Turli tipdagi maydonlardan har xil maqsadda foydalaniladi va ular turli xususiyatlarga egadir.
Matnli maydonning asosiy xususiyati uning xajmidir.
Raqamli maydon raqamli ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat kiladi. U ham o’lchamga ega, lekin raqamli maydonlar har xil bo’ladi, masalan, butun va xaqiqiy sonlarni kiritish uchun. Oxirgi holatda maydon o’lchamidan tashqari sonning o’nlik qismini o’lchami ham bo’ladi.
Vaqt yoki sanani kiritish uchun maydonlar sana\vaqt ko’rinishiga egadir. Ikki xil qiymatga ega bo’lgan logik ma’lumotlarni kiritish uchun esa (Xa yoki Yo’q, 0 yoki 1 va h.k.) ma’sus tip— logik maydon ‘izmat qiladi. Bunday maydonning o’lchami 1 baytga teng, chunki logik qiymatni ifodalash uchun bu yetarlidir.
Maydonning Pullik deb nomlangan tipi aloxida axamiyat kasb etadi. Unda qanday ma’lumotlar saqlanishi nomidan ayondir. Pul summalarini raqamli maydonda ham saqlasa bo’ladi, lekin pullik formatda ular bilan ishlash qulayroqdir. Bu holatda kompyuter sonlarni pul birliklari bilan birga tasvirlaydi, so’m va tiyinlarni, funt va penslarni, dollar va sentlarni ajratadi, xullas, ular bilan nozik muomala qiladi.
Zamonaviy MB o’zida faqat raqam va harflarnigina emas, balki surat, musiqali klip va videoyozuvlarni saqlash mumkin. Bunday obektlar uchun mo’ljallangan maydon — OLE obyekti maydoni deb ataladi.
Matnli maydon o’lchamining chegaralanganligi (256 simvoldan ortiq emas) — uning kamchiligidir. Agar maydonga uzun matn kiritish lozim bo’lsa, o’zida 65535 ramziy belgi saqlovchi MEMO tipidagi maydondan foydalaniladi. MEMO maydonining afzaligi— ma’lumotlar maydonda emas, boshqa joyda saqlanadi, maydonda esa matn manzilini ko’rsatuvchi ma’lumot joylashgan.
Xisoblagich — qiziqarli maydondir. Bir ko’rinishda bu maydon oddiy raqamli maydonga o’shaydi, ammo u avtomatik o’sib borish ‘ususiyatiga egadir. Agar bazada shunday maydon bo’lsa, unga yangi yozuv kiritilganda, oldingi yozuvga nisbatan bir birlikka yuqoriroq son avtomatik ravishda kiritiladi. Bu maydon yozuvlarni nomerlashda qulay.
Kuyida maydonlarning alohida ‘ususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Maydonlar ma’lumotlar bazasida a’borot birliklarini saqlash uchun ishlatiladi.
Maydon nomi
Maydon nomi harf, raqam va tagiga chizish belgisi (_) dan tashkil topishi mumkin. Birinchi belgi har doim harf bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |