Referat Mavzu: Islom falsafasining asosiy yonalishlari Bajardi: Nurillayeva Malikaxon Filologiya yo'nalishi 2- kurs talabasi
Download 274.81 Kb.
|
Islom falsafasining asosiy yonalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- E tiboringiz uchun rahmat!
Toshkent Davlat Sharqshunoslik unversiteti Yaponshunoslik kafedrasi «Falsafa» fanidan ReferatMavzu: Islom falsafasining asosiy yonalishlari Bajardi: Nurillayeva Malikaxon Filologiya yo'nalishi 2- kurs talabasi Toshkent - 2022 REJA: Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit. Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari. Qur’on, sura, oyat tushunchalarning ma’nosi islom madaniyatidagi o'rni va ahamiyati. Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar – musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi. «Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi. Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610-yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622-yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. 630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari – Movarounnahr (daryo ortidagi yerlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi. Mazhablarning paydo bo‘lishi: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik va hanbaliylik. Islomda asosan ikki yo‘nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa – sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali – Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib, ularning har birida turli masalalar bo‘yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo‘nalish xorijiylar (xavorij – ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo‘linib ketgan. Sunniylik yo‘nalishi «axri sunna val jamoa», deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe’iy; Molikiy; Hanbaliy. 2 ta aqidaviy Ash’ariy; Moturidiy ta’limotiga amal qiladi. Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart: 1. Qur’oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo‘lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi. 2. Sunnat – Muhammad (s.a.v.) qilgan ishlari va aytgan so‘zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir. 3. Ijmo – bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga etgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir. 4. Qiyos – ya’ni, hukmi vorid bo‘lmagan masalani Qur’on va hadisda, shunga o‘xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish. Islomdagi yo’nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar. Aqidaviy ta’limotlar. Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo’linishlarning boshlanishi. Hokimiyat masalasidagi turli fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo’nalishi va ta’limoti. Mo’’taziliylik asoschisi va ta’limotlari. Shia yo’nalishining mazhab va ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik ta’limoti va harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo’nalishi va tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Zamonaviy sufiylik ta’limotlari. Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari. Vahhobiylik harakatining kelib chiqishi. Vahhobiylikning Markaziy Osiyoda tarqalishi. XX asrdagi islohotchilik harakatlari. Panislomizm, panarabizm, panturkizm tushunchalari. Tablig’ guruhi. Ixvonul muslimin tashkilotining tuzilishi, turli firqalarga bo’linishi. Hizbut tahrirning shakllanishi, ta’limoti, maqsadlari. Nurchilik harakatlari, maqsadlari. Akromiylik harakatlari va ularning ayanchli oqibatlari. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi. Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda ma’rifiy islomning roli. Radikal diniy oqimlar. Fanatizmning salbiy oqibatlari. Sobiq Ittifoqdan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishning taqiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol g’oyalarini singdirishning ahamiyati. Islomdagi yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni boshidan kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to‘qnashuvi asri bo‘lishini idrok etmoq zarur, bunda «XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo‘lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim». Shuningdek, ‘‘G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishmog‘imiz, kurashmog‘imiz kerak», degan so‘zlarni alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum, jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g‘oyalarga qarshi milliy istiqlol g‘oyasini qo‘ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g‘oyasi qanday mazmun kasb etadi? Avvalo, milliy istiqlol g‘oyasi millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O‘zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog‘imiz kerak. Milliy istiqlol g‘oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo‘lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo‘layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi – mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo‘lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo‘llaydiganlari – diniy omil hisoblanadi. Ana shunday sharoitda mintaqada, xususan, O‘zbekistonda, o‘z ta’sirini o‘tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islom omilidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo‘ldilar. Islom dinining sof g‘oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya’ni, Alloh, Islom kabi so‘zlarni qo‘shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar — «Islom uyg‘onish partiyasi», «Hizbulloh» (Alloh partiyasi), «Hizb at-tahrir al-islomiy» (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, yaxlit jug‘rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar. Bu borada «Islom ta’limoti nima deydi?» degan o‘rinli savol tug‘iladi. Har qanday ta’limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo‘ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqidaviy jihatdan qanday bo‘linish, ajralishlar bo‘lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan o‘rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi. Islomning lug‘aviy ma’nosi «Buyuruvchining farmoni va ta’qiqiga e’tirozsiz bo‘ysunish hamda uni buyurilgandek bajarish», demakdir. Islomning istilohniy ma’nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg‘ambarlar insonlarga Islom dinidan ta’lim berganlar. Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg‘ambar yo‘llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to‘g‘ri yo‘ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir. Shariat – to‘g‘ri yo‘lga solmoq, qonunchilik yo‘naltirmoq, ibodat yo‘llari, hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib bermoqdir. Qur’on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi deyiladi. Istilovda «fiqh» «Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq» ma’nosini bildiradi. «Fiqh»ning shariat istilohidagi boshqa ta’rifida «Shar’iy dalillardan qar’iy hukmlar chiqarishdir», deyiladi. Bu ta’rifdagi «Shar’iy dalil» Qur’oni karim va hadisi sharifdir. «SHar’iy hukm» esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda shar’iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo‘ladi. Zamonlar o‘tishi bilan, Al-istinbat – chiqarib olish, sug‘urib olish uslublari shakllana bordi. Ijtihod qilish natijasida qat’iy dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar xususida ijmo – ya’ni, yetuk ulamolarning o‘zaro kengashib bir fikrga kelishlari taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan – usuli fiqh – ya’ni, musulmon huquqshunosligi vujudga keldi. Mazhab so‘zi arabcha “yo‘nalish” ma’nosini bildirib, Islom atamashunosligida biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, «uning yurgan yo‘nalishidan borish» (arabcha – zaxaba ‘ala mazhabixi)ni bildiradi. 1.Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 805-yil) «Kutub Zaxirurrivoya» nomli kitobi. Keyinroq uning muhim qismlarini Abul Fodi al-Marvazi «Al-Kofiy» asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090-yil) «Al-Mabsut» nomli sharh yozdi. 2. Molikiylikda Molik ibn Anasning «Al-Muvatta» («Ommaviy», ya’ni «Barchaga tushunarli») kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854-yil) «Al-Mudavvana al-Kubra» asari alohida o‘rin tutadi. 3. Shofe’iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir. 4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida qaraladi. Hanafiylik, No‘mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o‘ziga xos tushunchalar, ifoda – til va uslubiyat shakllandi. Fiqh paydo bo‘lishining ilk davridayoq, ikki yo‘nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo‘lib, u yana «mustaqil fikr yuritish tarafdorlari» (ashob-ar-ra’y), ikkinchi – Madina maktabi esa «hadis tarafdorlari» (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq – maktablar o‘z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo‘lib qolgan huquqiy an’analar bilan belgilanadi. «Ashob ar-ra’y»ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi. Hanafiya Islomdagi eng ko‘p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767-yillarda yashagan. Ma’lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo‘lgan, Payg‘ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas’ud (vaf. 653-y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaro sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738-y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo‘lgan. Abu Hanifa kufalik bo‘lib, o‘zining ismi No‘mon ibn Sobit edi. O‘ziga to‘q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A’lo ta’lim olib, yoshligida so‘nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo‘ladi. Ustoz vafotidan so‘ng 10 yil davomida ushbu to‘garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi hisoblangan. 747-748-yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko‘chib o‘tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag‘dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat’iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo‘ysundirish uchun yoshi va obro‘siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko‘p o‘tmay, Abu Hanifa olamdan o‘tadi. Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo‘lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi. Hanafiy mazhabi ta’limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o‘zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo‘lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o‘z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to‘lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o‘zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o‘zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo‘rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog‘at yoshiga etgan inson mustaqil bo‘lib, o‘z mulkini o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir. Uning shogirdlaridan “As-sohibon”, deb nomlangan Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniylar mazhab ta’sirini o‘z asarlari va Abbosiylar davlatidagi yuksak maqomlari tufayli keng masofalarga yoyishga erishdilar. Abu Yusuf (731-798) Bag‘dodda qozi etib tayinlangan, keyinchalik birinchi Qozi al-quzot (bosh qozi) sifatida xalifalik hududlarida qozilar tayinlash huquqiga ega bo‘lgan. Uning «Kitob al-Xaroj» asari xalifa Xorun ar-Rashid uchun soliqlar to‘plash va davlatniyg moliyaviy masalalari bo‘yicha qarorlar to‘plami vazifasini o‘tagan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (749-804) hanafiy mazhabining huquqiy nazariyasini yozib qoldirgan allomadir. U hanafiy fiqhi hamda Madinada Molik ibn Anas qo‘lida ta’lim olgan. Muhammad ash-Shayboniy qisqa muddat qozi bo‘lgan, so‘ngra xalifa Xorun ar-Rashid bilan Xurosonga borib, o‘sha yerda vafot etgan. U yozgan oltita kitob («Al-Mabsut», «Al-jomi al-kabir», «Al-jomi as-sag‘ir», «As-siyar al-kabir», «As-siyar as-sag‘ir» va «Az-ziyodot») X asrda Abu-l-Fadl al-Marvaziy (Al-Hokim ash-Shahid nomi bilan ma’lum alloma) tomonidan «Al-Kofiy» unvoni bilan bir jildga to‘planadi. Molikiy mazhabi. Bu mazhab Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Hijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko‘pinchalik Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amakilari Abbos va umr yo‘ldoshlari Oisha faoliyatlari bilan bog‘lanadi. Mashhur namoyondalar orasida Ja’far as-Sodiq (vaf. 765-y.) ham bo‘lib, keyinchalik u shialikning ja’fariya mazhabiga nom bergan. Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713-yili Madinada kamon o‘qlari yasovchi oilasida tavallud topib, o‘zi ipak matolari savdosi bilan shug‘ullangan, bolaligidan qarindoshlari qo‘lida islomiy ilmlarni o‘rgangan. Shu yerda 795-yili vafotiga qadar yashagan va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo‘lmagan. Bahsar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki «Ilm — xo‘rozlar va qo‘chqorlar orasidagi urush emas», deb hisoblagan. Paygambar, sahobalar va tobe’inlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini o‘zining «Al-Muvatta’» kitobida jamlagan. Aytishlaricha, bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizlargacha ikki varianti: «Hanafiy ash-Shayboniy» va Yaxyo al-Laysiy (vaf. 848-y.) asarlari hamda ularga yozilgan izohlar etib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800-y.) talqinidagi nusxaning qismlari saqlanib qolgan. Huquqshunoslik sohasida molikiy mazhabi o‘z yo‘nalishiga ko‘ra, alalxusus, ayolning jamiyatdagi o‘rniga munosabatiga ko‘ra, hanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Shuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o‘z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda ham erga berish huquqi berilgan edi. Hanafiy mazhabi bunday holatga yo‘l bermaydi. Molikiy mazhabining vatani Madina bo‘lgani uchun uning Hijozda tarqalishi tabiiy edi. Har yili haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa qilgani tufayli bu mazhab u yerlarga ham yoyilib, Andalusiyada zohiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy mazhabi hozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmoqda. Shuningdek, u Yuqori Misr va Sudan hamda Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o‘z nufuzini yoydi. Boshqa qator mamlakatlarda ham muayyan miqdorda molikiy mazhabining izdoshlari mavjud. Shofe’iy mazhabi. Bu mazhab jug‘rofiy mintaqa mahsuli bo‘lmasdan, ikki o‘zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg‘ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan bo‘lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn Shofe’iy uning asoschisi bo‘ldi. Shofe’iy 767-yili Falastin (G‘azza)da tug‘ilib, 820- yili Misrda vafot etdi. Shofe’iy «Al-Umm» nomli kitobni yozib [ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kitobni uning shogirdi Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884-y.) yozgan], unda nafaqat shofe’iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o‘zga mazhablar orasidagi ko‘plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur yetti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas’ud orasidagi ixtilof, Shofe’iy va Molik qarashlari orasidagi farq Ash-Shayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi o‘z aksini topgan. Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo‘lgani uchun u yerda bu ta’limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517-yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsa-da, ko‘p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o‘z diniy urf-odatlarida shofe’iy an’analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar ham shunday qiladilar. Hanbaliy mazhabi, Bu shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs — Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780-yili Bag‘dodda tug‘ilib, shu yerda 855-yili vafot etgan. Hadis to‘plash niyatida Suriya, Hijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko‘p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik «Musnad al-Imom Ahmad» asarini yaratgan. Bu mazhabning o‘zgalarga nisbatan ko‘proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur’on oyatlari martabasigacha ko‘tarishgan. Hadislarga «qanday?» deb savol bermasdan (bilo kayfa) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya – 1350-y.) fiqh asoslari beshta: 1. Qur’on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur’on va sunnatga muvofiq bo‘lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo‘lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish. Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur’on va sunnatga tayangan boshlang‘ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da’vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa’id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta’sis etilishiga olib keldi. Shuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o‘z izdoshlariga ega. Shialik yo‘nalishidagi mazhablar: Ismoiliy mazhabi – shia yo‘nalishining Ismoiliy mazhabi X-XI asrlarda Yaqin va O‘rta Sharqda keng tarqalgan. Mazkur mazhabning vujudga kelishi arab xalifaligida sinfiy ziddiyatlarning hamda feodal guruhlar o‘rtasida kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining kuchayishi bilan bog‘liq. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori bo‘lgan bir guruh shialar oltinchi imom Ja’far as-Sodiqning katta o‘g‘li Ismoil atrofiga jipslashdilar. IX asr oxirlariga kelib, ismoiliy oqimi mustaqil mazhab sifatida tashkil topdi. Ularning ta’limoti avvalo ikkiga: zoxiriy (ochiq) va botiniy (maxfiy) ta’limotlarga bo‘lindi. Hozirgi davrda nizoriy mazhabi Suriya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston shimolida, Pomirda, musta’liy mazhabi esa Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda saqlanib qolgan. Qaramatiy mazhabi, Qaramatiy (ko‘pligi qaromatiy)lar shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shahobchalaridan biri bo‘lib, IX asr oxirida Iroqda vujudga kelgan, Suriya va Yamanda tarqalgan. Ular asosan dehqonlar, ko‘chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Ular Islom qonun-qoidalariga itoat etmaganlar, ularda masjid bo‘lmagan, musulmonlar ziyoratgohi Qora tosh (Ka’ba)ga ziyoratni, unga sig‘anishni bid’at, budparastlik, deb hisoblaganlar. 899- yili Baxraynni bosib olib, Al-Axso (Sharqiy Arabiston)da o‘z davlatlarini tuzganlar. Ularning rahnamosi Hamadon ibn al-ASh’ashg o‘g‘li Abu Tohir Sulaymon (914-943) davrida qaramatiylar 930-yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilganlar, bir necha ming hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Baxraynga olib ketganlar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. Rofiziy mazhabi, Rofiziylar (ko‘pligi ravofiza) shialarga, ayniqsa, imomiylarga mansub laqab bo‘lib, «inkor etuvchilar», «tan olmovchilar» ma’nolariga ega. Bular Muhammad (s.a.v.)dan keyingi chahoryor xalifalardan Abu Bakr va Umar hokimiyatini tan olmaydilar, payg‘ambar o‘zidan keyin Hazrati Alini voris qilib qoldirgan, deb da’vo qiladilar. Ali avlodlaridan bo‘lmish, hazrati Alining nabirasi Zayd ibn Ali (699-740) davrida rofiziylarning uning nomi bilan bog‘liq zaydiya shia harakati paydo bo‘ldi. Zayd 739-yili Kufada Umaviylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi, shialar uning atrofiga yig‘ilib, uni imom deb e’lon qildilar. 10 oydan keyin Zayd qo‘zg‘oloni bostirilib, Zayd 740-yili 6-yanvar kuni jangda halok bo‘ldi, tanasini butga tortib mixladilar, boshini qirqib, Damashqqa, xalifa Hishomga (724-743) yuborishdi. Zaydiya oqimi paydo bo‘lgandan keyin rofiziylar nafaqat Abu Bakr va Umar, balki Umaviy va Abbosiylar xalifaliklarini ham inkor etib, faqat imomiylarnigana tan oldilar. Zaydiy mazhabi, Zaydiy mazhabi VIII asr o‘rtalarida shialikda vujudga kelgan oqim bo‘lib, u shialarning 5-imomi Muhammad al-Bokirning ukasi Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan. Muhammad al-Bokirning sustligidan norozi bo‘lgan shialar ichidan Zayd o‘z tarafdorlarini to‘plab, 739-yilda Umaviy hokimiyatiga qarshi isyon ko‘targan, 740- yilda xalifa Hishom qo‘shinlari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, Eron, Yaman va boshqa davlatlarda isyon ko‘targanlar. Ular Zaydni 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Zaydiylar o‘z aqida va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yo‘lini tutadilar. Ular yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan oldingi uch xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni la’natlamasliklari, muta nikohini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda darveshlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilar. Ja’fariy mazhabi, Ja’fariy mazhabi shia yo‘nalishidagi diniy-huquqiy tizimga kirib, 12 imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimidir. Imomiylar 6-imom Ja’far as-Sodiq (vafoti 765-yil)ni shialik fiqh tizimining asoschisi deb biladilar. Aslida bu tizim bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo‘lib, bunda imom Ja’farning deyarli roli bo‘lmagan, undan fiqh va ilohiyotga oid hech qanday asar qolmagan. Shunga qaramay, shialik diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham ja’fariya, deb nomlanadi. Ja’fariya XVI asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquq tizimiga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o‘rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega. Shialikdagi mazhablardan birining nomi, o’n ikki imomga e’tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimi «ja’fariylar» deb ataladi. Oltinchi imom, shialik fiqhi asoschisi Ja’fari Sodiq nomi bilan bog’liq. Shialikning diniy-huquq majmuasi hozirgacha «ja’fariya» deb yuritiladi. Ja’fariya milodiy 16-asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o’rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta’sirga ega. Xorijiylar, «Xaraja» - «fe’lidan chiqmoq» mazmunida bo‘lib, «xorijiylar ajralib chiqqanlar», «isyonchilar» ma’nosida keladi. Islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikda hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda vujudga keldi. Siffin yaqinida 657- yili xalifa Ali Muaviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko‘nishi uni haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘irgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib Kufadan Harura degan qishloqqa ketadilar. Shuning uchun ba’zi ilk manbalarda ular haruriylar, deb ham yuritiladi. Yo‘nalish ta’limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo‘ysunadi, har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo‘lsa ham) xalifa bo‘lib saylanishi mumkin, agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘Shatiladi va hatto qatl qilinadi. E’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E’tiqodsiz va gunohkor kishilarni jazolashda murjiiylar tarafdorlari (jazo muddatini kechiktirish)ga qarshi turganlar. Zaydiylar. Milodiy sakkizinchi asr o’rtalarida shialikda vujudga kelgan bir firqa tarafdorlari «zaydiylar» deb atalgan. Bu firqaga shialarning beshinchi imomi Muhammad Boqirning ukasi Zayd ibn Ali asos solgan. U imomlikka da’vogar bo’lib, milodiy 739-yili Kufada umaviylar hokimiyatiga qarshi isyon ko’targan. Xalifa Hishom isyonni bostiradi, Zaydning o’zi jangda halok bo’ladi. Zaydiylar Ajamdan bir payg’ambar kelishiga va u Payg’ambarimizning (s.a.v.) shariatlarini nasx (bekor) qilishiga ishonganlari uchun Islomdan tashqarida qoldi, kufri vojibdir deyiladi. E 'tiboringiz uchun rahmat! Download 274.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling