Referat mavzu: iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar va bozor samaradorligi bajardi: Abduraximov Shaxzod


Download 1.52 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1050452
TuriReferat
Bog'liq
MAKRO-MIKRO.WORD



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
REFERAT

Mavzu: ISTE'MOLCHILAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA BOZOR SAMARADORLIGI

Bajardi: Abduraximov Shaxzod

TOSHKENT -2022
Reja
1.Iste’molchi ortiqchaligi
2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
3.Bozor samaradorligi

To`lov qobiliyati
Bir nechta xaridorlarning to`lashi mumkin bo`lgan maksimal narxlar ularning to`lov uchun tayyorligi deyiladi va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini anglatadi. Har bir xaridor albomni o`zining to`lov uchun tayyorligidan arzonroq narxda sotib olishni istaydi va to`lov uchun tayyorligidan qimmatroq narxda albomni sotib olishni rad etadi.

Agar narx uning albomga qo`ygan bahosi bilan aynan bir xil bo`lsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand bo`lishi mumkin.




Iste'molchi ortiqchaligini o`lchashda talab egri chizig’idan foydalanish

Quyi talab egri chizig’i va yuqori narx bozordagi istemolchi ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Bu haqiqat, chunki talab egri chizig’ining yuqoriligi istemolchilarning tovar uchun to`laydigan narxini belgilaydi va shu bilan birga to`lov uchun tayyorligini ham bildiradi. Bozordagi narx va to`lov istagi o`rtasidagi farq sotib oluvchilarning istemolchi ortiqchaligi demakdir. Bundan kelib chiqadiki past talab egri chizig’i va yuqori narx oraligidagi umumiy masofa bu xaridorlarning bozordagi tovar va xizmatlarga istemolchilar ortiqchaliklari yig’indisidir.




Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi

Xaridorlar o`zlari sotib olayotgan tovar uchun har doim ham past narx to`lashni xohlashganliklari sababli past narxlar xaridorlarning turmush darajasini yaxshilaydi. Lekin past narx turmush darajasini qanchalik yaxshilaydi? Bu savolga aniq javob topish uchun biz iste’molchi ortiqchaligi tushunchasidan foydalanamiz.





Iste’molchi ortiqchaligi, agar islohatchilar xaridorning foydasini hisobga olishi iqtisodiy farovonlikning eng yaxshi o`lchovi bo`ladi. . Ba’zi hollarda islohatchilar iste’molchi ortiqchaligi haqida o`ylamasliklari mumkin, chunki ular xaridorlarni sotib olishga undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi.







Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi

Xuddi iste’molchi ortiqchaligi talab egri chizig’iga yaqindan bog’lik bo`lganidek, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi taklif egri chizig’iga bog’lik.





Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizig’ idan yuqori bo` ladi.
Biz iste’ molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan bo` lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz.



Iste' molchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu sotuvchinig qo` lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining ko` rsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning bu ko` rsatkichinii yaxshi tushunish uchun iste' molchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini o` lchab ko` rish kerak. Biz iste' molchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz:
Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx

Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlar


Agar biz iste' molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyidagilarga erishamiz:
Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari)
Xaridorlar tomondan to` langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek ushbu iboradagi ikki atama o` chib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin:
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning xarajatlari)
Muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari o` rtasida joylashgan shaklning umumiy maydon ushbu bozordagi umumiy ortiqchalikni aks ettiradi.



XULOSA
Iste'molchi ortiqchaligi mahsulot uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan qiymatdan ular haqiqatda to‘lagan miqdorni ayirsak va u xaridorni bozordagi ishtirokidan oladigan foydasi bilan tenglashadi. Iste'molchi ortiqchaligi talab egri chizig'idan pastda va narxdan yuqoridagi sohada joylashishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi sotuvchilar mahsulotlarini sotishdan olgan miqdorlaridan ularni ishlab chiqarish xarajatlarini ayirsak va u sotuvchilarning bozordagi ishtirokidan tushgan foydasi bilan tengdir.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling