Referat mavzu: Mustaqillik yillarida jamiyat ma’naviy hayotini tiklashga berilayotgan e’tibor
"Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakilantirish masalasi
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
"Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakilantirish masalasi
oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir.Boshqacha aytganda, biz о 'z haq- huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda, shaxsiy manfaatlarini mam-lakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»'. Prezidentimizning
Islom
Karimovning Milliy-Ma‘naviy tiklanish konsepsiyаsida ilgari surilgan g‗oyalar bugungi kunda milliy ma‘naviyatni rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa sifatida belgilanishga xizmat qilib kelmokda. Islom Karimov o‗z asarlarida mamlakatimizda milliy ma‘naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa ekanligiga e‘tiborni qaratib, quyidagi konseptual g‗oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so‗ngra ma‘naviyat to‗g‗risida o‗ylash kerak deydiganlar haq bo‗lmasa kerak. Ma‘naviyat — insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch- qudratidir. U yo‗q joyda hech qachon baxt-saodat bo‗lmaydi...». Bu kabi savollarning son-sanog‗i yo‗q. Mana shularning o‗zi ham milliy ma‘naviyatimizning naqadar toptalganligini ta‘kidlovchi misollardir. Bunday imkoniyatlarni qo‗lga kiritishimizda xalqimiziing sevimli farzandi, ulkan davlat va siyosat arbobi, yetuk olim, vatanparvar va millatparvar inson otamiz Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o‗ynadi. Mustaqillik yillari Qur‘oni Karim o‗zbek tiliga tarjima qilinib, ko‗p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‗rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to‗plami chop etildi.Ko‗plab Qur‘oni Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand bo‗layotganligining guvohi bo‗lib turibmiz. Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari Diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‗z umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‗rin oldi.Har yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko‗plab masjid va madrasalar ta‘mirlandi. Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‗bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, Cho‗lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi. Qatag‗on yillarida millatimiz mustaqilligini ta‘minlash yo‗lida qurbon bo‗lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar hiyoboni barpo ztildi. Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma‘naviyatimizdan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‗ylari 1997 yidda katta tantanalar bilan nishonlandi. 2000 yili esa ilohiyot ilmining darg‗asi Abu Mansur al-Moturidiyning muborak yubileyi muvaffaqiyatli ravishda nishonlandi. 2001 yilda esa yana bir
ulkan merosimiz hisoblangai «Avesto»ning 2700 yilligi va 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli 2000 dan ortiq yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o‗quv yurtlarida ta‘lim olmoqdalar. «Mahalla», «Kamolot». «Sog‗lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‗bek», «Umid», «Ustoz» kabi jamg‗armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga keldi. Shuning bilan bir qatorda milliy-ma‘naviy tiklanish borasida ko‗lami jihatidan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o‗rganishimiz lozim bo‗ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma‘naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»1. Demak, ma‘naviyat insonning insoniylik mohiyatini belgilovchi o‘zak tomiri, insonni mustaqil shaxs sifatida qiyofalanishining bosh manbai desak, yanglishmas ekanmiz. Millat ma‘naviyati esa o‘tmishda, bugun va kelajakdagi ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma‘naviyatining majmuidan iborat, deyish mumkin. Shu bilan birga ajdodlarimiz yana qaysi manbani o‘z ma‘naviyatlarini shakllantirishga asos qilib olgan bo‘lsalar, o‘sha manbalar ham millat ma‘naviyatiga bevosita aloqador bo‘lib qoladi. Masalan, xalqimiz 1300 yil ilgari islom dinini qabul qilgan bo‘lsa, demak, bu e‘tiqodning asos manbalari bo‘lmish Qur‘oni karim va Hadisi shariflarsiz milliy ma‘naviyatimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Imomi A‘zam, Imom G‘azzoliy, Ibn al-Arabiyning ma‘naviy merosi haqida ham shunday deyish mumkin. Aslida milliy ma‘naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq ko‘rsatib berilgan edi va yangi kitobda yana birma-bir sanab chiqilgan. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir.
1 Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q.. 9-bet.
Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma‘naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an‘ana – ulug‘ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas mulki deb tan olgan ma‘naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma‘naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e‘tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi. Demak, milliy ma‘naviyatni biz qandaydir o‘zga yurtlarda yaratilgan falsafiy qarashlardan, sobiq Sho‘rolar davrida bizga tiqishtirilgan uydirma mafkuralardan keltirib chiqarishga urinmay, o‘z xalqimiz va millatimizning azaliy qadriyatlariga murojaat Milliy ma'naviyatda - milliy manfaat ham muhim rol o'ynaydi. Sobiq Sho'rolar davrida milliy manfaatni millatchilikka yo'yganlar va milliy manfaat yuzasidan harakat qilgan kishilarni, rahbarlar va yozuvchilarni millatchi deb badnom etganlar. O'zbek xalqi uchun umuminsoniy ma'naviyat bilan birga milliy ma'naviyat va uning boyliklari ham g'oyat qimmatlidir. Bularga o'zbek xalqining o'zi yaratgan, boyitgan, saqlab kelayotgan, avloddan-avlodga o'tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan milliy-ma'naviy boyliklar, ajdodlardan qolgan axloqiy an'ana, marosimlar, axloqiy pand-nasihatlar va hokazolar kiradi. O'rta Osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosida, manbalarda o'zbeklarda qadrlangan, o'zbekona axloq, odobga oid ma'naviy fazilatlar haqida ko'plab qimmatli fikr, ma'lumotlar mavjuddir.Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining «Boburnoma» asarida o'zbeklarga xos bo'lgan ko'plab ma'naviy-axloqiy sifatlarni tasvirlaydi. Bular iymon va e'tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug'lariga mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, savodxonlik, sahovatlilik, xushfe'llik, shirinso'zlik, mardlik, odillik, hayolilik, sahiylik, odamiylik, oq ko'ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalardir. O'rta Osiyoga sayohatga kelgan German Vamberi «Buxoro yoxud Mavorounnahr tarixi» asarida Oltin O'rdadagi o'zbeklarning musulmoncha tarbiyalanganini, savdo-sotiqda og'ir vazminligini, oq ko'ngillilik va samimiyligini, kamgapligini, sadoqatliligini, dovyurakligini, shinavandligini, oilaviy
munosabatlarda pokligini, mulohazaliligi, andisha bilan to'g'ri so'zlashishini, ota- onaga hurmati va e'tiqodi kuchliligini, birinchi bo'lib o'tirmaslik va birinchi bo'lib so'zlashmasligini, mug'ombirlikni bilmasligini, dinga e'tiqodi kuchli bo'lib, bu jihatdan anatoliyali turklarga o'xshashligini ko'rsatgan. O'zbek xalqining hozirgi milliy ma'naviyati va qadriyatlari o'tmish milliy ma'naviyatining davomi bo'lib ularga do'stlik, o'rtoqlik, mehmondo'stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuomalalilik, jamoa ichida o'zini tuta bilishlik, hayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe'llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, ro'zg'orparvarlik, shirinso'zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo'ylik, halollik, oru-nomuslilik, to'g'rilik, rejalilik, poklik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, o'tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g'urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy, ma'naviy - axloqiy fazilatlar kiradi. Millat, xalq bor ekan uning ma'naviy dunyosida milliy jihatlar doim saqlanib qoladi. O'zbeklarning milliy ma'naviyati, erkak va ayollarning o'ziga xos sharqona axloqiy fazilatlari, ota-ona, farzandlar, qo'ni-qo'shnilar, mahalla-ko'y aloqalari, halollik, iymon, vijdon bilan bog'liq ma'naviyati faqat o'tmish sadosi emas, balki hozirgi kun uchun ham xosdir. O'zga millatlarning ma'naviy qadriyatlari qanchalik ta'sir ko'rsatmasin kattalarga, ota-onaga hurmat, kamtarlik, halollik, iymon, mehnatsevarlik, mehmondo'stlik singari milliy ma'naviy fazilatlarimiz barqarordir.Chunki bu ma'naviy xislatlar avloddan-avlodga o'tib qon-qonimizga singib ketgan. Ayollarimiz
qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular hayo, ibo, nomus bobida, oila, qarindosh- urug'larga nisbatan munosabat bobida sharqona, o'zbekona fazilatlarni tark etmaydilar. Millat bor ekan, uning ma'naviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ota-onani, yoshi ulug'larni va kichiklarning izzatini o'z o'rniga qo'yish, hurmat qilish ham milliy ma'naviyatimizga kiradi. Bu yo'l istiqlol va istiqbol muammolarini o'tmishning boy tajribasi bilan bog'lashga yaqindan yordam beradi. Odatda kishilar ko'pincha ikki ishda katta xatoga yo'l qo'yadilar.Birinchisi - yoshlarni hali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi - keksalarni qariya deb chetga surib qo'yganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bog'liq bo'lgan katta tashabbus, kuch va g'ayrat bo'ladi. Keksalar esa hayot yo'lida ko'p issiq va sovuq kunlarni boshdan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda uzoqni o'ylab, bosiqlik bilan ish qilish, yetti o'lchab bir kesish singari ma'naviy boylik va yetuk tafakkur salohiyati bor. O'zbeklarning «qari bilganni pari bilmas», degan hikmatida ko'p ma'no bor. Yoshlarning tashabbusi, kuchi, g'ayrati keksalarning boy hayotiy tajribasi bilan bog'langandagina yaxshi ijobiy samara beradi. Keksa avlodning bilimi, hayot tajribasi yoshlar uchun ma'naviy kamolot va ibrat maktabidir. Keksa avlodning hayot tajribasini mensimaslik hamma davrlarda ham jamiyat uchun falokatli oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, 1920-30 yillarda hali hayotda biror og'ir saboqni ko'rmagan, baland-pastni bilmagan 15-17 yoshlik komsomollar ko'plab ishbilarmon, mehnatsevar dehqonlarni quloq qilish, molu-mulkini musodara etib, uzoq yerlarga badarg'a qilish vazifasini o'z zimmasiga olgani xam katta iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy bo'xronlarga sabab bo'ldi. Hozir ham keksalarning qadriga yetmaydigan, ularni mensimaydigan yoshlar oz emas.Bu o'zbek milliy ma'naviyatidagi salbiy bir hol, ko'rinish.Uning oldini olish zarur.Sovet totalitar tuzumi sharoitida ma'naviy-axloqiy fazilatlarning milliy jihatlari, an'analarini inkor etish yoki kamsitish kuchaydi.Ularni ma'naviy qoloqlik ifodasi sifatida talqin etildi. Sharq xalqlarining, jumladan o'zbek xalqining ming yillik ma'naviy boyliklarini o'zida mujassamlashtirgan hadislar, shariat hukmlari diniy xurofat sifatida qoralandi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling