displey)
- Ishchi stantsiyalar
- Qobiq
Amaliy Dasturlar Paketi GLOSSARIY Amaliy dasturlar paketi (ADP) – bu muayyan (funksional tizimosti, biznes- ilova) sinf vazifalarini xal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui. Axborot jamiyati – ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir. Axborot zaxiralari – aloxida xujjat va aloxida xujjat to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma'lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi xujjatlar va xujjatlar to‘plamidir. Axborot texnologiyasi (AT) – ob’ekt, jarayon yoki xodisaning xolati xaqida yangi sifat axboroti olish uchun ma'lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang‘ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Videomonitor (displey)-ShK ga kiritiladigan va undan chiqadigan axborotni aks yettiruvchi moslamadir Dasturiy interfeys – xisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro ta'sirini ta'minlovchi vositalar yig‘indisi. Duragay xisoblash mashinalari (DXM) – kombinatsiyalashgan xolda amal qiluvchi xisoblash mashinalari bo‘lib, xamda raqamli xam o‘xshashli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi; ular UXM va RXMning afzalliklarini o‘zida jo etgan. Ishchi stantsiyalar – muayyan turdagi (grafik, muxandislik, nashriyot va boshqalar) ishlarni bajarishga ixtisoslashtirilgan bir kishi foydalanadigan qudratli mikro-EHM lardir. Kibernetika – texnik , biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari xaqidagi fandir. Klaviatura – son bilan ko‘rsatiladigan, matnli va boshqariluvchi axborotni ShKga qo‘l yordamida kirishi uchun mo‘ljallangan moslama. Qobiq – biror bir dastur va foydalanuvchi o‘rtasidagi katlam yoki boshqa dastur ustida uskurtma bo‘lgan dastur. Mijoz (klient) – vazifa, ishchi stansiya yoki kompyuter tarmog‘idan foydalanuvchi. Operatsion tizim (OT) – bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta'minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir. Download 29.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling