Amaliy Dasturlar Paketi glossariy amaliy dasturlar paketi (adp)
Download 29.78 Kb.
|
Amaliy Dasturlar Paketi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ranglar sxemasi
- Foydalanuvchi interfeys
- Printer
- Iqtisodiy axborot
- Taktik modellar
Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo‘ljallangan materiallar.
Dizayn qolipi - professional tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan grafiklar, bo‘yoqlar, jilolar, tovushlar namunasi bo‘lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to‘plam bo‘lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi. Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va xarakatlanuvchi effektlar va ularni yig‘indisidan iborat. Foydalanuvchi interfeys – foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridir. Shaxsiy kompyuterlar (ShK) – xammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi bir kishi foydalanadigan mikroEHMlardir. Dasturiy interfeys – xisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig‘indisi. Operatsion qobiq – biror bir dastur va foydalanuvchi o‘rtasidagi qatlam yoki boshqa dastur ustida usqurtma bo‘lgan dastur. Printer – axborotni qog‘ozga tushiruvchi moslama. Skaner – qog‘ozli tashuvchilardan avtomatik xisoblash va ShK ga mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarini kiritish uchun mo‘ljallangan moslama. Telekommunikasiya – kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir. Axborot - tushunchasi lotincha informatio so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, biror-bir dalil, voqea, xodisani bayon qilish tushunchasini bildiradi. Iqtisodiy axborot - ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Operativ modellar - boshqarishda operativ karorlar qabul qilishni qo‘llab quvvatlash uchun foydalaniladi. Taktik modellar - boshkaruvchilar tomonidan mavjud zaxiralardan foydalanishni taksimlash va nazorat qilish uchun kulaniladi. Download 29.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling