Talaba: rahmonov sh. Gurux: Smmt 87


Download 0.76 Mb.
Sana25.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1228674
Bog'liq
Zamonaviy(amaliy) moliya tashkilotlar

TALABA: rahmonov sh.

GURUX:Smmt 87


Zamonaviy(amaliy) moliya tashkilotlar
“Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski,
hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda
qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining
taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida”
deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz.
Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas.
Moliyaviy tizim: ta’rifi, mazmun-mohiyati
Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va
riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga
moliyaviy tizim (financial system) deyiladi”, - deb ta’rif berish mumkin.
“Zamonaviy moliya” ni o‘rganish sabablari.
Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat
qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy
maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari,
o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi kompaniya xodimlari va
ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday
maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab murojaat qilgan mutaxassis yaqin
kunlar (kelajak)da kompaniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial
(salohiyatli) mijozi(ga) bo‘lishi (aylanishi) mumkin.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona tо‘lovga qobilligining kengaytirilgan koeffisiyenti, dyemakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) о‘ng tomoniga tyeng yoki undan katta bо‘lsa, unda korxona tо‘lovga qobildir. Agar uning о‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona tо‘lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yо‘nalishlari bо‘yicha bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lgan Rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bо‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investision byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Myenyejmyentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani Moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa Moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizasiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini kо‘zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning Moliyaviy Rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dyekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) Moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning tо‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kyelajakda uning Moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan Moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga Moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bо‘lgan Moliyaviy resurslar fondlarining о‘lchamiga bog’liq. Mamlakatning iqtisodiy (Moliyaviy) qudrati qancha kuchli bо‘lsa, uning о‘sishiga xizmat qiluvchi Moliyaviy resurslar fondi va Moliyaviy oqimlar hajmi Shuncha katta (hajmli) bо‘ladi.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling