Referat mavzu: Marketing rejasi Bajardi: ik 419 guruhi talabasi – Ismoilov Shoxrux Marketing rejasi
Download 28.01 Kb.
|
Referat mavzu Marketing va uning nazariy asoslari Bajardi 102
Marketing turlari
Marketingning aniq shakllari va mazmuni korxona faoliyati xususiyatlaridan, uning ichki imkoniyatlari va tashqi shartsharoitlaridan kelib chiqadi. Bu yerda marketing va boshqa hamma oraliq faoliyat turlarining qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yo'naltiriladigan jarayonga birlashishi sodir bo'ladi, bu esa o'z navbatida turli xil marketing turlarining harakatlanishini belgilab beradi. Amerikalik iqtisodchi F. Kotler o'zining mashhur “Marketing bo'yicha boshqaruv” qo'llanmasida marketing turlarining tasnifini bergan. Marketing turlari; Talab holati - salbiy talab, talab yo'q, mumkin bo'lgan marketing, o’zgaruvchan talab, to'liq talab, ortiqcha talab, maqbul bo'lmagan talab. Marketing vazifasi - talabni yaratish, talabni rag'batlantirish, talabni oshirish, talabni muvozanatlash, talabni qo'llash, talabni kamaytirish, talabni tugatish. Marketing turi - Konversion marketing, Rag'batlantiruvchi marketing, Remarketing, Sinxromarketing, Qo'llovchi marketing, Demarketing, Qarshilik qiluvchi marketing. Marketing strategiyasi jamiyat va korxona jamoasining uzviy manfaatlari ishlab chiqarish samaradorligi masalalarini hal qilishga xizmat qilish kerak. . Marketing strategiyasini bilish “marketingni boshqarish” tushunchasiga ta'rif berishga imkon yaratadi. Marketingni boshqarish - bu ishlab chiqarish va bozorni foyda olish, savdo hajmini oshirish, bozordagi hissasini oshirish maqsadida xaridorlar bilan foydali ayirboshlashni ta'minlash, mustahkamlash maqsadida o'rganish va tahlil etishdir. Marketingni boshqarish vazifalari jumlasiga talab darajasi, vaqti va xususiyatiga tashkilot oldida tutgan maqsadga erishish uchun yordam berish niyatida ta'sir etish ham kiradi. Boshqacha qilib aytganda marketingni boshqarish - bu talabni boshqarishdir. Haqiqiy talab darajasi istalgandan past yoki yuqori bo'lishi mumkin. Bunday holat bilan marketing bo'yicha boshqaruvchi duch kelishi mumkin. Marketing bo'yicha boshqaruvchi - tashkilotning marketing vaziyatini tahlil qilish, belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi va nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi xodimidir. Download 28.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling