Referat mavzu: organizmlarning tashqi muhitga moslashishi reja: Organizmlarning suv, tuproq, havo muhitlariga moslashishi. Atrof muhitga moslashishi


Download 24.79 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi24.79 Kb.
#1577879
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT.Organizmlarning muhitga moslashuvi.


REFERAT
MAVZU: ORGANIZMLARNING TASHQI MUHITGA MOSLASHISHI
Reja:


1. Organizmlarning suv, tuproq, havo muhitlariga moslashishi.


2. Atrof muhitga moslashishi.


3. Morfologik, fiziologik va biokimyoviy moslashuvlar.


4. Hayvonlarda xulqiy moslashuvlar.

Hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammo kun sayin ifloslanib borayotgan hayotiy muhitlarimizning ifloslanishini bartaraf etib, ularning barqaror muhofazasini ta'minlashdir. Bu, o'z navbatida, samarali chora-tadbirlarni ko'rishni taqoza etadi. Sunday vazifani bajaruvchi har bir kishi, avvalambor, atrof-muhit va ular tarkibidagi barcha hayotiy omillarga oid ekologik ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni chuqur anglab olishlari zarur.


Shu kungi ekologik muammolarning kelib chiqishi negizida, asosan, tabiatga antropogen ta'sir yotadi. Bunday ta'sir, oldin aytib o'tilgandek, fan-texnika rivoji va buning natijasida, xususan XX asrda, barcha tabiiy manbalardan jadal sur'atda foydalanib, atrof-muhitga turli xil: gaz, suyuq va qattiq, ko'p hollarda, o'ta qizigan ham zaharli moddalar chiqarib yuborilishi oqibatidir. Bu, nafaqat insonlarning tabiatga befarqligi, shuningdek, atrof-muhit bilan bog'liq ekologik ilmiy ma'lumotlarning tub mohiyatini bilmasligidan darak beradi.


«Ekologiya» atamasi, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, kishilik jamiyatining tabiiy manbalardan foydalanishda zarur bo'lgan munosabatlarning chuqur ilmiy-amaliy asoslarini mujassatnlaydi. Ekologiya, oldin bayon qilganimizdek, tabiat -jamiyat munosabatlarini har tomonlama tahlil va tadqiq qiladi, ilmiy asoslaydi. Uning ob'ektlari xususida gap borganda, birinchi galda, biosferani tashkil etuvchi alohida olingan biologik turlar, jumladan, o'simlik va hayvonlar, ularning har biriga oid populyatsiyalarni ko'rsatib o'tmoq kerak. Qisqasi, butun biosfera -Yer jonli qobig'idagi har bir tirik organizmni o'rganib, ularga xos xislat va xususiyatlarni anglab olish zarur.


Moslanish asosan uch xil ko’rinishda bo’ladi.
Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi {shakli} moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo.
Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho’lda yashovchi hayvonlarda suvga bo’lgan tanqislikni qondirish uchun yog’larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish.
Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi.
Doim tabiatda tirik organizm va atrbf-muhit o'rtasida modda — energiya almashinish jarayonlari bo'lib turishi aytib o'tildi. Bu haqda yuqorida kerakli ma'lumotlar bayon qilindi. Faqat shuni qayd etamizki, Yer sathining turli mintaqa va hududlarida bu o'ziga xos tarzda va darajada amalga oshadi. Bunga sabab suv muhiti (dengiz-okean), havo muhiti yoki litosfera bir-biridan keskin farqlanadi. Ushbu masalaning umumiy tomoni shundan iboratki, tabiatdagi har bir tur organizm o'z tashqi muhitiga ta'sir ko'rsatadi. Aynan ana shunday holatdan kelib chiqib ham tabiatda xilma-xillik va rang-baranglik mavjud.

Ekologiyaning nazariy asoslarini ilmiy talqin etganda, albatta, Yer sayyorasidagi 4 ta asosiy hayotiy muhitlarning (suv, tuproq, havo va tirik organizmlar majmui, ular haqida 2-mavzuda batafsil ma'lumot berilgan) har birini alohida nazarda tutib. fikr yuritmoq maqsadga muvofiq. Organizmlarning tasliqi muhitga moslashishi deganda, o'simliklar va hayvonlarning har bir biologik turini suv, havo va tuprog'u-zaminiga moslashishni tushunmoq kerak. Inson uchun esa, qayd etmoq kerak, biosferaning o'zi eng muhim muhit hisoblanadi.


Suv - ko'plab turdagi tirik Organizmlarning yashash muhiti bo’lishi bilan birga insoniyat uchun eng zaruriy hayotiy omillardan. Bundan tashqari, suv yer tabiiy iqlim sharoiti, ob-havo va hokazolar vositasi hamdir.


Barcha suv havzalarini alohida olib qaralsa, suvda yashaydigan tirik organizmlarning bari o'zlarining hayot-faoliyati uchun zarur bo'lgan oziqa moddalar, gazlar va bevosita suvni o'zlashtiradi. Mavjud organizmlar tegishli suv manbai tarkibi va fizik-kimyoviy xossa ko'rsatkichlariga moslashgan bo'ladi. Buni ularning hayot ramzi: harakatlanishi, nafas olishlari, oziqlanishi va ko'payishlaridan yaqqol ko'rish mumkin. Shu mavzuga oid boshqa ma'lumotlar keyingi mavzularda beriladi.


Kurrai-zaminning uzoq geologik davrlar davomida, evolyutsion tarzda, shakllana borishda tirik organizmlar suvli muhitdan keyin, turli Yer hududi xilma-xilligidan qat'iy nazar, havo muhiti va quruqlikka moslashib rivojlangan. So'zsiz, bunda ham mavjud muhitga mosJashish jarayonlari amalga oshgan. Har bir mintaqa va hududda yashaydigan tirik organizmlar turi va ularning sifat - rniqdor ko'rsatkichlariga havo muhitining tarkib-tuzilmasi va sifatining ham ta'sir ko'rsatgani aniq. Masalan, ba'zi hududlar havosi quruq va yuqori haroratli (cho'l-sahro va b.) bo'lsa, boshqa joylarda nisbatan past harorat va namli havo bo'lishini inkor etib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, yana turli hududlarda havo bosimi ham o'zgacha bo'lishi muqarrar.


Shu narsani ham nazarda tutmoq kerakki, suvga qaraganda, havo massasining tarkib -- tuzilmasi, zichligi, bosimi bir-biridan keskin farqlanadi. Shunday holatdan kelib chiqib, havodan bevosita bahramand bo'ladigan jonzotfar turlari, ularning harakatlanishi, xilma-xil hayot faoliyati va boshqa ko'rsatkichlariga ko'ra, suvli muhit organizmlaridan boshqacha bo'ladi. Xususan, sudraluvchi, uchadigan, sakraydigan, yuguradigan va hokazo tirik organizmlar xilma-xilligi ham kuzatilishi mumkin.


Havo qatlami (atmosfera)da ham tirik organizm (masalan, ba'zi ko'z ilg'amas juda mayda jonzot-bakteriya) lar makon topganligi yuqorida ko'rsatib o'tildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, yuqoridagilardan tashqari, havo oqimi turli o'simlik urug'lari va mikroorganizmlarni, shuningdek, suv bug'larini Yerning turli hududlariga tarqatish bilan birga har xil iqlim, ob-havo sharoitlarini namoyon bo'Iishida muhim vosita hamdir. Yanada to'laroq fikr-mulohazalar keyinroq bayon etiladi.


Yer sayyorasining yuza sathi qatlami (litosfera) o'ziga xos ko'plab organizmlar uchun yashash makoni bo'lishi bilan birga, turli xil mineral jins va qazilma boyliklarni o'zida tutadi. Qator mineral moddalarning hosil bo'Iishida, jumladan, tuproq hosil bo'Iishida ham qator jonzot bakteriyalar faoliyat ko'rsatishini bilib qo'yish kerak.


Tahlil va tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tuproq muhiti, aniqrog'i, yer yuza qatlamidagi hayotiy unsurlar nihoyatda xilma-xil. Masalan, ayrim tur organizmlar hayot faoliyati faqat tuproq ichida o'tsa, boshqalariniki tuproq yuzasida kechadi. Qayd etmoq kerakki, tuproq tarkibidagi jonzotlar ham bir-birlaridan farqlanadigan sharoitlarda, ya'ni kisIorodli (aerob), kislorodsiz — zich mineral qatlamlar (anaerob) sharoitlarda yashashlari mumkin.


Yer osti qatlamlari orasida turli tarkib va sifetli suvlar, mineral boyliklar (gaz, ko'mir, neft va hokazo) bo'lishi ko'pchilikka yaxshi ayon. Ularning tarkibida ham qator jonzotlar yashaydi. Xullas, litosfera muhiti xilma-xil organizmlar uchun hayot faoliyat makoni hisoblanadi. Birgina yer usti — tuproqlarni olib ko'rsak, ular xilma-xil o'simliklar, mevali va mevasiz daraxtlar uchun ham muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Bu borada boshqa qo'shimcha ma'lumotlarni keyingi saboqlardan ham o'qib olish mumkin.


Yer bioqobig'i -- tirik organizmlar majmuining o'zi, qator hayvonlar ham odamzot uchun muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Yanada aniqroq aytilsa, bir turdagi organizmlar boshqa turdagilar uchun asosiy hayotiy omil sifatida xizmat qiladi. Misol sifatida, ko'plab o'simlik va hayvonlar tanasida har xil microorga-nizmlar yashashini ko'rsatish mumkin. Biroq bu kabi organizmlar o'z tarkib-tuzilmasi bilan ochiq muhit (suv, havo, tuproq va b.) lardagi erkin yashovchi turlardan keskin farqlanadi. Ular «parazitik hayoti» tufayli ko'p tizimli organlariga ega emas. Bunday vazifani, odatda, muhit rolini o'tovchi xo'jayin o'simlik yoki hayvonning tanasi o'taydi. Shuning uchun ham parazit unsurlarning ko'payishi, rivojlanishi, hatto, o'ziga xos ekotizim barpo etishi ham aniq. Tabiatdan juda ko'plab bunga isbotu-dalillar keltirish mumkin.




Tirik organizmlarning atrof- muhitga moslashishi. Har qanday turdagi tirik organizm muayyan tashqi muhitga moslashishi tufayli yashaydi va doim mavjuddir. Tashqi muhit o'zgarsa, so'zsiz, unga moslashgan jonli unsurlargina hayotini davom ettiradi, moslasha olmagani qirilib ketadi. Lekin aksariyat organizmlar kuchli moslashish xususiyatiga ega. Bu tolerantlik deyiladi («Tolerantlik» - yunoncha so'z bo'lib, chidamlilik ma'nosiga ega). Demak, har bir tirik organizm yashash muhiti va sharoitini o'zgarishiga qarab, chidamlik xususiyatiga ham ega ekan.Yashash sharoiti, umuman, atrof-muhit o'zgarishi bilan, odatda, unga xos ko'rsatkichlarda amalga oshadigan biokimyoviy tabiiy jarayonlarning borishi ramzi ham o'zgaradi. Xususan, ularning amalga oshish tezligi va darajasi boshqacha tarzda bo'ladi. Misol keltirilsa, ko'pchilik o'simliklarning o'sish tezligi va bar tomonlama mukammal bo'lishi ular uchun zarur bo'lgan suv, oziqa moddalar, shu jumladan, karbonat angidrid gazi, azot, kaliy, temir kabi mikroelementlar, hamda mineral va organik o'g'itlarning tuproqdagi miqdorlariga ham bog'liq.Keng miqyosda tolerantlikka ega bo'lgan organizmlar turining nomi oldiga «e v r i» qo'shimchasi qo'shib o'qiladi. Bunga quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin: Evribiont — har xil muhit — sharoitlarda yashashga moslashgan tirik jonzot, mavjud omillarga qarab turlicha nomlanadi. Masalan, haroratga moslashgani e v r i t e r m, namlikka — evrigidrid, sho'rlanishga - e v r i gal va hokazo.Muayyan omilning nisbatan qisqa qiymat yoki doirada o'zgarishiga moslasha oladigan bioturga s t e n о qo'shimchasi qo'shib o'qiladi: stenobiont - o'z hayot faoliyati uchun ma'lum shart-sharoit talab etadigan tirik organizm. Xuddi shuningdek, stenoterm. stenogidrid. stenogal va stenofaglarning ham har bin, tegishli holda, harorat, namlik, sho'rlik va muayyan oziqa moddasi bilan oziq-lanishga moslashgan organizmlar hisoblanadi.Shuni alohida ta'kidlash ham joizki, biror tashqi omilga nisbatan u yoki bu turdagi organizmlarning keng doirada moslashishi boshqa omillarga ham xuddi shunday moslashishga qodir degani emas. Muayyan o'simlik turi haroratga nisbatan evriterm bo'lishi mumkin (masalan, cho'ldagi saksovul). Lekin boshqa omil ta'sirida o'zgarishga uchrashi ham mumkin. Shuningdek, xonbaliq kabi boshqa bir tur jonzotni stenoterm va har xil oziqa moddalarga moslashganmi evrifag deb yuritiladi.Aniq bir turdagi organizm o'z hayoti davomida har xil sharoitga tushib tole-rantlik xususiyatini namoyon etishi mumkin. Masalan, paxta g'o'zasining o'sib yetilish mavsumi (vegetatsiyasi) davrida 14-16 °S dan harorat 38°S gacha o'zgarishi g'o'za o'sishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Lekin saratonda, ayniqsa, iyun oyi oxiri, iyul hamda avgust boshlarida havo harorati 38°S dan ortiq bo'lishi ham ko'p kuzatiladi. G'o'za o'simligi misolida, harorat ko'tarilib ketgan sharoitda ham o'simlik rivojlanishda davom etib, hatto, ancha yuqori haroratga bardosh bera olish xususiyatiga ega. Demak, g'o'za yuqori harorat bo'lgan sharoitga oson moslashadigan o'simlik ekan. Faqat o'z vaqtida sug'orilib turilsa, bas. Bunday moslashishni — tolerantlik chizig'ining o'zgarishidan ham kuzatish mumkin. Tolerantlik chizig'ining siljishi, organizmni moslashishini xarakterlaydi degan xulosani chiqarsa bo'ladi.Moslashish (adaptatsiya) - tirik organizmning tuzilishi, bajaradigan vazifasi va xossalarining tegishli shart-sharoitga hayot faoliyatining muvoftqligidir. Ta'kidlash joizki, moslashishning m о r f о 1 о g i k, f i z i о I о g i k va x u l q- a t v о r 1 i turlari ham mavjud.Morfologik moslashishlarga. misol sifatida, suv muhitda yashaydigan tirik organizmlarning suv oqimi qarshiligini engib, harakatlanishga mos tarzda, tanatuzilishi va doim suvda muallaq (osilgan) holda yashashiga qodirligini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, o'simliklar olamida, masalan, cho'l sharoitida suvni oz sarflashga moslashish bo'yicha saksovul, shuningdek yantoq barglari o'lchamining nisbatan kichik bo'lishi yoki butunlay bo'lmasligini ko'rsatsa to'g'ri bo'ladi.Fiziologik moslashishlarga misol qilib, hayvonlar organizmlarida oziqa moddalar tarkibiga ko'ra, ovqat xazm qilish davrida ma'lum ferment (biokatalizator) turlarining ishtiroki yoki cho'l sharoitida yashaydigan hayvonlarning suvga bo'lgan ehtiyojini qondirish xislati o'zidagi yog'larning parchalanishi evaziga bo'lishi kabilarni ko'rsatish mumkin.

Xulqiy moslashishlar asosan, hayvonlar uchun xos bo'lib, u turli shakllarda namoyon bo'ladi. Masalan, muayyan jonzot atrof-muhit bilan o'z tanasi o'rtasida yetarli darajada energiya almashinuvi bo'lishini ta'minlash uchun in-uya qurishi, qulay haroratli makonni izlab topishi, qushlar va qator sut emizuvchi hayvonlarning kecha-kunduz (kun va tun) davomida, hamda mavsumiy ko'chib yurishlarini qayd etish mumkin. Nihoyat, yirtqich hayvonlarning aksariyat turlari o'lja ketidan, ya'ni o'zidan ojiz hayvon orqasidan quvib yurishi, shuningdek, «o'lja»ning javob xatti-harakatlari ham xulqiy moslashislilarga kiradi.


Geografik hududlar hisobida, keng miqyosda tarqalish (areal) ga ega bo'lgan biologik turlarning tegishli joy (hudud ) shart-sharoitiga moslashishi, odatda, yuqori darajada bo'ladi. Albatta, bu organizmlarning mahalliy tur ko'rinishlar yoki ekotiplarni vujudga keltirish xususiyatlari bilan bog'liq. Ekotiplar, o'z navbatida, harorat, yorug'lik, namlik, havo bosimi va hokazo tabiiy fizik omillarga nisbatan har xil darajada bardoshligi bilan xarakterlanadi.


Shu narsa ham ma'lumki, u yoki bu turdagi organizm tanasida, odatda, kechadigan fizik-kimyoviy (masalan, modda-energiya almashinish) yoki biologik jarayon jadalligi tashqi muhitning, hech bo'lmaganda, 2 xil omiliga bog'liq. Nemis kimyogari Yu.Libix (1803-1873) tomonidan aniqlangan mazkur qonuniyat ekologiyada Tabiiy minimumlik qonuni deb yuritiladi. Unga ko'ra, oziqa modda yoki foydali mikroelementlarning birortasini yetishmasligi o'simlik rivojiga ta'sir qilib, uning hosildorligini keskin pasaytirishi muqarrar.


Har qanday tirik organizmning hayot faoliyatini yuqori darajada bo'lishi ma'lum sharoitni talab qiladi. Agarda shart-sharoit qator ko'rsatkichlar bo'yicha qulay bo'lib, shu bilan birgalikda, unda muayyan bir omil yetishmasa, u holda, buni «Cheklovchi omil» deb ataladi. Cheklovchi omil organizmning mazkur sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilaydi. Misol uchun, cho'l sharoitida yoki botqoqlikda har qanday organizm ham yashayvermaydi. Cho'lda haroratning nisbatan yuqoriligi (namlik past darajada bo'lishi) yoki botqoqlikda namlikning keragidan ortiq bo'lishi bir qator organizmlar uchun cheklovchi omillar hisoblanadi.


Xuddi shuningdek, ko'p organizmlar uchun shimoliy va janubiy qutblardagi nisbatan past harorat asosiy cheklovchi omil vazifasini o'taydi. Shunga o'xshash yana ko'plab misollarni keltirish mumkin. Aytaylik, gulli o'simliklaniing boshqa joyga ko'chirib moslashishlarida ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi


Muhim omillardan hisoblanadi.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta'kidlash lozimki, ayrim biologik turlar uchun cheklaydigan barcha ekologik omillarni aniqlash, muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.


Jonli organizmlar atrof-muhit omillarni turlicha qabul qiladi. Ba`zi organizmlarda harorat namlik, suvning sho`rligi, yorug`lik va shunga o`xshashlarga talab ancha kengroq, boshqalarida ancha torroq bo`ladi. Shunga muvofiq ba`zi organizmlar aniq omilning tafovuti ancha kengroq, boshqalarda bu tafovut ancha tor bo`lgan sharoitda yashab ketaverishi mumkin. Misol uchun har xil turlarning o`sish tezligi atrof-muhit haroratiga qay darajada bog`liqligini ko`rib chiqaylik. Ana shu tarlardan biri harorat o`zgarishining keng tafovutiga moslashgan va evriterm deb atashuvchi turlarga mansub deyaylik. Ikkinchisi nisbatan past harorat doirasida. uchinchisi esa, yuqori harorat doirasida bardoshlikda yetarli ravishda tor chegaraga ega, deylik. Bunday turlar stenoterm organizmlar deb yuritiladi. Bundan ko`rinib turibdiki, organizmlarning evriterm turi haroratning mumkin bo`lgan eng past va eng yuqori darajasi orasida rivojlanaverishga qodirdir, buning ustiga o`rta zonada sharoit qulay bo`ladi. Bu organizm holatida haroratning pasayib, ko`tarilib turishi keskin uzgarishlarga olib kelmaydi. Stenoterm turlarida ahvol boshqacha. Ularning bardoshliligi yuqori va past xaroratning juda tor doirasida kechadi va hatto eng qulay sharoitdan ko`tarilishi yoki pasayishi tomon biroz chetga chiqish xayot faolligi keskin tushib ketishiga olib keladi. Eng ko`p va eng kamlik chegarasiga yaqin bo`lgan har qanday ekologik omil pessimal yoki pessimum sifatida tavsiflanadi. Pessimal sharoitlarda organizmning hayotiy faolligi, to`lishishi, harakati, pushtligi va boshqa xususiyatlari pasayadi.

Bundan tashqari, nafaqat tafavut, baki u yoki bu omil o`zgarishining tezligi ham organizm uchun ahamiyatga molikdir. Masalan, hasharotlarni sovutish tajribasida harorat 15 °S dan 200 C gacha keskin pasaytirilganda tajriba ostida bo`lgan chigirtkalar o`lib qoladi. Harorat asta-sekin pasaytirilib borilganda esa, ularni mutloq nol darajagacha sovutish va shundan keyin yana hayotga qaytarishga muvaffaq bo`lindi. Turning alohida omillarga yoki omillar majmuiga moslashish qobilyati ekologiya valentolik deb ataladi. Turning royishligi yuqori bo`lgani sari, uning aniq ekologiya tizimiga moslashuvchanligi shuncha yuqori, uning populyasiyasida vaqt ichida serharakat sharoitrarida yashab qolishga asosi shuncha ko`p bo`ladi.


Masalan, oziqa tanlash qobiliyatlilik haroratning o`zgarib turishiga yoki qor qalinligi yuqori bo`lishiga qaramasdan losning ekologik royishligi tung`iznikiga qaraganda yuqoridir, chumchuq emas quyoncha yoki maynaga qaraganda ko`proq royishdir.


Biga endi tanish bo`lgan atamalardan foydalanib, bunday hollarda zvritop yoki stenoltop turlar haqida gapirishadi. Muhit omillariga nisbatan talabchanlik va toleratlik ko`zdan kechirilayotgan tur zotlarining jug`rofiy tarqalish joyini belgilaydi. Bu ularning bir joyda hayot kechirishi doimiyligi darajasi, ya`ni tur arealiga bog`liq bo`lmaydi. Muhit omillari u yoki bu tur miqdorining uzgartirib turish tafovutiga qisman ta`sir etadi. Bu narsa amalda hech qachon doimiyligicha turmaydi, balki o`zgarib turadi. Tirik organizmlarning atrof-muhit serharakat omillari sharoitlarida eng qulay hayot faoliyatini ta`minlovchi imkoniyatlari moslashuvlar deb ataladi.


Odatda har bir tirik organizm uchun faqat atrof-muhit omillari zarur shartlarga muvofiq kelgan joydagina yashashi ko`rinib turgan haqiqatdir. Mazkur yoki o`zgarib turadigan sharoitlarga moslashmagan zotlar kiritilib ketadi.


Inson xo`jalik faoliyati natijasida ko`proq o`zgarishlarga uchraydigan omillarga moslashishni ba`zi bir misollariga to`xtaladi.


Morfologik moslashuv Suv organizmlarining tuzilishi morfologik moslashuvga misoldir: chunonchi, kitsimonlarning tez suzishga moslashuvi, plankton organizmlarning uchishga moslashuvi. Cho`l o`simliklarining odatda bargi bo`lmaydi va ularning tuzili namlikni eng kam miqdorda yo`qotishga moslashgan.


Fiziologik moslashuv. Bu masalan, hayvonlarning ovqat hazim qilish yo`lida ozuqa tarkibi bilan izoxlanadigan ferment yig`masi xususiyatlarida ko`rinadi. Cho`lda yashovchi jonzotlar tanalaridagi eg moddasini biokimyoviy achitish yo`li bilan suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradilar. Fotosintezning biokimyoviy jarayonlari atmosfera havosida qat`iy muayyan gaz tarkibi bo`lgan sharoitda o`simlikning noorganik moddadan organik modda yaratish qobiliyati aks ettiradi.


Ekologik moslashuv. U har xil shakllarda namoyon bo`ladi. Hayvonlarda atrof-muhit bilan normal issiqlik almashishni ta`minlashga yo`naltirilgan moslashuv xatti-xarakati shakllari mavjud.


Xayvonlar nafaqat haroratning o`zgarishlariga balki namlik, yoritilganlik o`zgarishlariga, quyosh radiasiyasi darajasiga, boshqa ko`pgina ekologik omillariga ham moslashadilar. U yoki bu omillarda o`zgarish keng bo`lganida tabiiy tanlanish juda jadal kechadi. Shuning uchun qoida bo`lib qoganidek, hayvonlarning o`ziga xos hatti-harakati ekstremal sharoitlarga tushib qolish xavfidan `qutilib qolishga qaratilgan bo`ladi. Bu evoliyudsiya jaraynida ham namoyon bo`lgan. Masalan, eng kam tafovut prinsipi shakllangan, unga muvofiq tirik organizm boshqa teng sharoitlarda yashash joylarining shunaqasini tanlaydilar-ki, ularda muhitning bir yoki bir qancha belgilangan omillarining eng kam o`zgarishi ta`minlanadi.


Moslashuv hatti-harakati vaxshiy hayvonlarda o`ljani ko`rib qolib va ta`qib etish jarayonida namoyon bo`lshi mumkin. Qurbon bo`layotgan hayvonlarda esa vaxshiylarga muayyan javob berishda namoyon bo`lishi mumkin. Ba`zi bir hasharotlar vaxshiydir va tekinhurlarni keskin harakatlari bilan qo`rqitadilar. Kushishi davrida sut emizuvchilar va parrandalarning javob hatti-harakati favqulotda rangn-barang bo`ladi.


Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi ijtimoiy moslashish tushunchasini yanada kengroq belgilab olishni taqozo etmoqda. Keng miqyosdagi ijtimoiy moslashish -jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - inson, ijtimoiy guruh bilan ishlab chiqarish munosabatlari va tegishli ustkurma ko`rinishlarining dialektik birligini ta`minlash va ziddiyatlarni hal etishdan iboratdir. Biologik moslashishning ijtimoiy jihatga bog`liq ekanligi o`z shakllari, turlari yo`nalishi va mazmuniga ko`ra rang-barangdir. U bir-biriga ta`sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga oid, texnikaviy-texnologik va boshqa omillarni birlashtirib turadi.


Bu omillarning har qaysisi alohida birlashgan tarzda moslashishning biologik jihatlariga ta`sir ko`rsatadi. Insonning moslashishi, uning salomatligi va hastaliklariga «biologik» yoki «biologik-ijtimoiy» hodisa sifatida yondashishning boshqacha shakllari bir yoqlama yuzakidir. Bunday yondashuv mavjudotning quyi shaklidan yuqori ijtiioiy shakl tomon harakatini inkor qiladi yoki boshqalarining yuzaga kelishi o`zholicha yuz beradigan jarayon emas. Bu hodisalarning barchasi oxir-oqibatda ijtimoiy sharoit taqozosidir.


Shu munosabat bilan chexiyalik shifokor M. Obtulovich mulohazalari diqqatga sazovordir. Uning takidlashicha, allergik hastalar ko`payib ketishining sababini hozirgi davr turmushiga xos bo`lgan bexalovatlik, shoshma-shosharlik va zo`riqishlar natijasida vegetativ asab tizimining ojizlanishi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarning ko`payganligi, shunengdek tashqi omillar ta`siri kuchayganligidan izlamoq kerak.


Shaharda havoni bug`laydigan sanoat qoldiqlari nafas olish yo`llariga shikast yetkazish farmasevtika sanoati yetkazib berayotgan dori-darmonlarni ko`p miqdorda ishlatish, ovqatlanishda tibiiy moddalari kamaygan konserva holidagi taomlarni ko`p yeyish sun`iy achchik-chuchuklardan foydalanish, hasharotlarga qarshi kurashishda zaharli ximikatlardan foydalanish natijasida ularning ekin-tekin mahsulotlariga o`tish tufayli bunday hastaliklar keng tarqalmoqda. Hozirgi davr kishisiga fan-texnik taraqqiyoti jadal rivojlanishi tufayli, yuzga ko`plab omillar ta`sir ko`rsatmoqda. Bular atom va kimyo sanoati rivojlanishi sababli yuzaga kelagan zararli unsurlar, biogeosenozlarni o`zgartiruvchi ishlab chiqarish qoldiqlari. Urbanizasiya bilan bog`liq ko`plab omillar va hokazolardir.


Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.
Abiotik omillar {olik}: ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi:
1) iqlim omillari - yorug’lik, namlik,harorat, havo va hokazo.
2) Edafik {yoki tuproq grunt} tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari.
3) Topografik {relef sharoiti}.
Biotik omillar {tirik}ikki guruhga.
1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri.
2.Zoogen-hayvonlarning {oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish.
3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri.

Antropogen omil: Insoning xo’jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo.


Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.

Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.


Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.


M: Rif hosil qiluvchi marjon poliplar faqat +20-300 doirasida yashaydi. Tilogoch esa yakutiada 69-350 C t da yashaydi. Fil,oq ayiq va hokazo


Optimum faktorning ko’payishi yoki kamayishi o’zgarganda individlarning hayot faoliyati o’zgaradi, yomonlashadi.Eng ko’p ta’sirida organizmlar nobud bo’ladi. Bu esa pessimum deyiladi.


Organizmlarning optimum va pessimum zona orasidagi chegarasi muhit faktoriga ekologik valentligi deb ataladi.


Agar faktorlardan loaqal bittasining miqdor qiymati chidamlilik chegarasidan tashqarisiga chiqsa, qolgan sharoit har qancha qo’lay bo’lgani bilan tur yashay olmaydi.

Maksimum va minimum chegarasidan chiqadigan bunday faktorlar cheklovchi faktorlar deyiladi.M:Shimolda issiq etishmasligi, odatda ko’pgina hayvonlarni tarqalishini cheklaydi yoki dengiz suvining o’ta sho’rligi amfibiyalarning tarqalishini chegaralaydi.


E’tiboringiz uchun rahmat

Adabiyotlar ro'yxati


l.Karimov I. XXI asr bo'sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -Т., "O'zbekiston", 1997


2.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т., "O'zbekiston", 1999 3.S.Gulomov M, Jo rayev Y. Ekologiya : jinoyat va jazo. Т., "O'zbekiston".


4. Roziqov K. Atrof-muhit va inson ekologiyasi muammolari, Т.,TITLP,


5.S.Roziqov K, To'xtayev S, Nigmatov A, Sultonov R . Ekologiya va atrof- muhit haqida yetti saboq . Т., "Bioekosan", 2004


6. RafiqovA. Geoekologik muammolar. -Т., "O'qituvchi", 1998


7.T.Ergashev A. "Umumiy ekologiya" Т., "O'qituvchi" 2002


8.Ekologiya va hayot. -Т., "Oz'bekiston", 2002


9.To'xtayev A.S. Ekologiya. - "O'qituvchi", 2001


lO.Nigmatov A. Ekologiya nima? -Т., 'TDYul nashr.",2002




11.Nigmatov A. Inson va tuproq. - Т., "G'afur G'ulom", 2002
Download 24.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling