Referat mavzu: Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimlari Samarqand 2020 Ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimlari


Download 29.35 Kb.
bet4/10
Sana02.01.2022
Hajmi29.35 Kb.
#194984
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ma’lumotlar bazasini boshkarish tizimlari

Oddiy ma’lumotlar bazalari

Oddiy bazalarni maxsus dasturiy vositalarsiz ham tuzish mumkin. Fayl ma’lumotlar bazasi bo’lishi uchun undagi axborot struktura maydonga ega bo’lish lozim va shunday formatlangan bo’lishi kerakki qo’shni maydonlarning tarkibi oson ajralib turishi lozim. Oddiy bazalarni Bloknot kabi matnli redaktorda xam hosil kilish mumkin, ya’ni oddiy matnli fayl ma’sus formatlanganda ma’lumot bazasi bo’la oladi.



Matnli ma’lumotlar bazalarini ikki xil formatlash mumkin:

1) berilgan ajratuvchi bilan;

2) fiksasiyalangan maydon uzunligi bilan.


  • Bunday matnli MB bazasi soddaligiga qaramasdan Mbni boshqarish tizimlari bunday fayllarni import qilish va ularni "‘aqiqiy" MB ga aylantirish imkonini beradi. Agar tashkilotda MB boshqarish tizimsi yo’q bo’lsa, ma’lumotlarni matnli fayllarda saqlash mumkin, keyinchalik esa bunday tizim paydo bo’lganda, ma’lumotlar yo’qolmaydi va ularni muvoffaqiyat bilan import qilish mumkin.

Maydonlar

MB strukturasining asosiy elementlari — bu maydonlardir. Ular bir qancha xususiyatlarga ega. Maydonga qanday axborot kiritish mumkin va undagi axborot bilan qanday vazifa bajara olish mumkinligi maydon xususiyatlariga bogliq.



  • Masalan, NAR’ maydonida joylashgan ma’lumotlarni qo’shish yo’li bilan ma’lum bir natija olishimiz mumkin. Lekin TELEFON NOMERI deb nomlangan maydondagi ma’lumotlarni (telefon nomerlari rakam bilan yozilgan bo’lsa ham) qo’shish mumkin emas. Demak bu maydonlar turli xususiyatlarga ega va har xil tiplarga taaluqlidir.

Xar qanday maydonning asosiy xususiyati bo’lib uning uzunligi hisoblanadi. Maydon uzunligi ramziy belgilar bilan ifodalanadi. Maydonga qancha ma’lumot joylashishi uning uzunligiga bogliq. Ramziy belgilar bitta yoki ikkita baytlar bilan kodlanadi, shuning uchun shartli ravshda maydon uzunligini baytlarda o’lchash mumkin. Maydonning noyob xususiyatlaridan biri — uning nomidir. Bitta ma’lumot bazasi bir xil nomdagi ikki maydonga ega bo’la olmaydi, chunki kompyuter ularning tarkibidan adashib ketadi. Ammo maydonning nomidan tashqari — imzo deb nomlangan yana bir xususiyati bor. Imzo — ustunning sarlavxasini ifodalovchi a’borotdir. Agar imzo berilmagan bo’lsa ‘am, uni maydon nomi bilan almashtirmaslik lozim. Turli maydonlarga, masalan, bir xil imzo berish mumkin. Bu kompyuterni ishiga xalaqit bermaydi, chunki maydonlar turli nomlarga ega bo’lib qolmoqda.


Download 29.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling