Referat mavzu: Ma`lumotlar bazasini shakillantirishda texnalogiyalar va perspektivalari Fan nomi: Ma`lumotlar bazasi


Download 22.3 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi22.3 Kb.
#1829252
TuriReferat

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI NURAFSHON FILIALI

REFERAT
MAVZU:Ma`lumotlar bazasini shakillantirishda texnalogiyalar va perspektivalari
Fan nomi: Ma`lumotlar bazasi
Bajardi: Abzoilov Fazliddinxo`ja
Tekshirdi: Yusupov Dilmurod
Mavzu: Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnologiyalar perspektivalari


Reja:

Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.

Ma’lumotlar bazasining modellari turlari.

Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi

MBBT funksional imkoniyatlari.


Kirish
Hozirgi kunda inson xayotida MBda kеrakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muxim rol o’ynaydi. Sababi jamiyat taraqqiyotining qaysi jabxasiga nazar solmaylik ozimizga kеrakli ma'lumotlarni olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MB ni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Ma'lumki, MB tushunchasi fanga kirib kеlgunga qadar, ma'lumotlardan turli ko’rinnshda fondalanish juda qiyin edi. Dastur tzuvchilar ma'lumotlarni shunday tashkil qilar edilarki u faqat karalayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi.
Har bir yangi masalani xal qilishda Ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu xol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Biz foydalanadigan axborot hajmi kattalashib borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi. Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog’idagi qidiruv saytlari biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan birga topib beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar toplamidan iborat elektron axborot tizimlari bizning sorovga mos hujjatlarni bir lahzada topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (keyingi orinlarda BBBT) orqali amalga oshiriladi. BBBT uchun kop dasturiy ta‟minotlar ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, MS Access va h.k.

1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.


Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bolib, ularning ichiga matn, son, tasvir, audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada kiritiladi, ovoz kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli kamera, video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda kompyuterning xotirasiga saqlanadi.
Ma’lumotlar deb, ma’lum bir shaklda qayd qilingan, qayta ishlash, saklash va uzatish uchun yaroqli xabarga aytiladi.
Ma’lumotlar bazasi deb, kompyuter xotirasida saqlanadigan bir-biriga bog’liq bo’lgan bir predmet sohadagi ma’lumotlarning to’plamidir. Ushbu ta’rifdan quyidagi xulosalar kelib chikadi.
Kompyuterlar axborotlarni ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning ma’lumotlar bazasi deganda, oquv xonalari, oquv fanlari, oquv soatlari, oqituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni oz ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim. Kompyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini Kompyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Kompyuterning asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD) da saqlanadi. Keyin esa kompyuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma’lumotni chop etish uchun printerga yuboradi. Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan keyin ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta’minoti yordamida diskning magnit yolagida kodirovka qilinadi. Ushbu dastur ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma’lumotlarni qoshish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni ochirish, ma’lumotlar bazasi boyicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin boladi. Bu dasturning yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan.
O’zaro bog’langan to’plamni tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to’ldirilishi, o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.



Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tushunchalari o‘rtasidagi farq


САИД МАМУРОВ
53839
05.04.2016 07:37
Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) tushunchalari o‘rtasidagi farq

Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.

Bu maqolada ma’lumotlar bazasiga oid juda kerakli va ko‘pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT).

Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.

Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi:

So‘rov berish:

SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi

natija olish:

Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob

Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:

— Oracle;

— MySQL;

— Microsoft Office Access;

— MariaDB;

— Microsoft SQL Server;



Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT hisoblanadi.

Ma’lumotlar bazasi MBBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma’lumotlar bazasi sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to‘g‘ri bo‘ladi.
Download 22.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling