Referat mavzu: Mulk huquqi(ommaviy mulk) Bajardi: Yurisprudensiya
Download 23.85 Kb.
|
ommaviy mulk Baratov
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “TARIX VA YURIDIK” FAKULTETI “FUQAROLIK HUQUQIGA KIRISH” FANIDAN REFERAT Mavzu: Mulk huquqi(ommaviy mulk) Bajardi: Yurisprudensiya 5.1.22-guruh talabasi Baratov J Tekshirdi: Bozorov S BUXORO-2022 Reja: Ommaviy mulk huquqi tushunchasi Ommaviy mulk huquqi turlari O`zbekiston Respublikasida ommaviy (davlat) mulkining quyidagi turlari mavjud: O`zbekiston Respublikasi mulki quyidagilardir: –davlatga mutlaq mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan mol-mulk: yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig`i, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar; –davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika budjetining mablag`lari, oltin zahirasi, davlatning valuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek boshqa mulkiy komplekslar, o`quv, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning o`zga mablag`lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo`lsa, boshqa mol-mulkni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Respublika Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, tasarruf qiladilar Respublika mulki bo`lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xo`jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida birikti-rib qo`yilishi mumkin. 15.2. Ommaviy (davlat) mulkining zarurati va manbalari Davlat mulki zarurligining obyektiv sabablari quyidagilarda ko`rinadi: – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etish; –huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini tashkil etish; – davlat xavfsizligi va mudofaa ehtiyojlari; –ilm-fan va madaniyatni ta'minlash; –kam ta'minlangan aholini ijtimoiy himoya qilish; – tabiiy ofatlarga va favqulodda holatlarga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf etish; – ba'zi tarmoqlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish (masalan, atom, yonilg`i energiyasi kabi). Davlat mol-mulki quyidagi manbalardan shakllanadi: –soliqlar; –mahalliy yig`imlardan; –ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromaddan; –kreditlar va zayomlardan; –davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan daromadlardan; –natsionalizatsiyadan; –rekvizitsiyadan; –musodaradan; –topilmalardan; –xazinalardan; –egasiz ashyodan; –turli shartnoma (kontrakt)lardan; –xorijiy mamlakatlarda ko`chmas mulk sotib olishdan va hokazo. b) ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal yoki kommunal mulk). Mazkur mulk tarkibiga mahalliy budjet mablag`lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo`jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog`liqni saqlash muassasalari va boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo`ladi. Munitsipal mol-mulkni qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, davlat hokimiyati mahalliya organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar. Download 23.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling