Referat mavzu: Ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi. Ms access 2019 Bajardi: Tekshirdi


Download 0.53 Mb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1461615
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
REFERAT

Ma‘lumotlar bazasi. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma‘lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma‘lumotlarni olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz.
Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma‘lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma‘lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda.
Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugo’ngi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma‘lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma‘lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgo’nga qadar, ma‘lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi.
Dastur tuzuvchilar ma‘lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala ucho’ngina o‘rinli bo‘lardi.
Ma‘lumotlar bazasi – bu ma‘lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma‘lumotlarning nomlangan to‘plamidir.
Ma‘lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‘lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma‘lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling