Referat mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjet- soliq siyosati yo`nalishlari
Download 252.4 Kb.
|
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davla
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOShKENT MOLIYa INSTITUTI “MOLIYA” kafedrasi “Moliya” fanidan REFERAT Mavzu: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjet- soliq siyosati yo`nalishlari
Toshkent-2017 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjet-soliq siyosati yo`nalishlari REJA:
Davlat byudjet-soliq siyosatining usullari va o`ziga xos xususiyatlari Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish masalalari XULOSA ADABIYOTLAR RO`YHATI KIRISH Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi. Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan holda amalga oshirilayotgan davlat moliya siyosati orqali iqtisodiyotimizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qilish yaxshi natijalar bermoqda. Bu xususida Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidladilar: “Yillik budjet yalpi ichki mahsuloyga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. 2016 yilda ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi yoki o`tgan yilga nisbatan ko`proq mablag` ajratiladi. Jumladan, ta`lim-tarbiya sohasiga davlat byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog`liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo`naltiriladi. Ta`lim-tarbiya sohasini ta`minlash va rivojlantirish sarf- xarajatlari o`tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog`liqni saqlash tizimida 16 foizga ko`payadi”1. 1 Karimov I.A.. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo`l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir, 2016 yil yanvar (www.press- service.uz) Davlat byudjet-soliq siyosatining usullari va o`ziga xos xususiyatlari Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol- mulkni ijaraga berish va kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi; taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi; taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta ta`sir ko`rsatdi. Bular o`z navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida o`z ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda ta`minot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo`nalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a`zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag`batlantirilishini olib qo`yadi, ya`ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta`siri bevosita namoyon bo`ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste`mol darajasi pasayadi va bu narsa, o`z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o`sish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo`g`inlari bilan birga sud hokimiyatining bo`g`inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to`lovlarning o`z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o`rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo`llanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq to`lovchilar qatnashishi mumkin, ya`ni bunda soliq to`lovchilarning o`zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin. Davlatning byudjet siyosati va uning tahlili Byudjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda o`zida jamiyat institutlari va aholi o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat byudjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilishi kerak. Davlat byudjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad to`lovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin. Byudjet siyosatining bilvosita usullari bo`lib soliqlar va soliqsiz to`lovlar orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini o`zgarishi, soliqlar bo`yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to`lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish mumkin, bunda soliq to`lovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Byudjet siyosatining bevosita usullariga esa byudjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish kiradi. Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini o`zgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, byudjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to`¨ridan-to`¨ri usullari hisoblanadi. Byudjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat o`rnatish, byudjet ijrosini ta`minlash, byudjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yo`lga qo`yish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi. 2015 yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlar, maqsadlar va vazifalardan kelib chiqib shakllantirilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadi: soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotni barqaror o`sishini rag`batlantirish, O`zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining balansliligini ta`minlash; byudjetni rejalashtirish jarayonida davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish yo`li bilan byudjetdan ajratiladigan mablag`larni sarflash samaradorligini oshirish; ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholi daromadlari, jamg`arishi va xarid qilish qobiliyatini o`stirish siyosatini bir vaqtning o`zida yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash manzilliligini oshirish bo`yicha choralar qabul qilgan holda davom ettirish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarni me`yoriy rejalashtirish mexanizmini takomillashtirishni inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarining tarmoqlari va shtatlarini muvofiqlashtirish; asossiz va eskirgan imtiyozlar va preferentsiyalarni bekor qilish; byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, hududlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning subvensiyaga bog`liqligini pasaytirish. 2015 yil Davlat byudjeti xarajatlari 37967,7mlrd. so`m miqdorda tasdiqlanib, ularni quyidagi ustuvor maqsadva vazifalarni moliyaviy ta`minlashga yo`naltirish ko`zda tutilgandir.
1 -rasm. 2015 rejalashtirilgan byudjet xarajatlari tarkibi2, mlrd so`mda 2015 yilda ham byudjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo`llab quvvatlash xarajatlarining ustuvorligi saqlab qolindi va aholi turmush farovonligini oshirishga katta e`tibor qaratildi. Joriy yilda ham byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, pensiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori bo`lgan sur`atlarda oshirilishi va bu maqsadlarga erishish uchun Davlat byudjeti va Pensiya jamg`armalaridan qo`shimcha 1,3 trln. so`m mablag`lar rejalashtirildi. O`z navbatida, ijtimoiy xarajatlarga jami byudjet mablag`larining 59,2 foizini yoki 21485,2 mlrd so`m yo`naltirish rejalashtirildi. 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi 2270-sonli qarori asosida tayyorlandi 2015 yilda ham Davlat byudjetidan ta`lim tizimini moliyaviy ta`minlash uchun alohida e`tibor qaratilgan bo`lib, ushbu maqsadlarga qariyb 12776,2 mlrd so`m yoki jami byudjet xarajatlarining 33,7 foizi miqdorida mablag`lar ajratildi. Bunda, joriy yilda bolalar bog`chalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun o`tgan yilga nisbatan 2 baravar ko`p yoki 167 mlrd. so`m mablag` ajratilishi va buning evaziga 270 dan ziyod bolalar bog`chalarini to`liq ta`mirdan chiqarilishi va jihozlanishini ko`zda tutilgan. Aholi sog`lig`ini saqlash, ayniqsa, onalar va bolalar sog`ligini himoya qilishni yanada yaxshilash, tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash hisobiga ularni modernizatsiyalash, dori-darmon va bir marta ishlatiladigan vositalar bilan ta`minlashni yaxshilash masalalari ham 2015 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida o`zining ifodasini topgan. Jumladan, 2015 yilda Davlat byudjeti tarkibida sog`liqni saqlash xarajatlari 5372,5 mlrd so`mni yoki byudjet jami xarajatlarining 14,2 foizini tashkil qilmoqda. O`z navbatida, 2015 yilda ilm-fanni rivojlantirish xarajatlari 2014 yilga nisbatan 1,3 barobar oshirildi va 245,3 mlrd. so`mga yetkazildi. Shuningdek, madaniyat va sport sohasi xarajatlari ham 2014 yilga nisbatan 24 foizga oshirildi va 388,3 mlrd. so`mni tashkil etdi. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash xarajatlariga 2015 yilda jami 4119,7 mlrd so`m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorda mablag`lar ajratildi. Bunda qishloq xo`jaligini, avvalambor sug`oriladigan dehqonchilikni yetarli miqdorlarda va ishonchli ravishda suv bilan ta`minlash maqsadida 1,9 trln. so`mdan ortiq mablag`lar suv xo`jaligining joriy xarajatlariga yo`naltirilishi belgilandi. Shuningdek, mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadlariga 10 mlrd. so`m ajratildi. 2015 yil Davlat byudjeti parametrlarida tashqi qarz to`lovlari hamda mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi va davlatimiz mudofaa qobiliyatini ta`minlash bilan bog`liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun ham to`liq ravishda mablag`lar rejalashtirilgan va ular byudjet parametrlarida o`zining ifodasini topgan. Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliq siyosatining ahamiyati Byudjet siyosatining asosiy maqsadi davlat xarajatlarini samarali rejalashtirgan holda bu xarajatlarni moliyalashtirish manbalarini izlab topish hisoblansa, soliq siyosati byudjet siyosatidan kelib chiqqan holda, ya`ni byudjet daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlarni byudjetga yetarli miqdorda va o`z vaqtida kelib tushishini ta`minlash, byudjet daromadlari ijrosini ta`minlash maqsadida olib boriladi. Soliq siyosatining asosiy maqsadi soliq yukini soliqlar o`rtasida oqilona, iqtisodiy rivojlanishga zarar yetkazmagan holda taqsimlashdir. Soliq siyosatini ishlab chiqishda soliqlarning fiskal funktsiyasi bilan bir qatorda, rag`batlantirish funktsiyasini ahamiyatini oshirish samarali hisoblanadi. Soliqlar orqali rag`batlantirish ishlab chiqarishni rivojlanishiga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to`plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga faol yordam beradi, ya`ni soliq yukini yengillashtirish, ishlab chikarishni rag`batlantirishga, moliyaviy holatni yaxshilashga va investitsion faoliyatni jonlantirishga olib keladi. Soliq stavkalarining soliq to`lovchilarga qiyinchilik tug`dirmasligi albatta ularning soliqdan qochish holatlarini kamaytiradi. Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda . Yuqoridagi gapimizni isboti sifatida shuni qayd etish lozimki, yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi 2000 yildagi 31 foizdan 2014 yilga kelib 23 foizga kamaygan va 8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2015 yilda 7,5 foizni tashkil etmoqda. Yuridik shaxslarning mol mulkidan undiriladigan soliq stavkasi haqida esa quyiagilarni aytish mumkin, ya`ni 2000 yilda 4 foizli soliq stavkasi amal qilgan bo`lsa, 2014 yilga qadar bu stavka 3,5 foizni tashkil etgan va 2014 ildan boshlab yana 4 foiz qilib belgilangan. rasm. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig`i va mol-mulk solig`i stavkalarini o`zgarishi3 Tabirkorlik sub`ektlarini qo`llab quvvatlash maqsadida ularga nisbatan o`rnatilgan soliq stavkalari pasayiib bormoqda, ya`ni mikrofirma va kichik biznes korxonalari uchun soliq stavkasi 2000 yilda 15 foizni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunga kelib 5 foizni tashkil etmoqda. rasm. Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to`lovi stavkasi (sanoat sohasi uchun)4 foizda Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i soliq tizimidagi soliqlar ichida soliq stavkasi ortib borayotgan yagona soliq hisoblanadi, ya’ni bu soliq stavkasi 2010 yilga qadar 0,5foiz stavkada undirilgan bo’lsa, keyingi 4 yil davomida mol mulkning hajmini ortib borishiga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan holda stavkalar o’rnatilmoqda: shahar joylarda 200 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 2011 yilda 0,75 foiz, 200 kv.m dan 500 kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 0,9 foiz va 500 kv.m dan ortgan mol mulk qiymatidan 1,13foiz miqdorida soliq undirilgan bo’lsa, bu holat 2012 yilda 0,9 foiz, 1,1 foiz, 1,35 foizni; 2013 yilda 1,04 foiz, 1,25 foiz, 1,55 foizni , 2014 yilda 1,2 foiz, 1,4 foiz, 1,8 foizni va 2015 yilda 1,3 foiz, 1,6 foiz va 2,2 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, imtiyoz tariqasida alohida kategoriya shaxslar uchun soliqqa tortilmaydigan maydon belgilangan bo’lib, u 60kv.km ni tashkil etadi. Agarda ma’sul organlar omonidan mol mulkning qiymati aniqlanmagan bo’lsa, qishloq joylarida belgilangan summa 8833, 0 ming so’m, shahar markazlarida 20328,0 ming so’m qilib belgilangan.5 Ushbu soliq turi bo`yicha ham stavkalarni pasayishini ko`rish mumkin. Shuni alohida qayd etish lozimki, 2000 yilda ham 4 pog`onali soliq savkasi amal qilib, quyi stavkasi 15 foizni (ikkinchi pog`onasi 25, uchinchi pog`onasi 36 foiz) va yuqori stavkasi 40 foizni tashkil etgan. Shu o`rinda jismoniy shaxslarning daromad solig`i stavkalariga ham to`xtalib o`tish lozim. Soliqlarning davlat byudjeti daromadlar qismini shakllantirishdagi, shuningdek, mamlakatda yaratilgan YAIM tarkibidagi ulushni aniklash orqali iqtisodiy taraqqiyotga baho berish mumkin. YAIM tarkibida soliqlar ulushining ortishi byudjet daromadlarini ko`paytirishga olib kelsada, kelgusida jadal iqtisodiy rivojlanish uchun to`siq bo`lishi mumkin. Shuning uchun umumiy soliq tushumlarining YAIMga bo`lgan nisbatni kamaytirish tomonga qarab soliq tizimini optimal takomillashtirish yo`llarini izlash zarur. Natijada ishlab chiqarish hajmi o`sdi va mos ravishda soliqqa tortiladigan baza kengaytirildi, bu esa, soliq ma`muriyatchiligini yaxshilash bo`yicha chora- tadbirlar bilan bir qatorda Davlat byudjeti kamomadining past bo`lishi va daromadlarning o`sishini ta`minladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish masalalari Davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat byudjetini shakllantirish, uning ijro etilishini ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimini samarali ishlatish, byudjet taqchilligini boshqarish kabi sohalarni qamrab oladi. Davlat byudjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, Davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarish orqali byudjetning iqtisodiyotdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi amaliyotga joriy qilindi. Byudjet 5 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2270 -sonli Qarori Kodeksi asosida davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlar amalga oshirilishi iqtisodiyotimiz rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish borasida amalga oshirilagan islohotlar bugungi kunda g’aznachilik orqali o’zining natijalarini namoyon etmoqda. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimida byudjet ijrosini takomillashtirish va xalqaro tajribalaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratish, bugungi kun islohotlarida g’aznachilik faoliyatini yaxshilash muhim vazifa etib belgilandi. Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati – 2016-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari rejasi mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va modernizatsiyalash, muhim makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning muvozanatini saqlash, davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi ulushini kamaytirish, xususiy mulkning rolini tubdan oshirishning, mamlakatda mustahkam iqtisodiy o`sish va barqarorlikni ta’minlash maqsadida xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini nazarda tutgan. 2016 yilga shakllantirilgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlarida, shuningdek, asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarda yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,2 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,1 foizga, kapital qo`yilmalar hajmi 9,6 foizga o`sishi nazarda tutilganligini alohida e`tirof etish lozim. Quyidai rasmda O`zbekistonda 2016 yilda asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning 2015 yilga nisbatan o`sih ko`rsatkichlari keltirilgan. rasm.O`zbekistonda 2016 yilda asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar 6 2017-yilda soliq yukini yanada kamaytirish, iqtisodiyotning barqaror o`sishini rag`batlantirish, byudjet tizimining mutanosibligini ta’minlash, byudjet yo`nalishidagi davlat dasturlaridan foydalanishni kengaytirish orqali byudjet mablag`larini sarflash samaradorligini oshirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishga, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bilan bir vaqtning o`zida aholining daromadlari, jamg`armalari va xarid quvvatini o`stirishga qaratilgan yo`lni davom ettirish, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 6 www.stat.uz ma`lumotlari XULOSA 2015 yil uchun huddularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qarailgan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari va byudjet loyihasi mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, barqaror yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishiga, iqtisodiyot va jamitya ijtimoiy hayotini muvozanatli rivojlantirishga, aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan mamlakatda yuritilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat doiraisda ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI O’zbekiston Respublikasinin Konstitutsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2014. -40 b. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashr- O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - T.: “Adolat”, 2008 y. -692 B O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi 2270-sonli qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi 2455-sonli qarori Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.- T.: «O’zbekiston», 1995. Karimov I.A.. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. – Toshkent, 2014. – 64 b. Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015. 71 b. Karimov I.A.. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o`zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo`l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. 2016 yil yanvar ( http://www.uzreport.uz) Vahobov. A.V, Malikov. T.S: Moliya. Darslik. T: “Noshir” Toshkent 2011-y. -711 b. Malikov T.S., Jalilov P.T. Budjet-soliq siyosati. Darslik – T.: Akadem nashr, 2011. – 472 b. Malikov T. Haydarov N. “Moliya: umumdavlat moliyasi” O‘quv qo‘llanma, Toshkent, “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 y, - 556 b. Agzamov A.T., Soliq tizimidagi islohotlar – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim fiskal omili sifatida.// “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” . 2015. № 2 Usmonov Q.A, Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni, usullari va ularni takomillashtirish yo’nalishlari. //“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2014. № 4 Internet saytlari: http://www.gov.uz-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti http://www.soliq.uz-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi rasmiy sayti http://www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi) http://www.press-service.uz-O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti) http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Rasmiy sayti) Download 252.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling