Referat Mavzu: Ilm olishning ahamiyati Tayyorladi: Turayev Javlonbek Tekshirdi: B. Qayumova Toshkent-2021


Download 61.71 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi61.71 Kb.
#236851
TuriReferat
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi

Referat


Mavzu: Ilm olishning ahamiyati

Tayyorladi: Turayev Javlonbek

Tekshirdi: B.Qayumova

Toshkent-2021

Ilm olishning ahamiyati

Inson doim ilm izlaydi. Bu yo’lda inson ko’plab usullardan foydalanishga harakat qiladi. Buning eng oson yo’li kitob mutoala qilishdir. Ilm o’rganish nafaqat hayotimizni yoritadi, balki yaxshilikka yetaklaydi. Demak, biz bir-birimizga yaxshilik qilib yashaymizmi? Unda kitob ulashishni yaxshilik qilish bilan tenglashtirish mumkindir.



Har bir kitobning o‘zini tushunish tili bo‘ladi. Til – insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasi, ularni bir-birlari bilan doimo fikr almashishga xizmat qilsa yoki kishilarning ichki olamini ifoda etadigan ilohiy ne’mat bo‘lsa ilm ham o‘zligimizni, qay darajadagi insonligimizni, qanday xulq-atvorlarga ega ekanligimizni oyna kabi ko‘rsatib beradigan fazilatdir. Ilm zehnimizni, fikrimizni, qilich kabi o‘tkir qiladi, u insonning muqaddas orzu-istaklarini amalga oshirishga yetaklaydi.

Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farz. Uning erta-kechi yo‘q. Ilm olishdan, hech qachon to‘xtamaslik lozim. Xalqimizda “Beshikdan qabrgacha ilm izla”,- degan naql ham bejiz aytilmagan. Bunga amal qilgan inson hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga albatta erishadi deb hisoblayman. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Bu gapning ma’nosini yaxshi uqib olishimiz kerak. Ilm bizni ma’rifatga, ma’naviyatga chorlaydi. Bizni yomonlikdan qaytaradi, odobli bo‘lishga chaqiradi. Ilm insonga do‘st, yolg‘izlikda hamroh, do‘stlar orasida zebu ziynat, dushmanga qarshi kurashda qurol, qayg‘uli kunlarda ko‘makchi, jannat yo‘lini ochuvchi vositadir.



Darhaqiqat, badiiy asar o‘qigan odam dunyoni, tarixni yaxshi biladi, kelajakka ishonchi ortadi. Til madaniyati yuksaladi, muomala munosabati shakllanadi. Zakovatli, ma’naviyatli, bexato yozadigan, yozma nutqiga havas qiladigan darajaga yetadi. Ularning suhbatidan zavqlanasiz.

Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidur. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj boʻlsang, shuni bilmak bizga farzdur. Shuning uchun oʻqimak, bilmak zamonlarini qoʻldan bermay, vujudimizning dushmani boʻlgan jaholatdan qutulmakga jonimiz boricha saʼy qilmagimiz lozimdur.



Hozirgi paytda ilm olish uchun barcha imkoniyatga egamiz. Xohlagan badiiy asarni, qiziqqan kitobingizni topish mushkul emas. Kutubxonalar yangi kitoblar bilan boyitilmoqda. Yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda maxsus qarorlar qabul qilinmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 4 avgustida ijodkorlar bilan uchrashuv chog‘ida badiiy asar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan edilar. Ya’ni, bu bilan ”Alpomish”, “Xamsa”, “Boburnoma”, “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Ufq” kabi asarlar har bir xonadonda bo‘lishi kerak, degan fikrni anglash mumkin. Eng avvalo bu kitoblarni olishga bolalarga istak bo‘lsa, uni so‘ndirmasdan ota-onalar har oyda yoki bir necha oyda bir marotaba bittadan olishni harakat qilishlari zarur.

Hozirgi yoshlarimiz she’riyatga juda qiziqishadi. Shuni nazarda tutgan holda ularning qiziqishlarini yanada kuchaytirish uchun ustozlar ota-onalar bilan kelishilgan holda bolalarga she’r yodlatish masalasiga kelishib olishlari zarur. Masalan, kuniga 4-8 qator she’r yodlash va yodlagan she’rlarini daftarga qayd qilib borishni ularga odatlantirish va sekin-asta o‘rgatib borish bilan ularning ongida yaxshilik va yomonlikni ajrata bilishiga erishishimiz mumkin. Shuningdek, o‘quv muassasalarida har oyda yoki chorakda, yoki adiblarning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tadbirlar tashkil etish va shu adibning asarlari asosida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovini tashkil etish an’anasini tashkil etib, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kuchaytirish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, pedagog va ota-onalarga murojaatimiz, agar o‘quvchingiz va zurriyodingiz komil inson bo‘lib yetishishini xohlasangiz ularni badiiy kitob o‘qishga odatlantiring, muntazam ravishda kitob olib bering, kutubxonalarga (axborot-resurs markazlariga) a’zo qildiring. Ana shunda ustozlar o‘z jamoalarida kitobsevar bilimdonlarni yetishishiga, ota-onalar esa oilasining yorug‘ kelajagiga zamin yaratgan bo‘ladilar.
Download 61.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling