O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
REFERAT
Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari
Qabul qildi: Murodova M
Bajardi: BIA-94k Ergasheva Mohigul
TOSHKENT-2022
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI
Reja:
1.Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
2.Xarajatlarning tasniflanishi
3.Mahsulot tannarxi va uni hisoblash metodlari
4.Mahsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’llari va omillari
Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi.
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga:
1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi,
2) davr xarajatlari,
3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar,
4) favqulotda zararlarni oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul qilgan 64 qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi:
Ishlab chiqarish xarajatlari:
– mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);
energiya va yoqilg’ining hamma turlari;
materiallarning tabiiy kamayishi.
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:
bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;
qo’shimcha to’lovlar;
ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |