Referat mavzu: Moliyaviy boshqaruv. Bajardi: 3 kurs ijtimoiy ish (pensiya ta`minoti) yo`nalish talabsi Toshtemirov Suhrob


Download 65.81 Kb.
bet4/5
Sana16.02.2023
Hajmi65.81 Kb.
#1203777
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
TS moliya bozori

3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish.

Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslar fondlarining o’lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo’lsa, uning o’sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta bo’ladi.


Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo’ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko’ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:5
• byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
• tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo’jalik sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;
• nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilot-larining fondlarini shakllantiradi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyi-dagilardan iborat:
• qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida;
• nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo’mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
• boshqaruvchanlik – korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G’aznachilik apparati va Moliya vazir-ligining hisob-kitob- kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
• nazorat-kuzatuv – korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to’g’risidagi ishlarni ko’radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo’yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-biri bilan qo’shilib ketgan va ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bo’lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak bo’lgan tarzda va takror ishlab chiqarish tsiklini pul mablag’lari bilan to’liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’larining etarli bo’lmagan hajmda va o’z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromad-larning olinishida uzilishlarning bo’lishiga, moliyaviy- iqtisodiy faoliyatda keskin yo’qotmalarning bo’lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Ks = Hmo : Rmo

Bu yerda: Ks–moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti;


Hmo–davriy koeffitsientga o’zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim;
Rmo - rejadagi moliyaviy oqim.

Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o’zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi.


Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’larining miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo’lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o’sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi.
Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining o’sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha ko’rsatkichlar mavjud:
• bir ishlovchi to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori;
• inflyatsiya darajasi va dinamikasi;
• davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);
• oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.
Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tendentsiyalarining ko’rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to’planishi (jamg’ari-lishi) va uni iqtisodiy o’sishning innovatsion- investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiy- lashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, hayotning sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini o’z vaqtida qaytarish (uzish) davlat-ning moliyaviy ahvolini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning o’zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bo’yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol to’lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’yektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To’lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va to’lov muddati kelgan (yoki o’tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o’rtasidagi nisbat demakdir. Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun to’lovga qobillik koeffitsienti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo’lishi kerak:
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to’lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari o’lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U o’z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida korxonaning to’lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to’lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) o’ng tomoniga teng yoki undan katta bo’lsa, unda korxona to’lovga qobildir. Agar uning o’ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona to’lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yo’nalishlari bo’yicha bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan rejaliistiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bo’lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini ko’zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning to’lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.

Xulosa

Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.


Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, boshqariladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy tizimni nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy tizimni o’z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo’lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’ektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli ko’rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzilishi, mamlakatdagi siyosiy kuchlarning mavqei (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o’ziga xos bo’lgan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasida moliyaviy boshqa-ruvning sub’yekti bo’lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.


Download 65.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling