Referat mavzu: oqova suvlarni fizik kimyoviy usulda tozalash. Sanoat korhonlarida suv iste’moli
Fil`trlovchi to`siqlar orqali fil`trlash
Download 139.5 Kb.
|
Fil`trlovchi to`siqlar orqali fil`trlash.
Oqava suvlarning xossasiga, tempuraturasiga, fil`tirlash bosimiga va fil`trning konstruktsiya qurulmasiga qarab fil`trlovchi to`siqlar tanlanadi. Fil`trlash jarayonida to`siqning ust qismida cho`kmalarning hosil bo`lishi yoki g`ovaklarning tiqilib qolishi mumkin. Fil`trlash jarayonida hosil bo`lgan cho`kmalar siqiluvchan va siqilmaydigan moddalar bo`lishi mumkin. Siqiluvchan cho`kmalar bosim ta`siri ostida g`ovaklar ichiga kirib va to`siq ustida qatlamlar hosil qilib fil`trlash qarshiligini oshirib boradi. Siqilmaydigan cho`kmalar esa fil`trlash jarayonidagi qarshiligi o`zgarmay qiymatga ega bo`lib qoladi. Bundan cho`kmalarga mineral holatdagi (qum, sodo va) zarrachalarning o`lchamlari 100 mkm dan kichik bo`lgan moddalar kiradi. Fil`trlash jarayonining unumdorligi fil`trlash tezligi Bilan ya`ni vaqt birligi ichida 1m2 filt`rlovchi to`siq yuzasidan o`tuvchi suvning xajmi bilan aniqlanadi. dv q p / m (Rcho`k+Rf.t) (1) Fdr F il`trlash jarayonini bosim yoki tezlik o`zgarmas bo`lgan vaqtlarda ham olib boriladi. αv/Fdrq P/mr (xcho`kv/F+Rf.t) (2) Bu rejimda fil`trning cho`kma tashkil qilish vaqti r q mrcho`k v/rF (xcho`k v/F+Rf.t) (3) Jarayon tezligi o`zgarma bo`lgan vaqtda fil`trlash tenglamasi P q mrcho`k v/rF (xcho`k v/F+Rf.t) (4) Fil`trlash tezligi Wqv/Fr bo`lganligi uchun (4) formula quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi P q mrcho`k w (xcho`k w∙r +Rf.t) bu erda V- fil`trning vaqt ichidagi xajmi m3 F- fil`trlovchi yuza r- fil`trlash vaqti s P- bosimlar farqi Pa M- fil`trotning dinamik qovushqoqligi Pa s Rcho`k va Rf.t – cho`kma va fil`trlovchi to`siqning qarshiligi m-1 rcho`k - cho`k Oqava suv fil`trlash jarayonida turli xildagi konstrutsiyali fil`tr qurulmalaridan foydalaniladi. Fil`trlarga qo`yiladigan asosiy talablar quyidagicha bo`lishi mumkin: aralashmalardan tozalash darajasi yuqori effektiv va fil`trlash tezligi maksimal bo`lishi ta`lab qilinadi. Fil`trlarni turli xil ko`rinishlariga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: Jarayonning ketishi xarakteriga qarab-davriy va uzliksiz ishlaydigan, jarayonning ko`rinishiga qarab-ajratish, quyuqlashtirish, oqartirish: fil`trlash jarayonidagi bosimlar farqiga qarab fil`trlash – vakuum ostida (0,085 mPa gacha), bosim ostida (0,3 dan 1,5mPa) yoki suyuqlikka nisbatan gidrostatik bosim ostida (0,05 mPa gacha), fil`trlash jarayoni yo`nalashiga qarab – pastga, yuqoriga yoki yon tomonga, konstruktivtuzilishi bo`yicha cho`kmadan ajratish usuliga qarab, cho`kmani yuvish va suvsizlantirish, fil`trlovchi yuza joylashganligi va formasiga qarab ajratish mumkin. Oqava suvlarni tozalash jarayonlarida davriy ishlaydigan fil`trlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi. Nutch – fil`trlalar,fil`tr preslardan foydalanilsa uzliksiz tipda ishlaydigan fil`trlarga barabanli, diskli va lentali fil`trlardan foydalanish mumkin. Davriy ishlaydigan fil`trlar orasida eng sodda konstruktiv ko`rinishga nut chyoki druk-fil`trlar ega bo`ladi. Ular neytron, kislotali va ishqoriy muxitdagi suvlarni ajratishga mo`ljallangan. Qiyin fil`trlanuvchi suspenziyalarni ajratish uchun fil`tr-presslar qo`llaniladi. Fil`tr presslar 0,3-1,2 mPa bosim ostida ishlaydilar. R fil`tr presslar turli xil suspenziyalarni ajratish uchun ishlatiladi va buncha cho`kmani sovish va shamollatish xam ko`zda tutilgan. FLAKM markazi fil`tr pressda fil`trlash yuzasi 25, 5 va 12,5 m2 ga teng bo`lib bular ximiya sanoati oqava suvlarini tozalashga mo`ljallangan. Bu fil`tr 1,5 mPa bosim ostida ishlashga va cho`kmani effektiv sovishga va yordamchi operatsiyalar uchun minimal vaqt ajratishga mo`ljallangan. Listli fil`trlar xajmiy idishga fil`trlovchi listlar joylashtirib ko`rinishga ega bo`ladi. Fil`trlovchi element sifatida romlar ichiga joylashtirilgan simdan to`kilgan setkalar tashqari tomonidan esa fil`trlovchi mato Bilan o`ralgan bo`ladi. Suspenziya apparat ichiga tushadi. Fil`trlash jarayonida fil`trlovchi element yuzasida ushlanib uzliksiz ravishda apparat ichidagi tashqariga chiqarilib boriladi. Jarayon tugagandan keyin xosil bo`lgan cho`kma siqilgan havo yordamida idish ichidan maxsus shtutser orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ko`pincha xolatlarda list fil`trlar suspenziyalarini quyuqlashtirish jarayonida ishlatiladi. Qiyin fil`trlanuvchi suspenziyalarni ajratish maqsadida uzliksiz yuqari unumdorlikga ega bo`lgan barabanli vakuum fil`trlardan foydalaniladi. Bu turdagi fil`trlarda xarakatlanuvchi matov a fil`tr yuzasi 40m2 gacha bo`lgan ko`rinishda bo`ladi. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling