Referat mavzu: Mavhumlik va tavakkalchilik Qabul qildi: Bajardi: Ochilov Mirjalol


Download 195.79 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2023
Hajmi195.79 Kb.
#1140669
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
макро рефкрат таваккалчилик

Hulq- atvor iqtisodiyoti

Iqtosdiyot odamning xatti-harakatini o‘rganadi, lekin bu o‘sha tasdiqni qiluvchi yagona soha emas. Ijtimoiy fan psixologiyasi odamlar hayotlarida qiladigan tanlovlarga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot va psixologiya sohalari odatda mustaqil ravishda davom etadi, chunki ular turli savollar doirasiga o‘z e’tiborlarini qaratishgan. Lekin oxirgi paytda iqtisodchilar asosiy psixologik qarashlarni, tushuntirayotgan hulq-atvor iqtisodiyoti deb ataluvchi soha paydo bo‘ldi. Keling ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.


Odamlar har doim ham ratsional emaslar

Iqtisodiy nazariya odamlarni ma’lum xususiyatiga qarab joylashtiradi, ba’zida u “Homo ekonomicus” deb ataladi. Bu tur a’zolari har doim ratsionaldir. Firma menejeri sifatida foydani, iste’molchi sifatida naflilikni maksimallashtiradi. Ular duch keladigan to‘siqlarni inobatga olib, ratsonal ravishda barcha daromadlarni va xarajatlarni taqqoslaydi va har doim eng munosib yo‘lni tanlaydilar.


Haqiqiy insonlar Homo sapienslardir. Garchi ular ko‘p jihatdan ratsional insonga o‘xshasa ham, iqtisodiy nazariyadagi tejamkor insonlar ancha murakkab hisoblanadi. Ular ta’sirchan, sarosimaga tushuvchi, emotsional va kaltabin bo‘lishadi. Odam fikr yuritishidagi bu kamchiliklar psixologlar uchun asos bo‘lib hisoblangan lekin yaqingacha ularga e’tibor berishmagan.
Iqtisodiyot va psixologiya chegaralarini birinchilardan bo‘lib o‘rgangan Gerbert Simon odamlarga ratsional maksimalistlar sifatida emas, balki qoniquvchilar sifatida qarashni taklif qilgan. Har doim eng yaxshi yo‘nalishni tanlagandan ko‘ra, ular shunchaki yaxshi bo‘lgan qarorni qabul qilishadi. Shuningdek, boshqa iqtisodchilar odamlar faqat “ratsionalga yaqin” yoki ular cheklangan ratsionallikka ega, deb taxmin qilishadi.
Odamlar qarorlar qabul qilish izlanishlari ular qiladigan doimiy xatolarni ochishga harakat qildi. Quyida ba’zi topilmalar:
O‘ziga ishonuvchi insonlar. Tasavvur qiling, sizga bir nechta savollar berishdi. Masalan: BMT tarkibidagi Afrika davlatlari soni, Shimoliy Amerikadagi eng baland tog‘ning balandligi va hokazo…
Odamlar jonli kuzatuvdagi kichik sonlarga juda katta e’tibor berishadi. Tasavvur qiling, siz X markadagi mashinani sotib olishni rejalashtiryapsiz. Siz uning ishonchliligini bilish uchun X markadagi mashinaning 1000 ta egalari tomonidan ko‘rib chiqilgan Xaridor Hisobotini o‘qiysiz. Keyin siz X markadagi mashinasi bor do‘stingiz yoniga borasiz va u sizga bu mashinasi bo‘lmag‘ur ekanini aytadi. Do‘stingizning fikriga qanday munosabat bildirardingiz? Agar siz ratsional fikrlasangiz, siz u faqat sizning sinov ko‘rsatkichlaringizni 1000 tadan 1001 taga ko‘paytirganiga tushinib yetasiz. Lekin do‘stingizga ishonganingiz bo‘lgani uchun siz qaror qabul qilishda bunga ko‘proq e’tibor berasiz.
Fikrlarini oz’gartirishni xohlamaydigan insonlar. Odamlar o‘zlari allaqachon ega bo‘lgan fikrlarini isbotlab berishga o‘rganib qolishgan. Bir kuzatuvda subyektlardan jinoyatchiga o‘lim jazosi berilishi kerakmi yo‘qmi degan kuzatuv hisobotlarini o‘qish va unga baho berish so‘raldi. O‘qib bo‘lishgach, boshidanoq o‘lim jazosini tanlagan insonlar ham boshidanoq o‘lim jazosiga qarshi bo‘lganlar ham o‘zlarining fikrlarida qolishgan….
Hayotingiz davomida qabul qilgan qarorlaringiz haqida o‘ylang. Bulardan ba’zilarini ko‘rsatib bera olasizmi?
Ahloqiy namuna 401(k) rejasini ya’ni ba’zi firmalar o‘z ishchilariga taklif etadigan pensiya fondi solig‘ini o‘rganishda yuzaga keladi. Ba’zi firmalarda ishchilar rejada qatnashishni oddiy anketani to‘ldirish orqali tanlashlari mumkin. Boshqa firmalarda esa ishchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishadi va anketa to‘ldirish orqali rejadan bosh tortishlari mumkin. Bu ko‘pchilik ishchilar 1-holatdan ko‘ra 2-holatda qatnashishni ko‘rsatadi. Agar ishchilar mukammal ratsional-maksimalistlar bo‘lishganida, ular ish beruvchilari taklif qilgan majburiyatni bajarmaslikka e’tibor bermasdan pensiya fondining eng muqobilini tanlagan bo‘lardilar.
Download 195.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling