Referat mavzu: "Napaleon Bonapart- inson, siyosatchi va qo’mondon sifatida"


Download 394.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi394.89 Kb.
#1506375
TuriReferat
Bog'liq
napoleon bonapart- inson siyosatchi va qomondon sifatida




O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
 
Samarqand Davlat universiteti Tarix fakulteti
Umumiy tarix kafedrasi Yangi davr tarixi fanidan
REFERAT 
Mavzu:“Napaleon Bonapart- inson, siyosatchi va qo’mondon
sifatida” 
“… mening shiorim: Hammasi fransuz xalqi uchun! ” 
Bajardi: Xolkazakova F.F 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tekshirdi: Gadoyev H.U 
 
 
 
 
 
 
Samarqand_2014



Mavzu:“Napaleon Bonapart- inson, siyosatchi va qo’mondon
sifatida” 
 Reja: 
1. Imperatorlikka poydevor yaratgan – bolalik 
2. Korsikalik harbiyning ilk g’alabalari va uning siyosiy sahnaga kirib kelishi
3. Napaleon Bonapartning konsullik davri siyosati 
4. Napaleon I – Fransiya impertori. Imperatorning harbiy yurishlari va 
imperiya halokati 
5. Napaleon Bonapartning insoniyat tarixidagi o’rni 



Napaleon Bonapart 1769-yil 15-avgustda Korsika orolidagi Ayachchio 
shahrida advokatlik bilan shug’ullanuvchi Karlo Bonapart oilasida dunyoga keldi.
U tug’ilgan vaqtda Korsika orolida siyosiy vaziyat nihoyatda jadallik bilan 
o’zgarib turar edi. Sababi bu orol dastlab Genuya savdo respublikasiga tegishli 
bo’lib, 1755-yilda bu yerda mahalliy yer egasi Paoli tomonidan genuyaliklar 
haydab chiqarilib, Korsika mustaqil shahar sifatida e’tirof etildi. 1769-yilda 
Korsika oroli qirol Lyudovik XV boshchiligidagi fransuz qo’shinlari tomonidan 
egallandi. Bu voqealar Napaleon tu’gilishidan bir necha oy oldin sodir bo’lgan edi.
Shunday qilib Napaleonning bolaligi fransuzlarga qaram bo’lgan Korsika orolida 
kechdi. Napaleondan tashqari oilada 4 o’g’il va 3 qizdan iborat edi. Napaleon 
oilasida ikkinchi farzand bo’lishiga qaramay oilada farzandlar ichida yetakchi edi.
Uning bolaligidan unga bo’lgan yetakchilik qobiliyati keying hayotida rivojlanib, 
imperator darajasiga yetkazdi.
Keyinchalik Napaleonning o’zi xotirlashicha aynan bolalik davridagi o’ziga 
xos harakteri u ulg’aygandan so’ng ham tark etmagan. Napaleon o’z tengqurlari 
ichida alohida ajralib atrofdagilar bilan munosabat o’rnatishda nihoyatda 
ehtiyotkor bo’lgan. Oila serfarzand bo’lgani bois ham o’rtahol kun kechirar edi. 
Oila ta’minoti bilan band bo’lgan otasi Karlo Bonapart har doim ham bolalar 
tarbiyasi bilan shug’ullana olmasdi. Bunda asosiy vazifa onasi Letisiya zimmasiga 
tushar edi. U bolalar tarbiyasidda nihoyatda qattiqqo’l edi. Balki Napaleondagi 
qattiqqo’llik va tartibsevarligi onasidan o’tgandir. Napaleonning bolaligi kechgan 
davr mobaynida fransuzlarning Korsikaga ta’siri kuchli edi va bu Napaleonning 
qalbida fransuzlarga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirgan edi. Napaleon 
o’zi esdaliklarida keyinchalik bolaligida fransuzlarga salbiy munosabatda 
bo’lganligini ta’kidlaydi. Balki bolaligidan fransuz xalqiga nisbatan husumatiga 
Napaleon ismi talaffuz qilinishidagi nohush bir ibora bilan yaqinligi ham sabab 
bo’lgandir. Chunki uning ismi bilan tengqurlari orasida mashara bo’lishi unga 
yoqmaganligi tabiiy holdir. Lekin shunisi aniqki, Napaleonning keyingi hayoti va 
umrining oxirigacha fransuz xalqini nihoyatda yaxshi ko’rgan. Shunday qilib, 
1789-yilda o’n yoshida akasi Fosef bilan birga Fransiyaga yuborildi va shu yili 



Fransiyaning sharqidagi Brienne shahridagi harbiylashtirilgan maktabga qabul 
qilindi. 
Fransiyaning Korsika qaram hudud sifatida qarashi uning ijtimoiy hayotiga 
ham ta’sir qilgandi. Xuddi shu yili shu holat Napaleon o’qiyotgan harbiy maktabda 
ham bo’lib, bu Napaleonni do’stlari atrofidagi fransuzlar yaxshi chiqisha 
olmasligiga olib kelar edi. O’qish davri mobaynida Napaleonning o’ziga xos 
harakteri yanada rivojlandi. Endilikda u yanada qat’iyatli va shu bilan birgalikda 
odamovi bo’lib boraverdi. Napaleon hech kim bilan so’zlashmas, tez jahli chiqar, 
hech kim bilan yaqinlashishga urinmas ham edi. Tashqi tomondan qaraganda butun 
olamga befarqday edi. Lekin Napaleon bu davrda o’z ustida tinimsiz ishlar edi.
qunt bilan o’qir edi. U Yunoniston, Rim tarixini o’rgandi. Matematika, geografiya 
fanlarini o’zlashtirdi. Napaleon uchun bu davrda fransuzlar hech qanday 
ahamiyatga ega emas edi va ular faqatgina Korsikaning bosqinchilari edi xolos.
1784-yil sentabrda bu yerni tamomlab, Parij harbiy maktabiga o’qishga kirdi. Bu 
yerda Brienne maktabiga qaraganda ancha salohiyatli o’qituvchilar yig’ilgan edi.
U matematik Manj va astronom Lassaps dasturlarini qunt bilan o’rgandi.
1
Ammo dadasi Karlo Bonapartning 1785-yil fevraldagi vafoti Napaleonni 
hayotini o’zgartirib yubordi. Akasi Fozefning mas’uliyatsizli tufayli oilaga 
g’amxo’rlik qilish Napaleon Bonapartning zimmasiga tushdi. Parij maktabida bir 
yillik ta’limdan so’ng 1787-yil oktabrda Valans shahridagi polkga qabul qilindi.
Bu davr Napaleon hayotida eng og’ir davrlardan biri bo’lib qoldi. Chunki u o’n 
yoshida sakkiz kishilik oilaga boshchilik qilishi kerak edi. Aynan shu davr 
Napaleonning hukmronligi uchun poydevor bo’ldi. U bu davrda o’z bilimini 
oshirishga ham katta e’tibor qaratdi. U tarix, matematika, geografiya va 
sayohatnomalar bilan qiziqdi. U XVIII asr namoyandalari Volter, Russo,
Dalamber, Mabli, Reynal ijodi bilan tanishdi. Shunisi ahamiyatliki Napaleon bilim 
olish va dunyo bilan tanishishga shu qadar berilgan ediki, u tashqi tomondan 
nimadandir alamzada tuyular edi. 1766-yilda oilasiga yordam berish uchun ona 
1
Е.В.ТАРЛЕ – «Напалеон» - Москва-1957г 12-13 ст. 



yurti Ayyachchioga qaytishga majbur bo’ldi. 1788-yilda Fransiyaga qaytgan 
Napaleon o’z polki bilan birgalikda Oksoni shahriga yuboriladi. U bu yerda ham 
tirishqoqlik bilan o’qishdan to’xtamadi. U endi asosan harbiy soha bilan bog’liq 
bo’lgan adabiyotar bilan qiziqa boshladi. U bu yerda Yustinian kodekslari bilan 
tanishadi. 
U keyinchalik Napaleon kodekslarini tuzishda qo’l keladi. U aynan 
Oksonda ballistikaga doir bo’lgan traktat yozadi. Artelleriyachilik uning asosiy 
harbiy sohasiga aylandi. 1789-yil fransuz burjua inqilobi davrida Napaleon o’z 
kelajagi uchun to’g’ri yo’lini tanlab olishi kerak edi. Endi uning oldida ikki tanlov 
Korsika va Fransiya turar edi. O’n yoshligidagi Napaleon bilan bu davrdagi 
Napaleon o’rtasida katta farq bor edi. Napaleon endi Fransiyaning qudratini 
tushunib yetgandi. U o’z qobiliyatini ko’rsatish uchun Fransiya yaxshi 
imkoniyatligini anglaydi. Lekin Fransiyada o’z o’rnini topa olishga unchalik ham 
ishinmagan Napaleon oilasi yodnida bir qancha muddatga Korsikaga qaytadi.
1792-yilda Korsikaga hizmatga keladi va shu yil yana Fransiyaga qaytgan 
Napaleon Fransiyadagi 1792-yil 20-iyul va 10- avgustdagi voqealarning guvohi 
bo’ldi. 1793-yilda Korsikadagi qaltis vaziyat tufayli Napaleon oilasini ham 
Fransiyaga olib keladi. 1793-yilda Tulon royalistlari inglizlar yordamiga tayanib 
inqilobiy harakatni boshlab yubordi. Inqilobchilar armiyasi Tulonni muvaffaqiyatli 
qamal qildilar. 17-dekabr kuni 7 ming kishilik qo’shin bilan respublikachilar 
armiyasi Tulonni egallaydi va inglizlarni haydab chiqaradilar. Tulonni egallashni 
Bonapart mohir harbiyona harakatlari natijasi edi.
1793-yil 17-dekabrdagi urush Napaleonning birinchi muvaffaqiyatli harakati 
edi. Tulon xavfini bartaraf etgan Napaleon Fransiya respublikachilari uchun 
qahramonga aylandi. 1794-yil 17-yanvarda 24 yoshli Napaleon brigadrlik generali 
unvonini oldi. Shunday qilib Napaleon respublikachilar bilan iliq munosabatlar 
o’rnatdi. Ammo 1794-yil 9-termindor voqealari natijasida Maksimilian Robespyer 
boshchiligidagi hukumat ag’darildi. Ular bilan aloqada bo’lgan Napaleon ham 
1799-yiul 10-avgustda qamoqqa olinadi. Lekin 14 kundan so’ng o’z aybi 
isbotlangach ozod qilinadi. Yangi hukumat bilan kelisha olmagan Napaleon 



iste’foga chiqadi. Bu davrda Fransiyada siyosiy ziddiyatlar tobora keskinlasha 
boraverdi. 9-termondorning bosh asoschilaridan biri Barras Parij qurolli kuchlari 
qo’mondoni etib tayinlandi. Lekin u harbiy emas edi. Shuning uchun u Bonapartni 
qaytaradi. Undan konferentni himoya qilishni so’raydi. Napaleon unga faqat bir 
shart harakatlariga hech kim aralashmasligi sharti bilan rozi bo’ladi. U Barras 
yordamchisi etib tayinlandi. 13-Vandemerdagi tarixiy kun Napaleon uchun 
Tulondan ham ahamiyatli bo’ladi. Qo’zg’alonchilar Konventga qarab 
harakatlanishayotgan edi va u ular Napaleon boshchiligidagi Konvent armiyasi 
bilan to’qnashdilar. Kurash Rox cherkovida bo’lib o’tdi va bu yerda Napaleonning 
shavqatsizligi namoyon bo’ladi. Qo’zg’alon bostiriliadi. 24 ming kishilik 
qo’zg’alonchilarni 6 ming kishi bilan tinchlantirgan Napaleon harbiy kuchlar 
boshlig’iga ega bo’ladi. Shunday qilib 13-Vandemer Napaleonning katta yutug’i 
bo’ldi. U yana o’z qobiliyatini namoyon qildi. Tulon tasodif emasligini isbotladi. 
Barras endilikda mavjud vaziyatni nazoratda ushlab turish bilangina cheklanar edi. 
Lekin Napaleon fransuz armiyalaridan biriga boshchilik qilishni istar edi. U o’z 
harbiy imkoniyatlarini sinab ko’rishga intila boshlaydi. Uning bu intilishi italyan 
yurishlari (1796-97) olib keladi.
Bu davrda Napaleonning shaxsiy hayotida o’zgarish yuz beradi. U graf 
Bogernening bevasi Jozifina Begerne bilan tanishadi. Yosh general bu vaqtda 
amaldorlar orasida yaxshigina mavqega erishgan edi. 1796-yil 9-mart kuni 
Jozifinaga uylanadi . Napaleonning Italiyaga yurish tashkil etishga direktoriyani 
ko’ndirish oson bo’lmaydi. 1796-yil 23-fevralda Napaleon boshchiligida armiya 
tayyorlandi va 1796-yil 11-martda harakatlarni boshladi. 
2
Aynan italyan yurishlari davomida Napaleonning qo’mondonlik hislatlari 
namoyon bo’ldi. Bonapartning qarashlari bo’yicha urush o’z-o’zini taminlashi 
kerak edi. U qo’mondon sifatida go’yoki qo’shinga juda mehribon edi. Lekin 
Napaleon zobitlarning ruhiy ahvolini tushungan holda ularga ta’sir qilar edi. 
Napaleon bu vaqtda hali qo’shin bilan muomala qilishda no’noq bo’lib, u 
2
Е.В.ТАРЛЕ – «Напалеон» - Москва-1957г 32-33 ст. 



zobitlarni yurishga tayyorlashda ularning manfaatlaridan bo’lib chiqib ish tutar edi. 
Yani zobitlarga Italiyada ularni moddiy manfaat kutayotganligiga ishontirgan edi.
”1796-yil 9-aprelida Napaleon qo’shinlarini Alp tog’lari bo’ylab olib o’ta 
boshladi. Urush davri boshlangach Napaleon Avstriya armiyasi bilan birin-ketin 
shavqatsiz urushlar olib bora boshladi. Bunda unga mohir qo’mondonligi va 
raqiblar xatosidan unumli foydalana olish qo’l keldi. 1797-yil Avstriya imperatori 
Fransiyadan tinchlik shartnomasini imzolash taklifini oldi va uni qabul qildi. Shu 
yilning o’zida papa bilan Tolentinoda shartnoma imzolandi. Avstriya bilan Italiya 
masalasidagi so’ngi shartnoma 1797-yil 17-oktabrda imzolandi. Italiya urushlari 
nihoyasiga yetkazildi.
1797-yil 7-dekabrda Napaleon Parijga yetib keldi. 10-dekabrda g’alabasi 
munosabati bilan Luksemburg saroyida direktoriya vakillari bilan uchrashadi. O’z 
harbiy yurishlaridan ruhlangan Bonapartning endilikda o’ziga bo’lgan ishonchi 
yanada ortadi. Napaleon endilikda Misr yurishlari haqida o’ylay boshlaydi. 
Napaleon tarixi uchun Misr ikkinchi asosiy yurish hisoblanadi. Napaleonni MIsrga 
yurish qilishiga Misrning O’rtayer dengizining savdo chorraxasida joylashib, 
muhim strategic ahamiyat kasb etishi va Misr4 hamda Suriya haqidagi XVIII asr 
ma’lumotlarida boy tabiiy boyliklar makoni bo’lib colonial siyosat uchun qulayligi 
undadi.
Misr yurishi Fransiya uchun juda xavfli va serharajat edi. Shuning uchun 
Napaleonga hukumatni yurishlarga rozilik berishga ko’ndirishga qiyin bo’ldi. 
Bunda Napaleonga tashqi ishlar vaziri Taleyran yordam berdi. Lekin Taleyran 
Direktoriyani urush sarf harajatlariga ko’ndirish oson bo’lmadi. Chunki 
Direktoriya Fransiyani bunday tahlikali vaziyatga qo’yishni istamas edi. Lekin 
Napaleonning harakatlari Taleyranning Direktoriyaga ta’si natijasida Direktoriya 
Misr yurishlariga rozilik bildirdi. Qo’shinga Napaleon qo’mondon etib tayinlandi. 
1798-yil 5-martda Misrga Fransiya yurishlar tashkil etishga qaror qildi. Napaleon 
tezlik bilan Fransiyaning harbiy flotini shakllantirishga kirishib ketdi. 1798-yil 19-
mayda Fransiya armiyasi Misr harbiy yurishlariga tayyor bo’ldi. Lekin 
Fransiyaning Misrga yurishi sir tutilar va butun Yevropa Fransiya harbiy 



yurishlarga tayyorgarlik ko’rayotganligini bilsada, bu yurishlar qayerga 
qaratilganligidan behabar edi. Bu orada Napaleon Yevropa davlatlarini chalg’itish 
uvhun go’yo u Gibraltardan o’tib, Irlandiyaga hujum qilmoqchidek habarlarni 
tarqatdi. Napaleon 30-iyun o’z qoshi bilan Misr qirg’oqlariga yaqinlashdi. Misrni 
egallashda Fransiyaga Angliya qarshilik qildi. Napaleonning Misr yurishlarida 
yangi generallik qirralari ochildi. U endilikda harbiy flotni tashkil etishni va uni 
boshqarishni o’rgandi. Yevropada xavfli hisoblangan barcha qo’mondonlar ham 
jur’at eta olmaydigan Sharqqa yurishlarni tashkil etdi. Lekin Misr yurishlarida 
Napaleon shavqatsizlikka yo’l qo’ydi. U Qohira, Xaffa va Aleksandriyadagi 
urushlarda asir olinga 4 ming yaqin odamlarni otishga buyruq berdi. U bu 
voqealardan o’z ofitserlariga “hech kimga bu otishmalarni ko’rishni tilamasdim “ 
dedi holos.
Fransiyaning Misrga yurishi muvaffaqiyatli chiqdi. Ammo bu davrda 
Fransiyaning o’zida ichki vaziyat yomonlashdi. Rus generali tomonidan 
Napaleonning Italiyadagi muvaffaqiyatlari yo’qqa chiqarilgan edi. Bu davrda 
Napaleon Fransiyadagi vaziyatni anglab Fransiyaga qaytishga tayyorlana boshladi. 
1799-yili 23-avgustda Napaleon Fransiyaga qaytadi. Napaleonning Fransiyaga 
tashrifi Bastiliya voqealaridan avj olib, Fransiya inqilobiga yakun yaratdi. 1799-yil
8-oktabrda 
Napaleon 
Fransiyaga 
yetib 
kelganida 
18-bryumer 
davlat 
to’ntarilishigacha bo’lgan bir necha hafta mobaynida Napaleon butun Fransiya va 
Yevropa tarixini o’zgartirib yubora oladigan ishlarni amalga oshirdi.
Direktoriyaning bu davrda xalq orasida obro’yi nihoyatda tushib ketgan edi. 
Chunki tashqi siyosatda kuchsizlanib borayotgan Direktoriya amalda hokimiyat 
egalari bo’lgan burjuaziyani qoniqtirmay qo’ygan edi. Yirik burjuaziya vakillariga 
ichki va tashqi moliyaviy barqarorlikni saqlaydigan va Fransiyaga tinchlik olib 
keladigan xullas ular manfaatlarini himoya qiladigan Direktoriya zarur edi. Albatta 
yangi hukumat xalqni ham rag’batlantirish, xalq tominidan ham qo’llab-
quvvatlanuvchi kishi bo’lishi kerak edi. Xuddi shu shaxs g’alabalari bilan ovora 
bo’lgan yosh general Napaleon Bonapart edi. Napaleonning Parijga kelishi yangi 



hukumat tuzilishini birininchi qadami edi. Butun xalq va harbiylar uni tantanali 
kutib oldi.
Napaleon Bonapart ham Fransiyadagi keskin ichki vaziyatni tobora yaxshi 
anglab borar edi. Direktoriya boshqaruvida amalda hukmronlik qilayotgan Liyes 
va Barras Naopaleonning qobiliyatini to’g’ri baholay olmas edi. Sires 
Napaleonning qaytishini Direktoriya uchun yangi qurol sifatida qabul qildi. Barras 
esa undan farqli o’laroq Fransiyaning inqilobiy yillarida katta mavqega ega bo’lib 
olgan edi. U bundan tashqari asosan moddiy manfaatlarga asoslangan holda ish 
olib borar edi. Ana shu Sires va Barras o’rtasidagi murosalli kunlarda Napaleon 
Bonapart o’zining keying siyosiy faoliyatini ta’minlaydigan Taleyran va Fushe 
bilan ish boshladi. Fushe Burbonlar sulolasining tiklanishi uchun kafolat bo’lishi 
kerak edi. 
3
Shu kabi davlat to’ntaruviga qadar Napaleon Bonapart ko’pgina kelajakda 
o’zida foydali bo’lgan ko’pgina odamlar bilan hamkorlik boshladi. Bu insonlar esa 
yosh generalning siyosiy ishlarida no’noqligiga ishonishar va keyinchalik uni 
osongina boshqarish mumkinligini tahmin qilishar edi. Ammo ularning fikrlari 
noto’g’ri ekanligi qisqa muddat ichida o’z isbotini topdi. Napaleon Bonapart 
Fransiyani royalistlardan qutqaruvchi ekanligini yana bir bor isbotladi. 1799-yil 
18-bryumer kuni Napaleon Bonapart davlat to’ntaruvini amalga oshirdi va uning 
hal qiluvchi natijalar 19-bryumergacha davom etdi. Sen Klu saroyida Kengash 
respublikani boshqarish uch konsul qo’lida top’lanishi haqida yangi dekretni e’lon 
qildi. Unga ko’ra birinchi konsul Napaleon Bonapart, ikkinchi konsul Siyes, 
uchinchi konsul Poje Dyugo edi. Ular birgalikda respublikani boshqardilar. 
Amalda esa hokimiyat Napaleon Bonapart qo’lida to’plandi. 30 yoshlik korsikalik 
Napaleon Bonapart Fransiyaning “egasi”ga aylandi.
Shunday qilib Napaleon Bonapartning 15 yillik siyosiy faoliyati boshlandi. 
Uning davrida Fransiya har qachongidan qudratli ham davlatga aylandi. Davlat 
boshqaruvida Napaleon Bonapart barcha iqtidorini sarflagan holda ish boshladi. U 
3
Е.В.ТАРЛЕ – «Напалеон» - Москва-1957г 67-73 ст. 


10 
davlat manfaati uchun barcha imkoniyatlardan imkon qadar foydalana boshladi. 
Napaleon Bonapart barcha siyosiy faoliyatidan maqsad o’z hukmronligini 
mustahkamlash va kengaytirish edi. Napaleon Bonapart siyosiy konsullik davrida 
o’z boshqaruvini asosini yaratdi. U monarxiyadan farqlanuvchi markazlashuvning 
yangicha tizimini yaratdi.
Yevropaning eng kuchli davlat rahbarlaridan biriga aylangan Napaleon 
Bonapart ayni davrda Fransiya ichki va tashqi siyosatda tarqoqlikka uchraganini 
bilardi va uni bartaraf etishga harakat qila boshladi. Tashqi siyosatda Fransiya 
muammosi Italiya masalasi edi. Suvorov tomonidan Napaleon Bonapart Italiyada 
erishgan barcha yutuqlar yo’qqa chiqarilgan edi. Butun Yevropa va Fransiyaning 
ichki siyosatchilari yosh generalning keyingi faoliyatini kuzatar edilar. chunki bu 
holatdagi Fransiyani o’zgartirish konsuldan juda ko’p kuch va iqtidorni talab qilar 
edi. Napaleon keng miqyosda Fransiyada islohotlar o’tkaza boshladi. Albatta bu 
islohotlar maqsad o’z hokimiyatini kuchaytirish bo’lsada bu o’zgarishlarning 
barchasi Fransiyani bu davrdagi holatiga ijobiy ta’sir eta boshladi. U 
markazlashtirilgan davlat apparatini barpo etdi.
Napaleon konsullardan biri bo’lgan Siyesga yangi konstitutsiya loyihasini 
ishlab chiqishni topshiradi. Siyes tomonidan ishlab chiqilgan konstitutsiyaning 
yangi bandlariga Napaleon Bonapart tomonidan o’zgartirishlar kiritiladi va davlat 
to’ntaruvidan keyingi bir oy mobaynida tayyor bo’ladi. Konstitutsiya loyihasuga 
ko’ra respublikani boshqarishda 3 konsul ishtirok etadi. Senat konsullar tomonidan 
tayinlangan, Senat esa qonun chiqaruvchi va Tribunatni tayinlaydi. Yangi 
konstitutsiyada birinchi konsulning yetakchiligi ko’rsatiladi.
1799-yil 25-dekabrda xalq plebesteti o’tkaziladi va unda konstitutsiya 
loyihasi maqullanadi. Birinchi konsul etib esa Napaleon Bonapart tayinlanadi va 
butun hokimiyat uning qo’lida to’planadi. Endilikda Napaleon Bonapart o’z 
hokimiyatining yanada mustahkamligini siyosiy jihatdan ta’minlashni boshlaydi. U 
mamlaktdagi 73 gazetadan 60 tasini ta’qiqlaydi. Qolgan 13 tasini esa kuchli tayziq 
ostiga oladi. Mamlakatda mavjud bo’lgan barcha o’zini-o’zi boshqarishni yo’q 
qiladi, saylanadigan mansablarni bekor qiladi. Mamlakat to’liq harbiylar 


11 
nazoratida bo’lish kerakligini bildiradi. Har bir sohada politsiya nazoratini 
o’rnatadi. Politsiya nazorati nafaqat oddiy xalq ustidan, balki o’zaro ham 
o’rnatilgan edi. Politsiya boshlig’i etib esa Fusheni tayinladi. O’z hukmronligining 
uch oyi mobaynida Napaleon Parij yuqori qatlam vakillari tomonidan 
boshqariladigan markazlashgan davlat apparatini yaratdi. Yangi qabul qilingan 
konstitutsiya Napaleon hokimiyatini qonuniy asosi bo’ldi. 
Napaleon konsul sifatida 10 yilga tayinlandi. Senat a’zolari soni esa 80 
kishini tashkil etgan. 1800-yil bahoriga kelib esa Napaleon Bonapart davlat 
boshqaruvini butunlay yangilab o’z boshqaruvini tashkil etib bo’lgan edi.
Napaleon o’z siyosiy dushmanlarining asosiy qismidan qutilib bo;lgan edi. Shu 
yilning aprel oyida Fushe tomonidan Parijda burbonlar sulolasi tarafdorlari 
royalistlar bilan Angliya vakillari hamkorlikda ish olib borayotganligini ochib 
berdi. Napaleonning Angliya qiroli Georg III bilan bo’lgan suhbatda esa qirol 
Burbonlar sulolasini tiklanishi tarafdori ekanligini yashirmadishu davrdan 
Napaleon kelajakdagi Fransiyaning ichki asosiy muammosi Angliya ekanligini 
tushunib yetadi. Angliya bilan urush olib borishda Anliyani dastlab Yevropadagi 
ittifoqchilardan uzoqlashtirish kerak edi. Ittifoqchilar ichida bunday qulay vaziyat 
Shimoliy Italiya masalasida Avstriya edi. Napaleon Avstriyaga qarshi 1800-yil 8-
mayda harakatlarni boshladi. Napaleonga shimoliy Italiyani egallashga qarshi 
kuchli Avstriyaliklar qo’shini turar edi. 
Avstriyaga g’alabalar keltirgan Suvorov endilikda Rossiyaning o’zi bilan 
band edi. Avsrtiya qo’shiniga Melas boshchilik qilardi. 1800-yil 2-inunida 
Napaleon Milan Paviya Kremon kabi muhim shaharlarni egallab avstriyaliklar 
ustidan dastlabki g’alabaga erisha boshladi. 14-iyunda Morengada asosiy hal 
qiluvchi jang bo’lib o’tdi. Morenga jangi muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. 
Bu butun Yevropaning keying ahvoliga jiddiy ta’sir etar edi. Bunda royalistlar 
yanada faolroq ish olib borishardi. Bu jangda ular Napaleonni halok bo’lishini 
kutishar edi. Bu urushda Avstriyaliklarning qo’shini son jihanidan ham, qurol 
yarog’ jihatdan ham fransuz qo’shinidan ustun edi. Avstriyaliklar o’zlarining 
g’alabalariga to’la ishonar edi. 


12 
Jangda Napaleonning ishongan generallaridan Deza Avstriyaliklarga hal 
qiluvchi zarbalarni beradi va jangda halok bo’ladi. Jangda Fransuzlar g’olib 
bo’ladilar. Italiya yana Bonapart qo’liga o’tadi. G’alabadan so’ng Napaleon 
Avstriya bilan foydali bitim tuzishga harakat qiladi. So’ng Angliya bilan 
kelishuvga kelish va Fransiya uning ichki ahvolida yangi qonunchilik loyihalarini 
ishlab chiqishni maqsad qildi. Bundan tashqari mamlakat siyosiy hayotida 
Napaleon uchun asosiy raqiblari bo’lgan yakobinchilar va royalistlar muommosi 
ham avj ola boshladi. 1800 yil oktabr oylarida Fushi yakobinchilari tomonidan 
Napaleonga qarshi suiqast uyushtirilayotganligidan xabar topadi va uni bartaraf 
etadi. Lekin 1800-yil 25-dekabrda Napaleon o’z karetasida Sen-Niker ko’chasi 
bo’ylab ketayotganligida kareta yaqinida portlash yuz beradi. Opera binosi 
yaqinida yuz bergan bu portlashda Napaleon dastlab yakobinchilarni aybdor deb 
hisoblab ularga qarshi qattiq jazo choralarini ko’ra boshlaydi. Keyinchalik bu 
suiqasd royalistlar tomonidan uyushtirilganligi ma’lum bo’ladi. Lekin Bonapart 
endilikda har ikkala siyosiy kuchlarni bartaraf etishga harakat qiladi. Napaleon 
buyrug’iga binoan Fushe tomonidan butun Fransiyada yakobinchilar va ayniqsa 
royalistlarga qarshi “tozalash”lar amalga oshiriladi.
1801-yil Avstriya bilan kelishuv va 1803-yildagi Amendagi Angliya bilan 
kelishuvlardan so’ng Napaleon Fransiyani boshqaruv moliyaviy, iqtisodiy va 
jinoiy qonunchilik sohalarini mustahkamlashga harakat qildi. Iqtisodga bu davrda 
hali ham kapitalistik munosabatlar rivojlanayotgan edi. Shuning uchun Napaleon 
avval savdo va ishlab chiqarishga asosiy e’tiborini qaratdi. Napaleon iqtsodiy 
masalarni hal qilishda bu sohani yaxshi tushunib olish uchun shu soha kishilari 
bilan suhbatda bular, keyin xulosalab o’zi qaror chiqarar edi. Davlat apparatini 
shakillantirishda u hamma qo’l ostidagilarni ko’proq ishlashga undar edi. Bu hol 
harbiylar bilan ham amaldorlar bilan ham yuz berar edi. 
1800-yildagi g’alabadan so’ng Napaleon papaga kelishuv muzokaralarini 
olib borishni taklif etadi. Bu muzokaralar fransiyada katolikni tiklashga qaratilgan 
edi. Tuziladigan konkordat Napaleonning fikricha oldin butun armiyani 
birlashtirish va xalqni ishontirib uni tinch holatda saqlash uchun kerak edi. Italiya 


13 
egallangandang so’ng Papa ham Napaleon ta’siriga tushib qolgan edi. 
4
Papa undan 
qo’rqardi va uni zo’ravon va talonchi deb bilar edi. Napaleon esa Papa Piy VII 
ning biror so’ziga ishonmas uni yolg’onchi va ikkiyuzlamachi deb bilar edi. 1801-
yil 17-iyulda Napaleon va Piy VII o’rtasida konordat imzolandi. 1802-yil 15-
aprelda esa Fransiyada konkordat haqidagi va katolik cherkov tizimining yangicha 
ko’rinishi haqidagi qonun qabul qilinadi. Unga ko’ra Napaleon “katolik fransuz 
fuqarolarining dini ” deb belgilaydi. Lekin Napaleon katolikni davlat dini deb 
belgilamaydi. Yepikoplar va arxeyepiskoplar Napaleon tanloviga binoan 
tayinlanadigan bo’ldi. Papa bilan kelishuvdan so’ng Napaleon yangi legion tashkil 
etadi.
Uni 1801-yildan beri tashkiliy ishlar olib borilayotgan bo’lsada 
konkordatlardan so’ng qonuniy faoliyatini boshladi. U to’liq oily hokimiyat xoxish 
istaklarini amalga oshirish kerak edi. U ordin sifatida tuzilgan bo’ilb hozirga qadar 
Fransiyada mavjud. Napaleon ta’lim sohasiga ham e’tibor qaratib o’qishning 
tizimli ko’rinishini tashkil qildi. Ta’lim sohasi umumiy boshqaruv organi 
“Unversitet” deb nomladi. U ikki tizimni ishini olib borar edi. Ular 1-yuqori 
maktablar, 2-litseylar o’rta maktablar. Yuqori maktablar asosan amaldorlar 
tayyorlashga qaratilgan bo’lsa litseylar ofitserlar tayyorlashga muljallangan edi. 
Napaleon ilm fanga ham nihoyatda qiziquvchanligi o’z davrida uning rivaziga 
turtki berdi. Marenga jangidan 2 oydan so’ng 1800 yil 12- avgustda Napaleon 
Fransiyaning poydevori bulib xizmat qiladigan fuqorolik kodekisini ishlab 
chiquvchi kodiksiyani tashkil etishga kirishgan edi. U 4 kishidan iborat edi. 
Kodekskar keyinchalik Napaleon kodekslari nomini oldi. 1803-yil martida 
Napaleon kodekslari davlat kengashiga taqdim etiladi.
Qonun chiqaruvchi korpus hech qanday noraziliklarsiz kodikslarni qabul 
qildi. 1804 yil mart oyida Napaleon tomonidan ishlab chiqarilgan kodekslar 
Fransiya qonunchiligi asosi sifatida qabul qilindi. Kodekslar butun yikik 
4
ГЛЕБ БЛАГОВЕЩЕНСКИЙ - «НАПОЛЕОН I БОНАПАРТ» - 
М.: АСТ; СПб.:Астрель-СПб, 2010 г.- 
126cт


14 
burjuariyaning hokimligini ta’minlar edi. Tijorat kodeksida Fransiyadagi savdo 
sotiqning to’liq nazorati ko’rsatib o’tilgan edi. Bank va birjalar faoliyati notarial 
huquqlari va boshqa savdoga oid barcha faoliyatlar batafsil ko’rsatilgan edi. 
Kodekslarning asosiysi va oxirgisi sifatida Jinoyat kodeksi ishlab chiqildi. Unga 
ko’ra Napaleon o’lim jazosini saqlab qoldi. Napaleon tomonidan ishlab chiqilgan 
kodekslar hozirgi kundagi Fransiya qonunchiligi poydevori bo’lib xizmat qiladi. 
1802-yildan Napaleon keng miqiyosidagi bosqinchilik yurishlarini davom 
ettirdi. Elba Pemont va Parma bosib olinadi. Janubuy Italiya portlarida fransuz 
gornizonlari kengaytirib boriladi. Oktabr oyida dastlab Shvetsariya eggalanadi. 
Janubiy german davlatlari Bovariya Vyurtemburg , Beden, Gessen Fransiya 
vassaliga aylandi. Malta masalasida Parij va London o’rtasida muzokoralar bo’lib 
o’tadi. Ingliz diplomati Uitvort va Napaleon o’rtasida ziddiyatlar boshlanadi. 
 
Shuningdek, Bonapart Fransiyada mustamlaka ekspansiyasini qaytadan 
boshlashga harakat qildi. Amyen tinchlik sulhining imzolanishiga qadar, San-
Domingoga harbiy ekspeditsiya yuborilgan edi. “Qora konsul” Tussen-Luvertyur 
aldov yo’li bilan asirga olindi va Fransiyaga yuboriladi, so’ngra u shu yerda vafot 
etadi. 1802-yilgi dekret bilan ko’plab fransuz mustamlakalarida quldorlik qayta 
tiklandi. Napaleon Shimoliy Amerikada hududida fransuz ta’sirini kuchaytirishga 
harakat qildi. Ispaniya unga Luizianana topshirdi. Bunday barcha siyosat 
muvaffaqiyatsizlikka uchradi- San-Domingodagi fransuz ekspeditsiya armiyasi 
tropik kasalliklar tufayli kuchsizlangan edi va tor- mor qilinadi; oxir-oqibatda 
Luizianani Napaleon sotishiga to’g’ri keldi. Barcha urinishlar, Yaqin Sharqdagi 
aktivlik Angliyani xavotirga soldi. Ingliz diplomatiyasi aksil fransuz koalitsiyasini 
qayta tiklashga urinar edi. Amyen shartnomasi shartlariga ko’ra, Malta orollarini 
ajratib berishni inglizlar rad qilar edi. Napaleon bunday rad javobini aloqalarning 
yomonlashuvi uchun sababga aylantirishga harakat qildi. 1803-yilning martida 
Napaleon barcha diplomatik vakillar ishtirokida, saroyda ingliz elchisiga: “Malta 
yoki urush” deb ma’lum qiladi. 12-may kuni u Parijdan norozilik kayfiyati bilan 
qaytib ketadi va 22-may kuni Anliya va Fransiya o’rtasida urush boshlanadi. 
Bunday kelishmovchiliklar Napaleon boshqaruvining oxiriga qadar davom etgan. 


15 
Napaleon dastlab ingliz qiroli ta’siridagi nemislarning Gannoverini egallaydi. 
Shundan so’ng janubiy Italiyadagi hududlarni egallashga kirishadi. U gollandiya 
va Ispaniyaga frasuz floti va harbiylarga yordam berishga kirishdi. Angliya va 
Fransiya o’rtasidagi urush butun Yevropaga o’z ta’sirini o’tkazdi. 
Napaleon shaxsiy hokimiyatining kuchayishi Markaziy va Sharqiy 
Yevropadagi 
absolyut-feodal 
monarxiya 
rahbarlarining 
dushmanona 
munosabatlarini kuchaytirar edi. Birinchi konsulning tashqi siyosati anashu qasos 
olish rejalarining yuksalishiga turtki bo’ldi. Napaleonni “haqiqiy chegaralar” 
siyosati qoniqtirmas edi. U Italiyada to’liq xo’jayinlik qilar edi: Sizalpin 
respublikasiga bir qator davlatlar qo’shiladi, Pemont esa 1802-yilning sentabrida 
Rossiya tomonidan bosib olinadi. Napaleon “vositachi” rolida chiqib, Shvetsariya 
Kantonlarining ichki kurashlariga aralashadi va amalda Gelvitik respublikasining 
“protektoriga” aylanadi. Reynning chap qirg’og’i bilan qoniqmasdan, u german 
ishlariga aktiv aralasha boshlaydi. Uning ishtirokida 1803-yilning fevralida 
“retsessiya” to’g’risida akt o’tkazildi. O’nlab mayda konfessional va knyazlik 
mulklar – katta progressiv ahamiyatga ega bo’lgan.
Fransiyada bu davrda ichki vaziyat ham o’zgarib borayotgan edi. Napaleon 
endi mutloq konsullikni Yevropaning boshqa hukmdorlari bilan teng emasligini 
mavqeyini oshirish kerkligini tushundi. U o’z hokimiyatini merosiy sulolalar 
boshqaruviga aylantirishga kirishdi. U endi qirollik emas imperatorlik tituliga ege 
bo’lishga harakat qiladi. Napaleon Karl Buyukdan so’ng 1000 yil o’tgach 
imperator titulini olishni G’rb imperatori bo’lishni va Fransuz qirollarini emas 
Buyuk karl davomchisi ekanligini ko’rsatib o’tadi. Buyuk Karlning toj bilan 
taqdirlanishi Papa tonomidan tashkillashtirilib berilgan edi. Karl shaxsan papa 
huzuriga bo’rib uning qo’lidan tojni kiygan edi. Napaleon esa o’z hukmdprligini 
papaga tobe emasligini ko’rsatish maqsadida Papani o’zini parijaga chaqirtiradi. 
Papa Napaleonni bu qarorini hadik bilab qabul qiladi. Lekin u Napaleon tomonidan 
Italiyada egallangan yerlarni bir qismini qaytarishini so’ramoqchi bo’lib 
Napaleonni istagini bajarish uchun Parijaga tashrif buyuradi 


16 
1804-yil 2-dekabrda Parijdagi Nort –Dam saborida Napaleonni toj kiyish 
marosimi bo’libotdi papa Piy VII Napaleonga tojkiydirish uchun tojni qo’lpga olib 
tayyorlanishida Napaleon Bonapart tojni papani qo’lpdan oladi va o’zi kiyadi 
shundan so’ng rafiqasi Jozefinaga toj kiydiradi. Bunday usulda toj kiyishdan 
Napaleonning siyosiy maqsadi ham mavjud edi. Napaleon o’zi yxshi ko’rmagan va 
Hurmat qilmagan cherkondan toj kiyishni xoxlamasdi va asosiysi uning mavqeyi 
papa tomonida belgilanmasligini ko’rsatib o’tadi. Imperiyaning e’lon qilinishi 
oltita “yuqori amaldorlar”ning belgilanishi bilan kuzatildi: sobiq ikkinchi konsul 
Kambaseres “arxikansler”; uchinchi konsul Lebren “xazinachi”; Jozef Bonapart 
“buyuk saylovchi”; uning ikkinchi ukasi Lui “konnetablist”; Napaleonning 
singlisiga uylangan, sinalgan kavaleriyachi Myurat “buyuk Admiral” likka 
tayinlandilar. Napaleonning yaqin harbiy sarkardalari marshal lavozimini olishdi.
Oddiy konsullik saroyi o’rniga saroy xonimlari, mahramlari, hatto oltin qilib 
tikilgan yangi kiyimlar bilan yorqin imperatorlik saroyi tashkil topdi. Shundan 
so’ng imperator Napaleon Bonapart keng miqyosdagi tashqi siyosatni boshlab 
yubordi. 1806-yilning iyulida o’n oltita german davlatlaridan vujudga kelgan Reyn 
konfederatsiyasi tashkil etiladi. U yangi liganing “protektori” bo’lib, u Napaleonni 
qo’llab-quvvatlagan. Frankfurt konfederatsiya markazi bo’ladi va uning tepasiga
sobiq Mains yepiskopi, Frankfurtning buyuk gersogi Karl Dalberg o’tqazildi.
Reyn konfederatsiyasi tarkibiga kiruvchi barcha davlatlar germanlar millatining 
Muqaddas Rim imperiyasi tarkibidan chiqdi. 1806-yilning 6-avgustida Frans II 
Avstriya imperatorlari yuz yillar davomida egalik qilib kelgan, bu unvondan voz 
kechdi. 
5
1806-yilda Batav respublikasi yo’q qilindi va golland qiroli qilib 
Napaleonning ikkinchi ukasi Lui tayinlandi. Napaleon o’zining katta opasi Eliza 
uchun va o’zining yaqinlari uchun bir nechta davlatlarni tortib oldi. Myurat 
Bergning (Germaniya hududida) buyuk gersogi bo’ldi. Taleyran- Benevent 
knyazi, general shtab rahbari, marshal Berte- Nevshatel knyazi, Napaleonning 
5
Напалеон I. Избранные произведения. Москва-1956 г. 675 ст.


17 
qarindoshi marshal Bernadot Pontekarno knyazi bo’ldilar. Biroq, Pontekarno va 
Benevent papa mulki hisoblangan, va bu yangi nizoni keltirib chiqardi, bu safar 
Rim papasi bilan edi. Piy VII Jozefni Neopolitan qiroli etib tan olishdan bosh 
tortdi va ilgarigidek Benevent va Pontekarno da’vo qilardi.
XVIII-asrda Fridrix II ning g’alabasidan so’ng pruss armiyasi yevropadagi 
eng kuchli armiyalardan biri hisoblangan va yangi koalitsiya rahbarlari unga katta 
umidlar bog’lashgan. 1806-yilning 25-sentabrida Napaleon Sen-Klu dagi 
imperatori qarorgohidan chiqdi va 3-oktabrda armiyasi oldiga keldi. 14-oktabrda 
Napaleon rahbarligi ostida Iena yaqinida va uning yaxshi marshallaridan biri Davu 
rahbarligi ostida Auershtadt yaqinida ikkita jang bo’lib o’tadi. Bunda pruss 
armiyasi tor mor qilinadi. 27-oktabrda frnsuzlar Berlinga kirib kelishadi. 7-
noyabrda general Blyuxer rahbarligi ostidagi oxirgi pruss armiyasi taslim bo’ldi. 
Prussiyaning faqatgina sharqiy qismi fransuzlar tomonidan egallanmay qoldi.
Biroq tez orada u yer ham pruss qo’shinlari tomonidan egallanadi. 1805-1806-
yillarda Napaleon armiyasi o’zining feodalizmga bo’lgan nafratini saqlab qolgan 
dehqonlar armiyasi bo’lgan. 1806-yilning kuzidagi ga’labalar oldidan Napaleonni 
jiddiy sinovlar kutar edi. Rossiya bilan tinchlik muzokaralari to’xtatildi va rus 
armiyasi o’zining harbiy harakatlarini davom ettirardi Bunday sharoitda,
kontinentda ittifoqchilarning yo’qligida rus hukumron doiralari uchun urushni 
davom ettirish xatarli edi. Ammo Napaleon ham Nemanni o’tishga qo’rqar edi.
Shuning uchun, ikkala tomon tinchlik muzokaralariga kirishadi. 24-iyunda Tezidda 
Aleksandr I va Napaleonning uchrashuvi bo’lib o’tdi. 7-iyul rankoruss ittifoqini 
rasmiylashtirgan kelishuv imzolandi.
Prussiya Elbadan g’arbda joylashgan o’zining barcha mulklaridan mahrum 
etildi. Napaleon yangi qirollik, Vestfal qirolligini tuzdi va uning teppasiga uning 
ukasi Jer qo’yildi. Prussiyadan tortib olingan sobiq Polsha yerlaridan Varshava 
Buyuk gersogligi tashkil etildi. Prussiya og’ir kontributsiyani to’lashga majbur 
qilib qo’ydi va zarur paytda, Reyn konfederatsiyasi kabi, fransuz armiyasiga 
xarbiy kontengentini qo’yishi kerak deb belgilandi. Kontributsiya to’langunga 
qadar Prussiya qal’alari fransuz qo’shini tomonidan bosib olingan edi. Rossiyada 


18 
Napaleon hech qanday hududiy yon bosishlarini talab qilmadi. U faqatgina 
o’zining O’rta Yer dengizidagi pozitsiyalaridan voz kechdi - Qatar porti va Iyonika 
orolini evakuatsiya qildi, biroq Rossiyaga Belostok okrugi o’tdi. Napaleon uchun 
bunday birlashuvlar va Rossiya tomonidan Angliyaga urushning e’lon qilinishi 
(1807-yil 31-oktabr) katta ahamiyatga ega edi.
Avstriya va Prussiyani egallab, Napaleon o’zining asosiy dushmanini 
iqtisodiy siquvi bilan tor-mor qilishga harakat qildi. 1806-yilning 21-noyabrida 
Napaleon Berlindan kontinental blokada haqidagi dekretni imzoladi. Shunga qadar 
va Konsustva yaqinidagi inqilobiy urushlar davrida Fransiya o’zining shaxsiy 
chegaralarida Angliyaning tovar olib chiqish imkoniyatini ta’qiqladi. Angliya 
bunga kontrmera bilan javob berdi. O’zining dengizdagi hukumronligidan 
foydalanib, u o’z navbatida Fransiyaga iqtisodiy urush e’lon qildi. 1807-yilga 
“Qirollik buyruqlari” ko’ra barcha neytral mamlakatlarga Fransiya va uning 
ittifoqdoshlari bilan savdo olib borish ta’qiqlandi. Ispaniyaga yurish qilishdan 
oldin Napaleon 1808-yilning sentabr-oktabrlarida Erfurtda yana Aleksandr I bilan 
uchrashadi. Napaleon Aleksandr I dan kutgan yon bosishlarga erishmadi. Baylen 
Napaleon imperiyasi ostidagi negiz qulayotganini ko’rsatadi va Aleksanr I o’zining 
xulosalarini keltirib chiqaradi. 1808-yilning noyabrida “Buyuk armiya” ispan 
yurishini boshladi. Dekabrda Napaleon Madridga kirib keldi. U ispan 
inkfizitsiyalarini yo’q qilish ko’zlangan bir qator dekretlarni chiqardi,
cherkovlarning soni kamaytirildi va ularning mulklari musodara qilindi. Biroq 
Ispaniyaning bosib olinishi og’ir qiyinchiliklar bilan amalga oshdi. Eng yaxshi 
harbiy qo’mondonlardan biri bo’lgan Marshal Lann rahbarligi ostidagi fransuz 
qo’shini katta mashaqqatlar bilan Saragosa shahrini ikki oy davomida qamal qiladi 
va so’ngra egallaydi.
1809-yilning yanvarida Napaleon Avstriyaning kuchli harbiy tayyorgarligi 
tufayli Ispaniyani tashlab chiqishga majbur qiladi. imperatorning ispan yurishi 
oxiriga yetkazilmadi. Ispan isyonchilari to’liq tor mor etilmagan edi. Napaleon 
Marshallar Neyem va Sult rahbarligi ostidagi armiyani ispaniyada qoldirishga 
majbur bo’ldi. Bu esa Avstriya bilan kutilayotgan urushda uni kuchsizlashtirdi. 


19 
1809-yilning martiga kelib Napaleonda yangi 300 mingli armiya tayyor edi. Biroq 
u oldingi armiyadan ancha kuchsizroq edi. Avstriya bus afar jiddiy tahdid solar edi.
U kuchli armiyani qo’ydi va urushning o’zi mamlakatda mashhur bo’ldi. Avstriya 
barcha nemis davlatlariga nisbatan, asosan Prussiyaga xayrixohlikdan foydalanar 
edi.
Avstriya bilan harbiy harakatlar 1809-yilning aprelida avj oladi. Birinchi 
damlarda u muvaffaqiyatli ketayotgan edi: 12-mayda esa Napaleon Venaga keladi,
Avstriya armiyasi Dunayning boshqa qirg’og’iga chekinadi. Biroq, urushning 
aynan qizg’in vaqtida fransuz armiyasiga dushman kuchlari tomonidan 
qaqshatqich zarba beriladi. 1796-yildan boshlab Avstriya bilan barcha janglardan,
Napaleon g’olib bo’lib chiqar edi: endi birinchi marta muvaffaqiyatsizlikka 
uchraydi. Bu safar Esling yaqinida, Baylen yaqinidagi kabi alohida fransuz 
diviziyalari emas, balki Napaleonning o’zi rahbarlik qilayotgan imperatorlik 
armiyasi tor-mor qilinadi. Yevropada bu chuqur taassurot uyg’otdi: avstriyaliklarga 
mayor Shill rahbarligi ostidagi prus gisarlari otryadi yordamga keladi. U zudlik 
bilan tor-mor qilinadi, biroq bu Prussiyada milliy harakat kuchayotganligidan 
darak bera edi. 1809-yilning 6-iyulida Vagram yaqinidagi jangda Napaleon 
avstriyaliklarga zarba beradi. Biroq, bu g’alaba 1796-yilgi Austerlitsdagi ajoyib 
italyan g’alabalarini eslatmas edi. 1809-yilning oktabrida Avstriya og’ir shartlar 
asosida Vena tinchlik sulhini imzolaydi- u Adriatika qirg’og’i bo’ylab o’zining 
barcha Illiriya yerlarini yo’qotdi va dengizga chiqishdan mahrum qilindi. Avstriya 
o’zining Tirol mulklaridan katta qismini Napaleon ittifoqdoshi Bavariyaga berishi 
lozim edi. Avstriyadan sobiq prus yerlari ham tortib olindi. Krakov va Lyublin 
Varshava gersogligiga o’tdi; Rossiyaga Napaleon faqatgina Ternopol atrofidagi 
uncha katta bo’lmagan joylarni beradi.
Varshava gersogligi chegarasining kengaytirilishi Aleksandr I da shubha 
uyg’otmasdan bo’lmas edi. Haqiqatdan ham, Napaleonda Polsha xalqining milliy-
ozodlikka urunishlari borasidagi xayrixohligi bo’lmagan. Agar Napaleon Polshani 
yagona, mustaqil qilish to’risida o’ylamaganida edi, unda Varshava gersogligi u 
chun asosiy kuzir kartasi bo’lar edi. Polyaklar orasida unga foydali bo’lgan umid 


20 
va xomxayollarni ushlab turib, Napaleon Rossiya bilan munosabatlarning 
yomonlashuvi mumkin bo’lgan holda, o’zi uchun mudofaa punktini tayyorlar edi.
1809-yilgi tajribadan kelib chiqqan holda, Napaleon Rossiya u uchun ishonchli 
ittifoqdosh bo’la olmaydi degan xulosaga keladi. Franko-rus munosabatlar 
yomonlasha boshlandi va Varshava gersogligidagi qiyin o’yin bunga turtki bo’ldi.
1810-yilda Napaleonning “Avstriya nikohi” ham Rossiya bilan aloqalarning 
yomonlashuviga sabab bo’ldi
Napaleonning Jozefina Bogarne bilan nikohi farzandsiz bo’ldi. Tilzitdan 
so’ng, Napaleonda franko-russ ittifoqini russ knyajinaga uylanish yo’li bilan 
mustahkamlash fikri paydo bo’ladi. 1809-yilda Napaleon o’zining taklifida yana 
bir bor ma’lum qiladi, biroq Aleksandr I ning rad javobiga uchraydi. Shundan 
so’ng Napaleon kutilmaganda Avstriy imperatorining qizi 18 yoshli Mariya-
Luizaga uylanish istagini bildiradi. Avstriya hukumati rozi bo’lishga shoshildi va 
1810-yilning aprelida nikoh marosimi bo’lib o’tadi. 1811-yilning boshida 
Napaleon o’g’li tug’ilmasdan oldin, uni “Rim qiroli” deb e’lon qildi. 1811-yil 20-
martda o’g’li Napaleon II tug’iladi.
6
Rossiya bilan munosabatlarning keskinlashuvi 1812-yil 24-iyunda 600 
minglik qo’shin bilan Napaleonning Rossiyaga yurishini keltitib chiqardi. Jang 7-
sentabrda Borodinoda bo’lib o’tdi. Bu jang Napaleon imperiyasi uchun hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rossiya yetakchiligida tuzilgan Buyuk Britaniya 
Ispaniya, Portugaliya, Prussiya , Shvetsiya, va Avstriyadan iborat yangi koalitsiya 
Fransiyaning halokatiga sabab bo’ldi. 1813-yil oktabrida Leypsig jangida 
Napaleon hal qiluvchi mag’lubiyatga uchradi. 1814-yil bahorida koalitsiya 
qo’shinlari Parijga kirib keldi. Fransiyani egallagan ittifoqchilar Burbonlar 
sulolasini tiklab, Fransiya taxtiga graf de Lill (Provans grafi) ni Lyudovik XVIII 
nomi bilan o’tqazdi. Napaleon I Bonapart esa Elba oroli general gubernatori etib 
tayinlandi va orolga “surgun” qilindi.
6
Е.В.ТАРЛЕ – «Напалеон» - Москва-1957г. 276 ст. 


21 
Lekin Napaleon Elba orolida qarshi harakatlarni tashkil etishga muvaffaq 
bo’ladi va Fransiyaga keladi. Napaleon endi 18-iyundagi “Veterlo jangida ” 
mag’lubiyatga uchraydi va asirga olinadi. Ittifoqchilar endilikda Napaleonga qayta 
tiklanish imkoniyatini qoldirmaslikka harakat qiladi. Napaleon qattiq nazorat 
ostida Muqaddas Yelena oroliga surgun qilishadi. Bu yerda Napaleon oz umrining 
so’nggi yillarini yashab o’tadi. Napaleon bu orolda juda qattiq nazorat ostida 
ushlab turilar edi. U bu oroldagi olti yillik umri davomida o’zining butun umri 
faoliyatini sarhisobini qildi. Napaleon 1821-yil 5-mayda kasallik tufayli 52 
yoshida vafot etadi. U umrining so’ngi daqiqalariga qadar Fransiya uchun harakat 
qildi. Unin so’nggi so’zlari ham “… Fransiya … armiya… avangard ” edi. 
Napaleon dastlab Longvud yaqinida mahalliy aholi tomonidan “Geran vodiysi ” 
deb ataladigan joyga dafn etiladi. 1849-yil o’zining vasiyatiga binoan tobuti 
Fransiyaga olib kelindi.
Napaleon Bonapart insonoyat tarixida o’tkir aql-zakovati, harbiy va siyosiy 
iqtidori, mohir diplomatligi, vatanparvarligi, mehnatsevarligi va o’ziga xos 
bo’lgan xarakteri bilan ajralib turadi. U Fransiyani har qaysi davrdagidan ham 
qudratliroq davlatga aylantirdi. Butun Yevropa va qo’shni qit’alar xalqlari va 
davlatlari taqdirini o’zgartirib yubordi va ular tarixida chuqur iz qoldirdi. Hozirga 
qadar Napaleon haqida juda ko’pab ilmiy va badiiy asarlar yaratilga bo’lib, 
ularning barchasida Napaleon shaxsiga turli xil yondashishni ko’rish mumkin. 
Napaleonning o’ziga xos bo’lgan xarakterga egaligi va iqtidori bilan tarixda iz 
qoldirdi.


22 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Е.В.ТАРЛЕ – «Напалеон» - Москва-1957г. 466 ст. 
2. ГЛЕБ БЛАГОВЕЩЕНСКИЙ - «НАПОЛЕОН I БОНАПАРТ» - 
М.: 
АСТ; СПб.:Астрель-СПб, 2010 г.-539 ст. 
3. Напалеон I. Избранные произведения. Москва-1956 г. 675 ст.
4. Интернет манбалари. 

Download 394.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling