Referat mavzu: Mavhumlik va tavakkalchilik Qabul qildi: Bajardi: Ochilov Mirjalol


Download 195.79 Kb.
bet2/3
Sana30.01.2023
Hajmi195.79 Kb.
#1140669
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
макро рефкрат таваккалчилик

Siyosiy iqtisodiyot
Aytib o‘tilganiday, bozorni hukumat ta’sirisiz qoldirish har doim ham qoniqarli resurs taqsimotiga olib kelmaydi. Biz bozor natijalarini nohaq yoki samarasiz deb baho berganimizdagina, hukumatning aralashishi va vaziyatni yaxshilashi o‘rinli bo‘lishi mumkin. Faol hukumat tarafdori bo‘lishdan oldin, biz uning nomukammal tashkilot ekanligini yodda tutishimiz lozim. Siyosiy iqtisodiyot esa shu hukumatning qanday ishlashini iqtisodiy metodlar orqali o‘rganadi.

Kondorset ovoz berish paradoksi



Ko‘pgina yetakchi jamiyatlar demokratik asoslarga tayanib siyosatni olib borishadi. Masalan, shahar ikki joydan qaysi biriga park qurishni tanlaydigan bo‘lsa, park eng ko‘p ovoz olgan joyda shu quriladi. Shunga qaramay, ko‘pgina siyosiy muammolarning yechimi 2 tadan ko‘p bo‘ladi va park qurish muammosiga to‘grilaydigan bo‘lsak, qurish mumkin bo‘lgan joylar juda ko‘p bo‘ladi. Bu holatda, 18-asrning mashxur siyosat nazariyachisi Markis de Kondorset aytib o‘tganiday, demokratiya ba’zida eng ma’qul natijaga erishaman, deb muammolarga yuz tutishi mumkin.
Masalan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 3 xil natija bor: A, B va C, yana jadvalda ko‘rsatilganiday, o‘z afzalliklariga ega bo‘lgan 3 xil ovoz beruvchilar bor. Bizning shahar hokimi shu uch kishining afzalliklarini butun jamiyat afzalligi sifatida ko‘rib chiqmoqchi. U nima qilishi kerak?
Birinchi bo‘lib u juft natijalarni ovozga qo‘yishi mumkin. Agar u B va C ni ovozga qo‘ysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikka ega. Agar u A va C ni ovozga qo‘ysa va 1 va 3, A ga ovoz bersa, A ustunlikka ega. Natijalarga nazar tashlansa, A Bdan ustun, B esa C dan ustun, demak, A aniq ovoz beruvchilarning ustunlikga ega bo‘lgan hohishi.
Lekin, tasavur qilingki keyinchalik hokim ovoz beruchilardan A yoki C ni tanlashni so‘rasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishsa, C bu holatda ustunlikka ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C dan ustun, C esa A dan ustun. Odatda biz afzalliklarning ketma-ket (transitivity) turishini kutamiz, masalan: A B dan ustun, B esa C dan ustun, va ikkisi A ning C dan ustunligini ko‘rsatadi. Kondorset paradoksi esa aynan shu hususiyatlarni demokratik yo‘l bilan qabul qilingan naijalarda har doim ham kuzatilmaydi deb takidlaydi. Juftlik bilan berilgan ovozlar ba’zi hollarda jamiyat uchun ketma-ketlikda tuzulgan afzalliklarni kelib chiqaradi, ammo bizning holatimizda bu noto‘g‘ri yo‘ldir.
Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikning tuzilishi, berilgan ovozlar natijasiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Agar hokim birinchi bo‘lib ovozga A va B ni qo‘ysa va keyin yutganini C bilan ovozga qo‘ysa, C g‘olib chiqadi. Ammo birinchi bo‘lib B va C ovozga qo‘yilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga ovoz berishga qo‘ysa, A yutadi. Va shunga o‘xshash hollar, birinchi A va C, keyin esa B bo‘lsa, shahar B ni tanlaydi.
Kondorset paradoksi ikki xulosaga ega. Birinchisi, muammo ikkidan ortiq natijaga ega bo‘lsa, ketma-ketlikning qay tarzda tuzilishi demokratik ovoz berishning yakuniy natijasiga katta ta’siri bor. Ikkinchisi esa, o‘zi ovoz beruvchilarning asosiy qismi(ko‘pchilik) bizga jamiyatni rostdan nimani istashini aytib bermaydi.


JADVAL

3 tur

2 tur

1 tur

Kondorset paradoksi

Saylovlar foizi
Birinchi tanlov
Ikkinchi tanlov
Uchinchi tanlov

kondorset paradoksi Agar ovoz beruvchilarda A, B va C chiquvchilar ustidan shunday ufzalliklarga ega bo’lsa, unda A Bdan ustun keladi, B, Cdan ustun keladi va C , A dan ustun keladi.

Arrovning imkonsizlik teoremasi



Siyosatchilar Kondorset paradoksini bilishganidan so‘ng, mavjud ovoz berish sistemasi va ularning yangilarini o‘ylab topish ustida ko‘pgina tadqiqot ishlarini olib borishdi. Masalan, hokim juft natijalarni tanlash usuli o‘rniga natijaga baho
usulini qo‘llasa bo‘ladi. Bu usulda, har bir ovoz beruvchi eng yoqmagan natijasiga 1 ball beradi, eng yoqmaganidan bitta oldin turadiganga 2 ball, undan yana bitta oldin turadiganga 3 ball va davom etaveradi. Ovoz berish yakunida jami eng ko‘p ball yig‘gan natija yutib chiqadi. Jadvalda ko‘rsatilganiday, B ballar hisobi bilan eng ma’qul natija deb topiladi. Bunday ovoz berish usuli 18 asrda yashagan fransuz matematigi va siyosiy teoretigi Bordaga tegishli bo‘lib, “Borda sanog‘i” deb ataladi. Bu usul odatda sport komandalariga ovoz berishda qo‘llanadi.
1951-yil ingliz iqtisodchisi Kenet Arrov, “mukammal ovoz berish usuli mavjudmi?” degan savolni o‘zining “Ijtimoiy tanlov va individuallarning qadriyatlari” kitobida yozib o‘tgan. Kitob Arrovning mukammal ovoz berish usuli qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi fikri bilan boshlangan. U individuallarning jamiyatda ustunlikka ega bo‘lgan afzalliklari bor deb faraz qiladi. Va u jamiyatni ovoz berish usuli bilan bir necha shartlarni qondirishi kerakligini faraz qiladi:
Yakdillik: barcha A ni B dan ustun ko‘rsa, A B ni yutishi.
Ketma-Ketlik: A Bdan ustun, B Cdan ustun, va A C dan ustun bo‘lishi.
Bog‘liq bo‘lmagan alternativlarning erkinligi: Baho berishda, A va B ning tanlovi, uchinchi (C) natija borligiga bog‘liq bo‘lmasligi zarur.
Diktatorlarning bo‘lmasligi: boshqalar xohish istagiga ta’sir ko‘rsata oladigan odam bo‘lmasligi zarur.
Yuqoridagilarning barchasi istalgan shartlardek tuyuladi. Lekin Arrov, matematik va rad qilib bo‘lmaydigan yo‘llar bilan bunday shartlarning barchasini qondiradigan ovoz berish usuli mavjud emasligini isbotlab beradi. Bu xulosa Arrovning imkonsizlik teoremasi” deb ataladi.
Matematiklar Arrovning teoremasini isbotlashlari bu kitob mavzusidan chetroq, lekin biz teorema nima uchun to‘g‘riligini bir nechta misollar orqali ko‘rishimiz mumkin. Biz ko‘pchilik qoidasi muammosini ko‘rdik va Kondorsetning paradoksi bu qoidaning noto‘g‘ri ekanligini natijalar orasida ketma-ketlik yo‘qligi bilan ko‘rsatdi.
Yana bir misol, Borda muvafaqqiyatsizliklarni, erkin bog‘liq bo‘lmagan alternativlarni qondirish uchun deb biladi. Bordaning usuli qo‘llanganida, B ni 1 jadvalda yutib chiqishini ko‘ramiz. Lekin, faraz qiling, C alternativ sifatida birdan yo‘q bo‘lib qoladi. Shunda Borda usulida sanalsa yana bir alternativi mavjud bo‘lmagan A va B ni solishtiradi, va bu holda A yutib chiqadi. Shuning uchun ham C ning olib tashlanishi baholashga tasir ko‘rsatadi. Buning sababi, baholash usulida qanchalik ko‘p alternativlar bo‘lsa, ular yig‘gan ballar ham shuncha katta bo‘ladi.
Arrovning imkonsizlik teoremasi juda chuqur va chigal natijadir. Unda demokratiyaning, hukumat tuzulishi sifatida yomonligi yozilmagan. Ammo teoremada individuallarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda qilinadigan barcha ovoz berish sistemalari, noto‘g‘ri jamiyat mehanizmi deb ta’kidlanadi.

O‘rtacha ovoz beruvchi qirol



Arrovning teoremasiga qaramasdan, ovoz berish ko‘pchilik jamiyatlarda o‘z yurtboshini tanlashda, muhim qonunlarni qabul qilishda ishlatiladi. Hukumatning o‘rganib chiqishdagi keyingi qadam, bu hukumatni ko‘pchilik boshqaruvining ko‘rib chiqishdir. Demokratik jamiyatda qonunlarni kim qabul qiladi? Ba’zi hollarda demokratik boshqaruv bu savolga juda oddiy javob beradi.
Faraz qiling, jamiyat armiyaga yoki parklarga o‘xshash ijtimoiy ishga pul ajratishga qaror qildi. Har bir ovoz beruvchining o‘ziga yarasha mablag‘i mavjud va u natijalar orasidan o‘ziga eng ma’qul bo‘lgan natijani tanlaydi. Va shu tariqa biz ovoz beruvchilarni katta va kam mablag‘ ajratuvchilarga bo‘lsak bo‘ladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 0 dan 20 milliard orasida mablag‘ ajrata olishi tasvirlangan. Berilgan afzalliklar bo‘yicha demokratiya qanday natijani ko‘rsatadi?
Mashxur tadqiqot natijasi o‘rta ovoz beruvchi teoremasiga asosan, chiqariladigan qonunlarni asosiy qismi aynan shu mablag‘ ajratuvchilarning o‘rta mablag‘ ajratadigan ovoz beruchilariga tegishli bo‘ladi. Ular o‘rta ovoz beruchi taqsimotning qoq o‘rtasida joylashgan bo‘lishadi. Olgan misolimizda taqsimot oxiri yoki boshidan 50 ta ovoz beruvchini sanab ko‘ring. Siz ularning 10 milliard dollar ajratishayotganini ko‘rasiz. Aksincha, taqsimotni hisoblab chiqsak o‘rta arifmetik qiymati 9 milliard dollarga tengligini va taqsimotda eng ko‘p uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir.
O‘rta ovoz beruvchi ustunlikka ega, chunki ular ustunlikka egalik qilishni ikki tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd dan ortiq mablag‘lilar va 10 mlrd. dan kamini xohlovchilar. Agar kimdir 10 mlrd. o‘rniga 8mlrdni tanlasa, qolgan 10 mlrd. dan ortiq bermoqchi bo‘lganlar 10 mlrd. ga tushishadi va o‘rta ovoz beruvchi bo‘ladi. 2) Aksincha kimdir 12 mlrdni taklif qilsa, qolgan 10 mlrd.dan kam bermoqchi bo‘lganlar 10 mlrd.ga ko‘tarilishadi. Bularning ikkisida ham ko‘rib chiqqanimizday o‘rta ovoz beruvchilar ko‘pchilikni tashkil qilishadi.


Budjetnning tasdiqlangan miqdori (milliardda)

O’rtacha ovoz beruvchi teoremasi: misol uchun
Bu rasm qay darajada 100 saylovchining afzal budjetlarini 5 varianti orasida taqsimlanishini ko’rsatadi, 0 dan 20 mlrd. $ oralig‘ida o’zgartiradi. Agar jamiyat ko’pchilik saylovchi o’rtasida tanlov qilsa (kimki bu yerda 10 mlrd. $ni afzal ko’rgan) ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini belgilab beradi.

Odamlar soni

Rasm

Kondorset ovoz berish paradoksi haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, yuqoridagi holatda har bir odam bir paytda qatorda o‘zining ajrata oladigan mablag‘iga ega va bu paradoksni keltirib chiqarmaydi. O‘rta ovoz beruvchining eng yoqtirgan natijasi qolganlarnikidan ustun.


Bu teoremaning bir tomoni mavjuddir. Masalan, hukumatda ikkita siyosiy partiya o‘rta ovoz beruvchilarni ular tomondagi sonini ko‘paytirishga intilganida sodir bo‘ladi. Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi misolida oladigan bo‘lsak, Demokratlar 15 mlrd.liklar tarafdori bo‘lib chiqdi, Respublikachilar 10 mlrd.liklarni tarafdori bo‘lib chiqdi. Yuqorida ko‘rganimizday, o‘rta ovoz beruvchilar (10mlrd) ko‘pchilikni tashkil qilishdi va Demokratlar o‘zining 15 mlrd.ni 10 mlrd.ga tushiradi. Hayotda ham huddi shunday, siyosiy partiyalar o‘rtahol aholini tarafini olishga harakat qilishadi.
Yana bir holat mavjuddir. Unda, ovoz beruvchilarning ikki xili mavjud. Masalan, pulni park qurishga sarflashni hohlovchilar 40%, va pulni umuman sarflanishini hohlamaganlar 60%. Bu holatda, o‘rta ovoz beruvchilar mavjud emas. Demokratiyada ham shunday, kompaniyasiga kelish o‘rniga, ko‘pchilik qoidasi qollaniladi va o‘rta ovoz beruvchilar har doimgiday o‘zi istaganiga erishishadi. Siyosatchilar ham odamlar Iqtisodisodchilar iste’molchilar xulqini o‘rganganida, ular haridor o‘ziga eng katta naflilik darajasini beradigan tovar yoki hizmat turini tanlaydi, deb faraz qilishadi. Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini o‘rganadigan bo‘lsa, u firmalarni eng katta daromad olib keladigan xizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi, deb faraz qiladi. Nima deb o‘ylaysiz, iqtisodisodchilar siyosat bilan ishlaydigan odamlarni qanday qilib o‘rganishadi?
Siyosatchilar ham o‘z maqsadlariga ega. Siyosatchilar xalqning faravonligi va tinchligini o‘ylab yashashadi va tenglikka harakat qilishadi, deb faraz qisak yaxshi bo‘lardi. Yaxshi bo‘lardi-yu, ammo haqiqatga yaqin emas. Haridorlar va firmalar kabi siyosatchilar uchun o‘zining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar yana bir bor saylanish umidida xalqqa jon kuydirib harakat qiladi. Ba’zi bir siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab nafsdir. Agarda bunga qarshi bo‘lsangiz, dunyoning qashshoq davlatlariga nazar tashlang va u yerda korrupsiyaning oddiy holga aylanib qolganini ko‘rasiz.
Bu kitob siyosiy nazariyalarni o‘rganib chiqmaydi, ammo shuni aytib o‘tish kerakki, barcha qonunlar odamlar tomonidan qabul qilinadi va ularning barchasi ham jamiyatni o‘ylab qabul qilinmagan bo‘lishi mumkin.


Download 195.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling