Referat mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari Qabul qildi: Murodova m bajardi: bia-94k Ergasheva Mohigul
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi
Download 91.66 Kb.
|
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi. Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar. Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish; 3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi. Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi hisob-kitob, ulchov funksiyasi iqtisodiy regulyator funksiyasi raqobat vositasi funksiyasi ijtimoiy himoya funksiyasi Download 91.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling