Referat Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Bajardi: sbia-70K/22 N. Komulov Reja


iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti


Download 0.87 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1011552
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va makonda shaklan va mazmunan o‘zgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o‘zgarib turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lishini o‘rganadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqea-hodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda mohiyatini o‘rganibgina qolmay, ularning o‘zaro aloqadorligini, bir-biriga ta’sirini ham tahlil qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi o‘rganishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biri cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish va boshqarish, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning omillari, qonuniyatlari va yo‘llarini o‘rganish va ko‘rsatib berishdan iboratdir. Bu esa fanning predmeti, uning maqsadi va vazifalarida yanada oydinroq ko‘rinadi.

Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o‘ylab topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar Shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi Shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya - ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tuShunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.


Shuning uchun, har bir iqtisodiy qonun atrofida ikki yoki bir nechta ilmiy tushunchalar bo‘lishi mumkinki, ularni bilmasdan turib iqtisodiy qonunning mazmuniga tuShunish va uning tabiatini bilish qiyindir. Masalan, biz Yuqorida aytganimizdek, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun narx va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur bo‘lsa, qiymat qonunini tuShunish uchun tovar, pul, qiymat, narx, mehnat, kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo‘lishimiz lozim.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, Shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog‘liqdir. 
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling