Referat Mavzu: Mehnat psixologiyasining metodlari va ularning mohiyati Tuzuvchi: ps-401 guruh talabasi Mamatova Sarvinoz


So'rov (anketa, suhbat) metodlari


Download 25.54 Kb.
bet4/4
Sana27.03.2023
Hajmi25.54 Kb.
#1300809
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Mamatova (Axmadova) Sarvinoz referat

So'rov (anketa, suhbat) metodlari
So'rov metodi. Odamlami so'roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so'rab oʻrganish insonga xos xislat. Ko'cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki ko'chalar nomini so'rovchilar boʻladi. Masalan, ommaviy sport musobaqalari ara- fasida, ya'ni Futbol bo'yicha jahon chempionatining guruh (saralash) bosqichi va bevosita chempionat arafasida terma jamoalar imkoniyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so'roqlar o'tkazilishi rasm boʻlgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr- o'ylarni o'rganish orqali qimmatli ilmiy ma'lumotlar to'plash vositasi sifatida qadrlanadi. Shuning uchun so'roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma'lumotlar to'plashning an'anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qoʻyilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo'ladi.
So'rov metodlari mehnat psixologiyasida juda keng tarqalgan usullardan. Bu bevosita yoki bavosita yo'l bilan og'zaki yoki yozma tarzda ma'lumotlar olish usulidir. Uning natijasida odamlarning u yoki bu ijtimoiy hodisa, qonuniyat yoki shaxs toʻgʻrisidagi fikrlari, baholari, ustanovkalari, ongga o'rnashib qolgan fikrlari - stereotiplari aniqlanadi. So'rovning ikkita asosiy turi mavjud: intervyu va anketa.
Biz, odatda, jurnalistlar tomonidan so'roqqa tutilgan odamlar savol-javoblarini ko'rishga o'rganib qolganmiz. Bu oddiy intervyu boʻlib, ijtimoiy hayotning u yoki bu (siyosiy) hodisasiga nisbatan ijtimoiy fikr oʻrganilgandagina ishlatiladi. Lekin psixologik intervyu biroz murakkabroq jarayon. Chunki bunda bevosita muloqot jarayonida insonlarning yuraklaridagi yashirin fikrlari, hodisalarga subyektiv munosabatlari, o'tmish xotiralar va ularning talqini orqali juda muhim hayotiy faktlar aniqlanadi. Jurnalistdan farqli, psixolog intervyu jarayonini erkinroq olib borishga, maksimal tarzda shaxsiy fikrni ajratib olishga intiladi. Shu bois, oldindan aynan qanday javoblar olishini bilmaydi. Psixolog ana shunday intervyuni guruh sharoitida ham o'tkazishi mumkin. Bunda muloqot munozara diskussiya shaklida oʻtkazilib, diagnost fikrlarni umumlashtirib, oxirida oʻziga zarur maʼlumotni toʻplab oladi. Lekin bu jarayon oson emas. Misol uchun O'zbekiston(24)TVdagi "Xalqaro Press Klub", "Munosabat" kabi ko'rsatuvlar guruh sharoitidagi so'rovga misol bo'la oladi.
Bundan tashqari, ommaviy intervyu tushunchasi ham bor. Bu ijtimoiy fikrni, kayfiyat, tanglik kabi hodisalarni oʻrganishda ishlatiladi. Bunda omma fikrini oʻrganish uchun ma'lum "chizma" boʻyicha oldindan javob variantlari nazarda tutilib anonim so'rov o'tkaziladi. Ommaviy intervyu maksimal tarzda formallashtirilgan va standartlashtirilgan jarayondir. Bunday intervyuni telefon orqali ham amalga oshirish mumkin.
Yozma so'rov usuli ma'lumki, anketa deyiladi. Anketa metodi hammaga tanish bo'lgan usullardan biri. Lekin koʻpincha anketani o'tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingach ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni toʻgʻri sharhlash naqadar qiyin ekanligini tasavvur qilmaydi. Kiritilgan savollar mazmuniga ko'ra anketa ochiq va yopiq turlarga boʻlinadi. Ochiq anketa respondentdan o'z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan boʻlib, tekshiriluvchi o'ziga ma'qul boʻlgan, o'zining qarashlari, fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo'yilgan vazifaga yetarli darajada - mas'uliyat bilan qaramasliklari hamda berilgan javoblarni statistik jihatdan ishlov berishdagi qiyinchiliklar boʻlsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o'z fikriga ergashtirishga o'xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo'lmaslikdir.
Shuning uchun oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, ularda javob varinatlaridan tashqari, yana fikr bildirish uchun qoʻshimcha qatorlar qoldiriladi.
Odatda anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo'linadi:
1. Kirish qismi yoki "respondentga murojaat". Bu qismda odatda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan maʼlumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketaning to'ldirish yoʻllari va boshqalar yoziladi. Yoʻriqnoma murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tek- shiriluvchining ishga boʻlgan munosabatiga bog'liqdir.
2. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi.
Yakuniy qism yoki "pasportichka". Bu qism respondentning shaxsiy sifatidagi obyektiv ma'lumotlarni olishga qaratilgan bo'lib, unda tekshiriluvchining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbkori va boshqalar so'raladi.
Bu usul ham koʻpchilik fikrini qisqa muddatlarda aniqlash zarurati tug'ilganda ishlatiladi. Anketaning pochta, pressa orqali va bevosita tarqatish turlari mavjud boʻlib, bizda oxirgi yillarda asosan bevosita tekshiruvchi bilan respondent uchrashuvini nazarda tutuvchi anketa so'rovi qoʻllaniladi. Anketaga kiritilgan savollar ochiq yoki yopiq turli boʻlishi mumkin. Ochiq anketadagi savolga javob variantlari berilmaydi, respondent nimani yozishni xohlasa, shuni yozadi. Masalan, "Sizningcha, mamlakatning 5 yildan keyingi istiqboli qanday bo'ladi’", "Siz uchun hokimiyat nima’" kabilar ochiq savollarga kiradi. Bu subyektiv fikrlarni o'rganish uchun
yaxshi, lekin har doim ham odamlar o'z fikrlarini aniq va muxtasar bayon etavermaydi. Qolaversa, ochiq savollarga berilgan javoblarni tahlil qilish ham ma'lum professional tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun oxirgi yillarda ijtimoiy hayotni oʻrganishda anketaning yopiq savollardan iborat turi koʻproq ishlatilmoqda.
Yopiq anketa savollariga berilishi mumkin boʻlgan javoblar oldindan ko'rsatiladi. Masalan: "Mamlakatning istiqboli nimalarga ko'proq bog'liq’
a) mehnat resurslarining oshishiga;
b) malakali kadrlar soniga;
d) rahbarlik uslubining takomillashuviga;
e) tashqi investitsiyalarning dadil jalb etilishiga; f) ish sharoitlarining yaxshilanishiga;
g) yangi texnologiyalar va asbob-uskunalarga; h) yana (yozing)
Anketalarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri - unga kiritilgan savollarning barcha uchun tushunarli bo'lishidir. Shuningdek, savollarning va ularga berilgan javoblarning maksimal tarzda qisqa boʻlishi va anketaning hajm jihatdan juda katta bo'lmasligi respondent vaqtini ko'p olmasligini kafolatlaydi. Bundan tashqari, siyosiy-psixologik fenomenlar oʻrganilayotganda, har bir savol o'z o'rnida kiritilishi, u mazmunan kishida shubha
uyg'otmasligi, samimiy javobga chorlashi lozimdir. Ba'zan anketalardagi savollar saviyasini pastligi tekshiruvchining yengiltakligini baholab, jiddiy javob ololmaslik holatlarini ham keltirib chiqaradi. Masalan, ba'zan umuman odobsiz savollar beriladi: "Musiqani yoqtirasizmi’", "Ota-onangizni sevasizmi’" kabi. Yoki ba'zida uzundan-uzun savollarning berilishi respondent oʻzidan nimani xohlashayotganliklarini his qilish darajasini pasayishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham psixologik tekshiruvlarda oʻrinli, ma'-
noli, jo'yali savollar tuzish, ularning birin-ketinligi va tartibi masalasiga katta aha- miyat berishlishi zarur.
Yozma so'rov usuli ma'lumki, anketa de-
yiladi va u ko'pchilik fikrini qisqa mud- datlarda aniqlash zarurati tug'ilganda ish- latiladi
Sotsiometrik so'rov ham anketaning bir turi hisoblanadi. U aynan guruhdagi shaxslararo munosabatlarnigina aniqlagani bois,
uni ba'zan mualliflar psixologik testlar qatoriga ham kiritishadi. Nima bo'lganda ham bu usul yordamida guruhiy hodisalar, unda har bir a'zoning tutgan oʻrni, yetakchilikning taqsimoti va jamoadagi ma'naviy muhit o'rganiladi. Hozirda sotsiometrik so'rovning yuzlab
modifikatsiyalari mavjud boʻlib, dastlabki ma'lumotlar olishning samarali vositasi sifatida undan koʻplab tadqiqotchilar foydala- nadilar. Qoʻlga kiritilgan ma'lumotlarga odatda, statistik qayta ish- lov beriladi yoki ular kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilinadi. Og'zaki so'roqni yoki ba'zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, oʻtkazadigan shaxs unga ma'lum darajada tayyorgarlik ko'rgach so'roq oʻtkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo'lmasa, so'rov oʻz natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so'rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador boʻlgan noyob ma'lumotlarni to'plash imkoniga ega boʻladi.
Yozma so'roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning oʻzida koʻpgina odamlar fikrini oʻrganish mumkin boʻladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o'z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so'rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan boʻlsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to'planadi.
So'roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud boʻlib, birinchisida oldindan nimalar soʻralishi qat'iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so'roq o'tkazilishi nazarda tutiladi. So'rovlar o'tkazilishida hal qilinishi lozim bo'lgan eng muhim masalalardan biri so'raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o'z ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari oʻrganilganda, tabiiy bir muammo paydo boʻladi: necha kishini va qayerlardan so'rash lozim, degan. Tanlov obyektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi muhim rol o'ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini oʻrganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq o'rganish shart emas. Tanlov agar 10 foiz deb belgilansa, Oʻzbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan
barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o'shaning 10 foizi o'rtasida, bir necha oliygohlarda so'roq o'tkazilishi kifoya qiladi. Barcha pensionerlarning ijtimoiy himoya borasidagi fikrlarini o'rganish kerak bo'lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o'sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so'roq o'tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi.
Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega. Yoshlarga "Siz vatanparvarmisiz’" yoki jamoatchilikka "Siz tinchlik tarafdorimisiz’" kabi savollar oldindan javobi aniq bo'lgani uchun ham odatda respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtayi nazardan o'sha vatanparvarlik belgilarining namoyon boʻlishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik boʻlishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini oʻrganish birinchidan, turli xil fikrlarni to'plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy hulqning turli qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga "Siz aqllimisiz’" degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi.
Ko'pincha psixologik so'rovlarda odam o'z fikrini ochiq va erkin bayon etishi uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so'rov deyiladi. Ba'zi bir so'rovnomalarda esa "Ismingiz" deyish oʻmiga "O'zingiz oʻylab topgan ism-sharifingiz’" deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so'rov o'tkazish usuli sifatida oxirgi yillarda qoʻllanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo'lsa, shuni aytish kerakki, so'rov metodlari inson psixologiyasini oʻrganish, uning dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional tarzda toʻgʻri ishlatish va natijalarni toʻgʻri tahlil qilish juda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Inson shaxsini oʻrganishda, turli anketalar, turli xil ko'ri- nishdagi so'rovnomalar, siyosiy qadriyatlar va yo'naltirilganlikni aniqlash uchun tuzilgan alohida testlardan foydalanish mumkin. Albatta, buning uchun maxsus tayyorgarlikka ega boʻlish, aniq tadqiqot dasturi asosida izlanish olib borish talab etiladi. Bunda Rokich, Olport-Vernon va boshqalarning testlarini misol tariqasida ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Siyosiy shaxslar va hodisalarni
o'rganish uchun tuzilgan maxsus testlar ham yaratilganki, bunga Rozensveygning "Rangli frustratsiya testi" misol bo'la oladi. A.Xvostov tomonidan ishlab chiqilgan "Tafakkur mantiqiy- ligining siyosiy maqsadga yo'naltirilganligini" aniqlash testi mantiqiy xatolarning sifati va miqdorini aniqlab, matndan iborat bo'lgan siyosiy ma'lumotni qabul qilishning adekvatlik darajasini baholash imkonini beradi. Shu bilan birga ta'kidlash mumkinki, shaxsning siyosiy maqsadlarga yo'naltirilganda o'zini tutishi va uning psixikasini bir butun holda baholash imkonini beradigan psixodiagnostik usullar ham mavjud. Bunga T.Adornoning fikrlashning rigidlik darajasini baholash "F-shkalasi" misol bo'la oladi.
2.4. Biografik metod
Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g'risida og'zaki va yozma ma'lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga o'zgalar tomonidan toʻplangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham oʻrganilayotgan shaxsni toʻlaroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi hujjati ham bolaning tugʻilganidan, ham to boshlang'ich ma'lumot olgunicha davr oralig'ida salo- matlik darajasi qanday bo'lgan- ligi toʻgʻrisidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
Turmush tarixiga qiziqish
Individ taqdirlarni tadqiq etish usuli hozirgacha o'zining yakuniy taʼrifini
topmagan bo'lib, u ba'zan gumanis- tik, ba'zan esa biografik usul, deb nomlanadi.
XIX asr oxirida paydo boʻlishiga qaramay, bu boradagi dastlabki jiddiy yutuqlari 1920-1930 yillarga tegishli boʻlib, u Tomas va Znanetskiy (Yevropa va Amerikada polyak dehqoni, 1918 yil) nomlari bilan bog'liqdir. Ular 1910-yillarda AQShda yuz bergan ommaviy migratsiyalar jarayoni sharoitida polyak jamoatchiligi turmush tarzini tahlil qilishga e'tiborlarini qaratadilar. Xatlarda ko'rsatilgan polyak migrantlarning turmush tarixini tahlil
qilarkanlar, ularga madaniyat borasidagi nizolar, jinelar munosabati, insoniy baxtiyorlikni tushunish kabi ijtimoiy fenomenlarni ko'ra olish imkoniyati tug'iladi.
Biografik bilishdagi singari ular tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvning falsafiy asosi uchun ijtimoiy va individual, obyektiv va subyektiv, o'zini va boshqalarni anglash dualizmining o'zaro ta'sirini taxmin qiluvchi ramziy interaksionizm yo'nalishi yuzaga keladi. O'z tadqiqotlarining amaliyotida ushbu nazariy modellarni rivojlantira turib, ular ijtimoiy hodisalarning subyektiv tomoni to'g'risida ma'lumotlar bo'lmasa, bilish mumkin emas, deb ta'kidlaydilar.
Individ taqdirlami tadqiq etish usuli hozirgacha oʻzinig yakuniy ta'rifini topmagan boʻlib, u ba'zan gumanistik, ba'zan esa biografik usul, deb nomlanadi. Ayrim hollarda sifatli usul yoki subyektiv psixologiya deb ataladi.
Tahlil uchun dastlabki aniq ma'lumotlar rivojlanish bosqichlari boʻyicha ko'rib chiqilgan individual tarjimai hollar hisoblanadi. Dastavval, bu "yopiq" ijtimoiy guruhlar, emigrantlar, milliy jihatdan ozchilikka tegishli boʻlib, aynan shu sharoitlarni oʻrganish maqsadida 1920-yillarda biografik usul yuzaga keldi (T.Tomas, F.Znanetskiy, Chikago maktabi). 1970-yillardan boshlab XXI asming oxirgi o'n yilligida ushbu usulga nisbatan qiziqishning oshishi natijasida uni oʻrganish doirasi ancha kengaydi. Hozirgi paytda ham tadqiqotchini ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni boshdan kechirgan subyektiv tajriba (urush, inqilob, inqiroz va migratsiyalar) va kishilik hayotining ma'lum davri (bolalik, kasallik va oʻlim) qiziqtirsa, bu usuldan keng miqiyosda foydalanadi. shuningdek, kishilarning tarjimai holi ma'lum ijtimoiy institut va tashkilotlarning (masalan, fandagi yangi yoʻnalishlar, partiyalar va siyosiy harakatlar) tashkil topishi va rivojlanishi dinamikasini tiklashda ham qo'l keladi.
Shunday qilib, tarjimai hollar "turmush kontsepsiyasi", kishilarning aniq hayotiy tajribasi, hayotiy davr mobaynida ijtimoiy oʻzgarishlarni oʻrganish doirasidagi ijtimoiy qiziqishlar obyekti boʻlishi mumkin. Shu bilan birga ulaming ijtimoiy muammolarni o'rganishda ijtimoiy-psixologik tahlil quroli sifatida ham qo'llanilishi mumkin.
Fanda ushbu usulning koʻpgina yillar davomida qoʻllanilishiga qaramay hozirgacha uning tushunchaga oid mexanizmini ishlab chiqish tugallanmagan. Bu qirraning uslubiy jihatdan ishlab chiqilmaganligi, asosan uni qoʻllashning madaniyatlararo tavsifi va ma'lumotlarning o'xshashligi bilan asoslanadi.
2.5. Professiografiya metodi
Mehnat faoliyati psi- xologik xususiyatlarini tah- lili olingan sifat va miqdor koʻrsatkichlarining har tomonlama o'rganish hamda tizimlash- tirishga asoslanadi. Professiografiya deb, mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) bilan o'zaro munosabati va bog'liqligini oʻrganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metodga aytiladi. Faoliyatni oʻrganish nati- jasida professiogramma, ya'ni kasbning turli obyektiv tavsifno- malarining tasnifi va psixogramma, ya'ni faoliyatning psixologik tavsifnomalarining tasnifi tuziladi.
Professiogramma ushbu tamoyillarga ko'ra tuziladi: ma'lum faoliyatning aniq, oʻziga xos tasnifi;
o'zgarishi);
kompleks oʻrganilganlik;
oʻrganish dinamikasi (rivojlanish sharti bilan, faoliyat
sistemalilik (faoliyatning alohida tavsifnomalarini o'zaro bog'liqligi va o'zaro ta'siri);
uchun);
qabulning o'xshashligi (kasblarni aniq taqqoslash
miqdoriy va sifatiy metodlarni qoʻllash. Professiogramma ushbu tavsifnomalardan tashkil topadi:
kasbga oid umumiy ma'lumotlar (tarkib, tayinlash, xodimlarning majburiyatlari, mehnat samaradorligi ko'rsatkichlari); faoliyat mazmuni (asosiy vazifalar tahlili, ma'lumotlar oqimining oʻziga xosligi, xatolar tahlili);
faoliyat vositalari (ma'lumotlarni ko'rsatish. Ularni joylashtirish, obzor); mehnat sharoitlari (sanitar-gigiyenik, ijtimoiy-psixologik,
estetik);
faoliyatni tashkillashtirish (ish yuklamasining ko'rinishi va hajmi, ish va dam olish rejimi);
faoliyat subyekti (funksional holatlar, kommunikativ sifatlar, vazifalarga taalluqlilik).
Faoliyat psixogrammasi mehnat egasining kognitiv, emotsional-irodaviy, motivatsion, individual-psixologik va boshqa kasbiy muhim bo'lgan sifatlarga qo'yiladigan talablar hamda tavsifnomalaridan iborat boʻlishi kerak.
Demak, professiografiya deganda kasblar va ularning bir- biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo'yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi.
Kasb-kor (hunar) oldiga qo'yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, umumiy hamda xususiy jabhalarni oʻzida aks ettiradi.
ahamiyati.
Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi. Kasb-korning (hunaming) mamlakat iqtisodiyoti uchun
Professiografiya deb, mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vosi
Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi. Kasbning ijti- moiy-psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning ijtimoiy mavqe (nufuzi), jamoaning oʻziga xos xu- susiyatlari, vertikal va go- rizontal bo'yicha shaxslar-
talari, sharoitlari, tashkilot) bilan oʻzaro munosabati va bog'liqligini o'rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metodga aytiladi.
aro munosabatlarning xususiyatlari.
Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko'nikmalar koʻlamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi).
Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, chora-tadbirlarning umumiy tavsifi.
Mehnat sharoitining gigiyenik tavsifnomasi.
Kasb boʻyicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta'qiqlanuvchi omillar izchilligi.
yaroqsizlik.
Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy
O'zini o'zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasbning inson oldiga qo'yadigan talablari majmuasi
psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo'naltirish davlatning chora-tadbirlari tizimidan iborat bo'lib inson tomonidan tanlanadi, o'z hayot yoʻlining ilmiy asoslanganligini ta'minlashga xizmat qiladi, u turmushda o'z o'mini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi;
maktabda kasbiy ma'lumotlar berish; kasb-hunar ta'limi bilan shug'ullanish:
radio, televideniya, kino, matbuotda tashviqot qilish; kasb yuzasidan maslahatlar;
kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan boʻlib, u "Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi" deb nomlanib o'zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yoʻllashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagining muhim bir tomoni - bu har xil kasb-hunar egasiga nisbatan qoʻyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji boʻyicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o'ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo'naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo'yicha bilimlar umumlashtirilgan boʻlib kasbga tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o'zini o'zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni oʻzida mujassamlashtiradi.
Ye.A.Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:
sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallaming turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar koʻlami va umumiy xususiyati (koʻrish, eshitish va boshqalar);
axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bogʻliq aqliy faoliyatning xususiyati;
xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim harakatlarning tavsifi;
ishda, mehnat faoliyatida asab - psixologik zo'riqish,
tanglikning mavjudligi;
diqqatni boshqarish zarurati;
ishda muvaffaqiyatga elituvchi shaxs sifatlari, fazilatlari; mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral
psixofiziologik ko'rsatkichlar.
Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan tashqari profes- siogramma oldiga quyidagi talablarni qoʻyish maqsadga muvofiq.
Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, mutaxassislik, kasb-hunar, lavozim, ishchi o'rni imkoniyati, mehnatning turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni).
jabhalari.
Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma'lumotlar. Mehnat quroli sifatida nimalar qoʻllanilishi.
oshirilishi).
Mehnat predmetining tarkiblari va ularning oʻziga xos
Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi. Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat amalga Mehnat mahsullarini baholash mezonlari.
Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi.
Ishni bajarilishining sharti va sharoitlari.
Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari.
Mehnatning kooperatsiyasi (Kim’, Nima’, Kim bilan
hamkorlikda’).
Mehnatning
ma'lumotlar.
jadalligi
(intensivligi)
to'g'risida
Mehnat faoliyatida mas'uliyatning va xavf-xatamning
qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi.
Mehnat uning subyektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish

haqi, mukofot, ma'naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar).


Ish yoki faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga ko'ra qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi.
Download 25.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling