Referat mavzu: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma'lumotlar. Multimedia texnologiyalari. Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy)
Download 175.15 Kb. Pdf ko'rish
|
malumotlar bazasi va banki haqida malumotlar. ekspert sistemalari haqida malumotlar. multimedia texnologiyalari. tarmoq texnologiyalari. internet texnologiyasi va uning xizmatlari. distan
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHKning lokal tarmoqlari
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va
ko’pincha bir-biridan 10-15 ming kilometr uzoqlikdagi SHK va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 kilometrni tashkil etadi. SHKning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi SHKlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha SHKlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyatidir. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel. Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliga quyidagicha: ko’p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog’idagi disklarning umumiy resurslaridan va hamma kirish mumkin bo’lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir SHKdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati.Fayl-serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarini sanab o’tamiz: 1. Shaxsiy va umumiy foydalanuvchi ma’lumotlarni faylli serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois ham umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini ko’rib chiqish, o’qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidaga ma’lumotlar ko’p tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma’lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan mahsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali o’rnatilgan chegara doirasida bo’ladi. 7. Ko’pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo’ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: u yagona nusxada fayl-server diskida bo’ladi. Shuni qayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. Ko’pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo’lgan dasturli vositaga avvalo matn va grafik tahrirlovchi, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Ko’rsatilgan imkoniyatlar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin: ishchi stansiyalar-ning lokal diskni dasturlangan vositalarini saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operasion tizim himoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli mahsulotlarni ishlashga layoqatli ahvolda ushlab turishni va ularni yangilashni soddalash-tirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi. 8. Tarmoqning barcha SHKlari o’rtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar o’rtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta’minlanadi. 9.Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta’minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi; kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati; dasturli mahsulotlar sifatida bosishini amalga oshirish. 10.O’quvchilar va o’qituvchilar SHKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo’llash hisobiga o’quv jarayonlarini uslubiy takomillashtirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilarni amalga oshirish mumkin: o’qituvchi SHKda bajariladigan ishlarni o’quvchilar SHKda ko’rsatish; o’qituvchining SHK monitorida o’quvchilar SHKlari ekranlarini aks ettirish orqali o’quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish. 11. Global tarmoqning yagona kommunikasiya uzeli bo’lganda lokal tarmoqning har qanday SHKdan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash. Download 175.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling