Referat mavzu: Monopolistik korxonaning narx siyosati va foydasini maksimallashtirish
Download 423.34 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI FAKULTETI BR-91 GURUHI TALABASI SAMATOV SAIDJONNING MIKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI REFERAT Mavzu: Monopolistik korxonaning narx siyosati va foydasini maksimallashtirish. Tayyorlovchi: Samatov Saidjon O’qituvchi: Yo’ldashev G’olibjon Turg’unovich _____________ __________________ __________________________ (ball) (sana) (imzo) REJA: 1. Kirish 2. Asosiy qism 2.1. Nomukammal raqobatlashgan bozor va uning xususiyatlari. 2.2. Monopolistik korxona narx siyosati. 2.3. Monopolistik korxona foydasini maksimallashtirish uchun qiladigan chora-tadbirlari. 2.4. O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga Qarshi Kurashish Qo’mitasi 3. Xulosa 4. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Raqobatlashgan bozorda juda ko`p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta`sir qilaolmaydi, narxni bozorning o`zi talab va taklifga ko`ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko`ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo`yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo`lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko`plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo`q. Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o`rnini bosadigan tovar bo`lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo`lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo`lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo`lgan bozor. Monopsoniya - xaridor bitta bo`lib, sotuvchilar ko`p bo`lgan bozor. Monopolistik korxonani o’rganishimizdan maqsad atrofimizni o’rab turgan olamdagi muammo resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlar cheksizligi sharoitida barcha foydasini maksimallashtirishga urinadi, monopolistic korxona yagona sotuvchi bo’lgan bozorda xaridorlarga o’g’ir va ulkan tashvishlar keladi. Korxona bozorda yagona agarda u maxsulot ishlab chiqarmasa boshqa sotuvchi yo’q va boshqa maxsulotlar ham bozorda yo’qoladi bu o’z o’rnida monopolistga istalgan narxni belgilashiga va sotishiga olib keladi. Bugungi mustaqil ishimizda biz shu monopolistik korxonaning narx siyosati narxlarni o’rnatish uning foydasini maksimallashtirishni ko’rib chiqamiz. Download 423.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling