Referat mavzu: O‘rta asrlar va yangi davrda g‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari


Download 47.54 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi47.54 Kb.
#1188035
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘RTA ASRLAR VA YANGI DAVRDA G‘ARB FALSAFASI RIVOJLANISHINING UMUMIY BELGILARI

3. Yangi zamon yevropa falsafasi
Uyg‘onish davri falsafasi falsafiy mushohada yuritishning mazmuni va usuliga yangi yo‘llar qidirish bilan belgilanadi. Tajribaga asoslangan bilimlar rivoji sxolastik usulni voqyey dunyoga qaratilgan yangi tarzdagi usul bilan almashtirishni taqozo qilar edi. Falsafiy tafakkurning yangi usulini yangi zamon falsafasi sifatida ifodalash mumkin. Taxminan XVI asrning oxiri – XVII asrning birinchi yarmida iqtisodiy rivojlanishning markazi asta-sekin Angliya, Niderlandiya va, qisman, Fransiyaga ko‘cha boshladi. Eng ko‘p darajada ishlab chiqilgan fanlar matematika va mexanika bo‘lib qoldi. Mutafakkirlar aynan mexanikani butun dunyoviy borliq sirlarini ochib beradigan kalit deb tushundilar. Nyutonning kashfiyotlari dunyoni o‘rab turgan hodisalarning mexanik sababiy bog‘lanishda ekanligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamladi. Nyuton qarashlarida mexanik sababiyat chuqur matematik asoslarga ega ekanligini topdi. Shu bilan birga, mexanika harakatni qabul qilsa ham, taraqqiyotni rad etadi, shuning uchun ham o‘sha davr olim va faylasuflarining fikrlash tarzi ko‘proq metafizik edi.
Yangi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi F.Bekon (1551-1626) edi. Uning fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim: agar u sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham yangi fan bo‘lgan tabiatshunoslikning tajribaviy usulini ishlab chiqish Bekongagina nasib etdiki, u unda insonning tabiat ustidan kelajakdagi kuch-qudrati va hokimiyatining garovini ko‘rdi. Ammo bunday hokimiyatga faqat uning qonunlari ketidan boribgina erishish mumkin. Fanlarning xulosalari aniq dalillarga tayanishi va undan keng umumlashmalarga ko‘tarilishi lozim. Tajribaga asoslangan bilimlarga Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llanishga tavsiya etilgan induksiya, ya'ni kuzatish, tahlil qilish, solishtirish va tajriba o‘tkazishdan tarkib topgan usul muvofiq kelar edi. Ammo tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi mumkinki, qachonki ong yolg‘on sanamlar va timsollardan ozod bo‘lgan bo‘lsa. Nasl timsollari – bu shunday adashishdirki, inson tabiat haqida kishilar hayoti kabi muhokama yuritishidan kelib chiqqandir; g‘orlarning timsollari ayrim odamlarning didi va hatti-harakatlari ko‘nikmasi tufayli ta'lim-tarbiya bilan bog‘liq ravishda kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan paydo bo‘lgan adashishlardir; bozor timsollari bu dunyo to‘g‘risida mavjud bo‘lgan tasavvurlar va fikrlarni ularga nisbatan tanqidiy munosabatsiz ravishda muhokama yuritish odatidir; teatr timsollari obrumand kishilarga ko‘r-ko‘rona ishonchga tayanadi.
Ingliz falsafiy tafakkurining yirik vakillaridan biri Tomas Gobbs (1588-1679) dir. «Birinchi falsafa» haqidagi o‘z mulohazalarida Gobbs shuni ta'kidladiki, «jismlilik» (ya'ni modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar vaqtinchalik bo‘lsa ham. Jismliylik xususiyatlari (yoki «aksidensiyalar») harakat va sokinlik, rang va boshqalardir. Harakatni u jismlarning makondagi o‘rin almashishi sifatida qarab chiqdi, ya'ni mexanik sifatida, tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga o‘xshatib, balki inson va jamiyatni ham unga monand qildi. Gobbs falsafiy ta'limotining mexanistik ekanligi yana shu bilan ifodalanadiki, u o‘zining talqinida harakatni ikki jismning to‘qnashuvi natijasi sifatida ko‘rsatib, uni ilohiy birinchi turtki nazariyasiga (deizm) havola qildi. Gobbsning ta'kidlashicha, barcha bilimlarga his-tuyg‘u yordamida erishib bo‘ladi, shu bilan birgalikda u o‘zining bilish nazariyasida aqlning muhim ahamiyatini, ayniqsa uning matematik amallarini ko‘rsatib o‘tdi.
Agar F.Bekon Yangi zamonning xususiyati sifatida tabiatni o‘rganishining tajribaga asoslangan tajribaviy usulini ishlab chiqishni boshlab berganligi bilan, Gobbs esa tajribaga asoslanganlikni chuqurlashtirganligi bilan belgilab bergan bo‘lsa, fransuz olimi va faylasufi Rene Dekart (1596-1650) aksincha, tajribaga aql bergan ma'lumotlarning oddiy amaliy tekshirish o‘rnini ajratib, afzallikni aqlga qaratdi.
Yangi zamon ratsionalizmining asoschisi bo‘lgan Dekart barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan usulni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydiki, u ko‘p hollarda bilimlar natijasini belgilab beruvchi inson aqlida borligi taxmin qilingan «tug‘ma g‘oyalar» yoki aksiomalar deb atalgan narsalarni taqozo etar edi. Tug‘ma aksiomalar qatoriga u matematika va mantiqning ko‘pchilik qoidalarini qo‘ydi, masalan, «to‘g‘ri to‘rt burchak to‘rtdan ko‘proq tomonlarga ega emas». Dekartning tabiatga qarashlari mexanistik xususiyatga ega. Xudo dunyoning mavjud bo‘lishlik va taraqqiyotiga birinchi turtkini beradi, ammo keyinchalik uning rivoji moddaning mustaqil ijodiy energiyasi orqali rag‘batlantiriladi. Dekart evolyusiya g‘oyasini ishlab chiqqanlarning birinchilaridan biridir (garchi mexanistik asosda bo‘lsa ham). U bu g‘oyani tabiat haqidagi barcha soha ta'limotlariga – yulduzlar va sayyoralarning tashkil topishidan tortib o‘simliklar, hayvonlar va insonlarning paydo bo‘lishlarigacha tatbiq etdi. Dekart fikricha, yulduz va sayyoralarning tizimlari moddaning quyunsimon harakati natijasida tashkil topadilar. Dunyoviy modda cheksiz, bir xil bo‘lib, bo‘shliqqa ega emas va cheksiz ravishda bo‘linishi mumkin. U mexanik qonunlar tomonidan belgilangan to‘xtovsiz ravishda miqdoriy va sifatiy jihatdan o‘zgarib turadigan holatdadir. Tirik mavjudotlar dunyosi ham ushbu qonunlarga bo‘ysunadi: hayvonlar – bular murakkab mashinalardir. Inson esa, hayvonlardan farqli o‘laroq, aqlga ega, shuning uchun u mexanika qonunlari doirasidan tashqariga chiqadi. Dekart moddiy javhar bilan bir qatorda (uning tomonidan uzunlik sifatida tushuniladigan) Xudoning va uning tomonidan yaratilgan ruhiy, fikrlovchi javhar jonning mavjudiligini tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Dekart falsafasining alohida xususiyati dualizm edi.
Dekart uchun muhim muammo haqiqat bilimlarni hosil qilish va usul muammosi ediki, uning vositasida ana shunday bilim olish imkoniyati vujudga kelsin. Bilim mohiyati shunda ediki, har qanday bilimga yoyiladigan keskin shubhaning taqozosi haqiqiy bilim olish imkoniyatini tasdiqlashga olib kelishi mumkin. Men barcha narsaga shubha qilishga boshlayman, - deb mulohaza yuritadi Dekart, negaki, shuni tushunamanki, meni yovuz va xiylagar shayton yoki qandaydir boshqa bir aldamchi aldayapti. Ammo shu bilan birga men shunga shubha qilmaymanki, mening shubham mavjuddir, ya'ni fikr bordir. Shu yerdan Dekartning mashhur xulosasi sarchashma oladi: «Men fikrlayapman, demak, men mavjudman!». Fikr haqiqiyligi va fikrlovchi mohiyati borligidan, u ashyolar borlig‘ining haqiqiyligiga yetib boradi.
Dekartning bilish usulini tahliliy yoki aqliy sifatida ta'riflash mumkin. Aqliy (ratsionalizm) - aql yoki fikrni bilish manbai va uning haqiqiyligi me'yori deb tan oluvchi falsafiy qarashdir. Ratsionalizm usuli fikrning aniqligi va uning o‘zining amallarining bir-biriga qarama-qarshi emasligini, fikr ob'ektini oddiy qismlarga bo‘lib va ularning har birini alohida o‘rganishni, keyin esa fikr harakatini soddadan murakkabga tomon borishini taqozo etadi. Dekart fikricha, hyech qanday uzoq narsa yo‘qki, uni kashf etishga erishib bo‘lmasin.
Dekart ratsionalizmi juda ko‘plab o‘z davomchilariga ega bo‘ldiki, ular ichida eng yirigi Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1667) edi. Alohida olingan maxsus javhar (substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni rad etib, Spinoza Xudoni yagona cheksiz javharga qo‘shdi, ya'ni g‘oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o‘z o‘zining sababi bo‘lib, hyech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. Shaxs sifatida mutlaq mahrum bo‘lgan Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. Yagona javhar bo‘lgan Xudo -tabiat ikki sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo‘lsa ham, fikrlash qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr Spinoza tomonidan tabiatni o‘z-o‘zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib chiqadi: g‘oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va aloqasi kabidir. Fikrning yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me'yori bilan ifodalanadi va aynan shunga o‘xshash bilib olingan bilimlarning shakllari va dunyoning qonunlari fikrning haqiqiy qoidalaridir. Narsani bilish uning yakkaligi vositasida umumiylik unsurini ko‘ra bilish, ayrimlik ko‘rinish - modusdan javhar (substansiya) tomon borish demakdir.
Spinozaning diqqat markazida ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha, javharda zaruriyat va ozodlik qo‘shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u nimaiki qilsa, o‘zining zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza insonni ham kiritadi, sababiy bog‘langanlik (determinizm), ya'ni zaruriyat hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida ko‘rinishga ega bo‘lgan modusdir. Unga fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. Inson ozodligi aql bilan irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi ham aqliy bilim darajasi orqali ifodalanadi. Ozodlik va zaruriyat bir-birini taqozo etadi. Spinoza fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o‘zboshimchalikdir.
Insonning hatti - harakati o‘zini saqlash (instinkt) g‘arizasi ta'siri ostida va undan kelib chiqadigan (affektlar) jazavalar doirasida yotadiki, ularning asosiylari shodlik, g‘am-alam va istakdir. Hamonamki, inson ularga bo‘ysunar ekan, u ozod emas. Insonning ozodlik muammosi ular ta'siridan kutilishdan iboratdir. Bu esa ochiq va aniq bilishni mo‘ljallaydi. Shunday tarzda Spinoza «ozodlik idrok etilgan zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi.

Download 47.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling