Referat mavzu: Markaziy Osiyo Chig‘atoy ulusi tarkibida Topshirdi: Komiljonov Komiljon Qabul qildi: Xudoyorov Ahmadjon


Chingiziylar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar


Download 92 Kb.
bet3/4
Sana24.02.2023
Hajmi92 Kb.
#1226702
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyo Chig‘atoy ulusi tarkibida

Chingiziylar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar. 1227 yilda Chingizxon vafot etganidan so‘ng uning davlati quyidagi to‘rtta ulusga bo‘lindi:

  1. Jo‘jiylar (Jo‘ji avlodi) – Dashti Qipchoq.

  2. Chig‘atoiylar (Chig‘atoy avlodi) – Yettisuv, Movarounnahr, Sharqiy Turkiston.

  3. Xulagiylar (Tuluxonning o‘g‘li Xulagu avlodi) – Eron.

  4. Yuan dinastiyasi (Tuluxon avlodi) – Mug‘iliston va Xitoy.

Ushbu to‘rt sulolaning tarixiy taqdiri turlicha kechdi. Xitoyda hukmronlik qilgan Tuluxon avlodlari (Yuan sulolasi) xitoylashib ketadi. Ular Xitoyda 1368 yilgacha hukmronlik qilgan bo‘lsalar, Mug‘ulistonda XVII asrgacha hokimiyatni boshqaradilar. So‘nggi xulagiy hukmdori Abu Said 1335 yilda vafot etgach, Erondagi Xulagiylar davlati 1336-1353 yillarda inqirozga uchraydi.
Chig‘atoiylar sulolasi XVII asr oxirlarigacha mavjud edi. Jo‘jixonlar avlodi Dashti Qipchoq va boshqa hududlarda XIX asr o‘rtalariga qadar mavjud edi. Butun hukmronlik davrida ular o‘rtasidagi o‘zaro urushlar deyarli to‘xtamadi.
Chingizxonning qudratli davlat barpo etish jarayonidayoq yirik mug‘ul zodagonlari, harbiylari o‘rtasida ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan yunalish paydo bo‘ladi. Bu yo‘nalishlarning birinchisi – xon hokimiyati, davlatning markazlashuv jarayonlari, bosib olingan xalqlar, ularning iqtisodiyoti, madaniyati va diniga bo‘lgan ijobiy munosabatlardan iborat edi.
Bu yo‘nalish tarafdorlari musulmonlar va karvon savdosi tashkilotchilari homiysi Ugedey (1229-1241 yy.), soliqlarni tartibga solib, shaharlar qurilishi va o‘troqlashuv jarayonlariga katta ahamiyat bergan Kebekxon (1318-1326 yy.) edi.
XIII asr oxirlariga qadar, reaksion, birinchi yo‘nalishga o‘ta dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan ikkinchi yo‘nalish ham kuchli bo‘lib, ularni mug‘ul harbiy – ko‘chmanchi zodagonlarining katta qismi qo‘llab-quvvatlar edi. Mug‘ul an’analari va urf-odatlarga sodiqligini saqlagan bu ko‘chmanchi zodagonlar o‘troq turmush tarziga va mahalliy aholiga dushmanlik kayfiyati bilan qarar edilar. Ular bosib olingan xalqlar mahalliy zodagonlar bilan yaqinlashishni xohlamay, o‘troq aholiga nisbatan talan-taroj obyekti sifatida qarardilar. Ular shaharlar va qal’alarni mug‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon markazlari deb bilardilar va ularni vayron etardilar. Shuningdek ular islom va mahalliy madaniyatlarning dushmanlari edilar.
XIII asrning o‘rtalariga kelib bu ikki siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kurash ancha susaydi. Chunki, barcha mug‘ul zodagonlari keng ko‘lamda davom etayotgan bosqinchilik urushlariga faol ishtirok etib, bosib olingan xalqdarning boshqaruviga deyarli aralashmay qo‘ydilar. XIII asr 60-yillari oxirlarida yagona mug‘ul imperiyasi bir nechta mug‘ul davlatlariga bo‘linib ketishi natijasida Chig‘atoy ulusi tashkil topadi va Chig‘atoy zodagonlari o‘rtasida siyosiy kurash avj oladi. Dastlabki ikkita Chig‘atoy xoni – Muborakxon va Baroqxon Movarounnahrga yaqinlashishga harakat qildilar.
Muborakxon bir nechta mug‘ul qabilalari (jaloyirlar, saroylar, barloslar va boshq.) bilan Yettasuvdan Angren daryosi vohasiga ko‘chib o‘tadi va 1266 yilda shu yerda xon qilib saylanadi. Baroqxon esa Chag‘aniyonda (Surxon vohasi) o‘z mulkiga ega edi.
Movarounnahrda olib borilayotgan siyosat ko‘chmanchi mug‘ul zodagonlarining qattiq qarshiligiga uchraydi. 1269 yilda Xayduxon Talas vodiysida mug‘ul shahzodalari va nuyonlarining qurultoyini to‘pladi. Bu qurultoyda qabul qilingan qarorlar o‘zaro kelishuv xususiyatiga ega bo‘ldi. Rashididdinning ma’lumotlariga ko‘ra, qurultoy qatnashchilari o‘zaro kelishib, “bundan buyon tog‘larda va dashtlarda yashashga, shaharlar atrofida turib qolmaslikka, ekin ekilgan yerlarga chorva boqmaslikka, asoslanmagan soliqlar solmaslikka”qaror qildilar.
Muborakxon va Baroqxondan so‘ng salkam yarim asr davomida Chig‘atoy xonlari Movarounnahrda o‘z qarorgohlarini bunyod etishga harakat qilmadilar. Ularning qarorgohlari Yettisuvda edi. Ko‘chmanchi mug‘ullarining Yettisuvga ko‘plab kirib kelishi, shuningdek, mug‘ul ko‘chmanchi zodagonlarining mahalliy o‘troq aholi manfaatlarini mensimasligi XIII asrning oxirlariga kelib butun Yettisuv hududlarining yaylovlarga aylanishiga olib keldi. Shuningdek, I. V. Petrushevshskiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1273 yilgi Buxoroni vayron etib, o‘t qo‘yilishiga xulagiylar va chig‘atoiylar mug‘ullari birgalikda ishtirok etganlar.
XIV asrning boshlarida Chig‘atoy xonlari yana madaniy rayonlar bilan barcha aloqalarni tiklashga, ular boshqaruvini qo‘llariga olishga, davlatni markazlashtirishga harakat qila boshladilar. Xonlarning bu siyosati qishloq va shahar aholisi tamonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. Ammo, 1316-1319 yillar davomida ko‘chmanchilik turmush tarzi va boshqa urushlar tarafdori bo‘lgan Chig‘atoy shahzodasi Yasovur (xon Yasu Munkaning o‘g‘li) Movarounnahr va Xurosonda qirg‘inbarot urushlar olib bordi. Yasovur olib borgan urushlar natijasida o‘troq aholi ko‘plab aziyat chekdi, xo‘rlandi. Ko‘plab ekin maydonlari payhon qilinib, qishloqlar, qal’alar, shaharlar vayron etildi. 1319 yil iyul oyida Kebekxon va Hirot hokimi Malik G‘iyosiddinning birlashgan qo‘shinlari Yasovur qo‘shinlarini tor-mor etdi. Yasovur esa o‘ldirildi.
1326-1334 yillarda hokimiyatni boshqargan Oloviddin Tarmashirin o‘troq hayot an’analarini qattiq turib himoya qiladi. Tarmashirin siyosatidan norozi bo‘lgan ko‘chmanchi mug‘ul zodagonlari 1334 yilda isyon ko‘tarib uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hokimiyat tepasida bo‘lgan Changshi (1334 y.), Bo‘zan (1334-1338 yy.), Eson Temur (1338-1342 yy.), Muhammad (1342-1343 yy.) lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmadi. Aksincha, mahalliy qabilalar hokimiyati, urug‘ boshliqlarining ta’siri bu paytga kelib yanada kuchayadi va Chig‘atoy hukmdorlari hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi.

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling