Referat mavzu: O'rta Osiyoda qo'llanilgan kalendarlar Bajardi: Yo'lchiyev Avazbek ii-kurs 19. 73 gurux Farg’ona-2020
Download 36.07 Kb.
|
Yolchiev Avazbek
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
Mavzu:O'rta Osiyoda qo'llanilgan kalendarlar Bajardi:Yo'lchiyev Avazbek II-kurs 19.73 gurux Farg’ona-2020
Reja: Ilk o'rta asrlardagi O'rta Osiyoda tashkil topgan davlatlar IX-XII asrlarda diyorimizda"Renessans" 3. Ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy diplomatic aloqalar 1-VI asr o`rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin "xoqon" deb e'lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g`arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga "Yabg`u xoqon" degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo`ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylarigacha cho`zilgan keng o`lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati hududlariga borib yondoshadi. 558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo`ylarini zabt etadi. 575-576-yillarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab, Qrim yarim oroliga kirib boradilar. Sosoniylar Toxariston va Chag`oniyonni eftaliylardan tortib oladilar. Eftaliylar davlatining qulashi Turk xoqonligining eftaliylar bilan to`qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so`ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo`lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o`zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo`lishi orqali yanada mustahkamlanadi. Eron askarlarining Balxga hujumi , ko`magida turklar 563-yilda Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg`ol qilinadi. Sirdaryodan o`tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo`shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567yillarda zarbaga uchragan Eftaliylar davlatibir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so`ng, tamomila barbod bo`ladi. Natijada mag`lub davlatning merosi o`zaro bo`linib, Araudaryoning janubiy qirg`oqlarigacha bo`lgan viloyatlar Eron, uning sohillari bo`ylab Kaspiy dengizigacha cho`zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o`tadi. Eftaliylar davlati qulagach, vaziyat tubdan o`zgaradi. Endilikda o`z chegarasini shimoli-sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo`li ustida haqiqiy sarbon bo`lib oladi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo`li nazoratini o`z homiyligi ostiga olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo`ldi. VI asrning 70-80- yillarida Enasoyning yuqori oqimidan to Amudaryo bo`ylarigacha, Manchjuriyadan to Kimmeriy (Qora dengiz) Bosforigacha cho`zilgan ulkan maydonda Turk xoqonligi tashkil topdi. Bu ulkan davlat Xitoy, Eron va Vizantiya kabi zamonasining yirik davlatlari bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar o`rnatib, ular qatoridan munosib o`rinni egallaydi. Buxorxudotlar dirhami.VIII asr. Qo`sh tasvirli Chag`oniyon jez tangasi Turk xoqonligining boshqaruvi Turk xoqonligi qanchalik katta bo`lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so`zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo`lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug`-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma'muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko`chmanchi chorvador va o`troq dehqon aholiga bo`linardi. Ko`chmanchi chorvador aholi "budun" yoki "qora budun" nomlari bilan yuntilgan. Budun o z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. U "o`n o`q budun" yoki "o`n o`q el" deb - yuritilgan. O`n o`q budun yoki elning hokimi "yabg`u" yoki "jabg`u" nomi bilan atalardi. Yabg`u darajasiga faqat xoqon urug`iga qonqarindosh bo`lganlargina ko`tarilardi. Shu boisdan ba'zan u "yabg`u xoqon" deb ulug`langan. o`n o`q el sardori bir tuman (ya'ni o'n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo`linmaning tumanboshisi “shad" deb yuritilgan. o`rta Osiyoda hukmronlik o`rnatilgan dastlabki davrda turk xoqonlari mamlakatning o`troq aholi yashaydigan obod viloyatlarini ko`chmanchilar ixtiyoriga topshirsalar-da, ammo aholining ichki hayotiga deyarli aralashmaydilar. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o`ndan ortiq mayda hokimliklar mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi yerli sulola hukmdorlari qo`lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar. Mustahkam markazlashgan davlat- bu barcha hududlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir. Xokonlikning bo`linishi Turk xoqonligi turli-tuman turkiy qabilalarni kuch bilan birlashtirish natijasida tuzilgan edi. Har bir qabilaning o`zi bir nechta urug` birlashmasidan iborat bo`lgan. Kattakatta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilganlar. Turk xoqonligi tasarrufida bo`lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo`lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan. Bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og`irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga - Sharqiy turk xoqonligi va g`arbiy turk xoqonligiga bo`linib ketadi. Budun- chorvador aholi. Xoqon- buyuk hukmdor,podshoh,imperator Yabg`u hoqon- xoqon urug`idan bo`lgan el-yurt hokimi. Shad- o`n ming qo`shin qo`mondoni 5§-G`arbiy Turk Xoqonligi Tayanch tushunchalar: g`arbiy turk xoqonligi. Yabg'u. Boshqaruv tartibi. Ijtimoiy hayot. Abruy qo'zg'oloni. Choch tangasi.VII asr Mahaliy hokimlarga xoqon tomonidan yabg`u unvoni berilgan. Xoqonlik hududlari va boshqaruv 2-9-asrning 20-yillarida Movarounnahrda Asad ibn Somon va uning oʻgʻillari xalifatga sodiqliklari bilan namoyon boʻlgan. koʻtargan Rafi ibn Lays qoʻzgʻalonini bostirishga erishdilar. Ularning bobosi Somon Fargʻonaning dehqon oilasidan chiqqan (uning Bal yoki Termez viloyatlaridanligi haqida farazlar ham mavjud). Xalif al-Maʼmunga sadoqatli xizmatlari evaziga Xuroson noibi Xasan ibn Abbad (819-821 yy.) Asad ibn Somon oʻgʻillarini muhim viloyatlar va shaharlarning hokimi etib tayinlaydi. Nuhga - Samarqand, Ahmadga - Fargʻona, Yahyoga - Shosh va Ustrusxon, Ilyosga - Xirot tuhfa etiladi. Nuh oila sardori boʻlgan, uning oʻlimidan soʻng bu vakolat - Ahmad ibn Asadga oʻtgan. Ahmad davrida somoniylar xalifat va toxiriylardan muxtoriyat olishga erishadilar. Ahmad ibn Asad oilasi somoniylarning barcha hududlarini oʻziga boʻsundirib, Movarounnahrda ulkan davlat barpo etadi. Ahmad siyosati Samarqandda hukmronlik qilgan uning oʻgʻli Nasr tomonidan davom ettiriladi. Somoniylarning taʼsirini inobatga olib, xalif Mutadim 875 yili poytaxti Samarqand boʻlgan Movarounnahr boshqaruvini butunlay Nasr ibn Ahmad (875-892 yy.) ihtiyoriga topshiradi. 874 yildan buyon Boxoroni boshqargan Nasr ukasi Ismoil (892-907 yy.) 892 yili Movarounnahr amiri boʻladi. 900 yili Ismoil Somoni Bal yonida boʻlgan jangda Saffarid Amr ibn Leysni magʻlubiyatga uchratadi. Natijada Xuroson, keyinchalik esa Siston somoniylar davlati tarkibiga qoʻshib olinadi. Xuroson 999 yilga qadar Nishapurdagi somoniy noibi tomonidan boshqarilgan. Ahmad ibn Ismoil (907-914 yy.) oʻz otasi Ismoil davlatiga vorislik qiladi. 10-asrning 30-40-yillarida somoniy Nasr II (914-943) hukmronligi davrida davlatda karmatlar taʼlimoti keng tarqaladi va unga qarshi uning oʻgʻli Nuh I (943-954) kurash olib boradi. Somoniylar davrida Movarounnahrda hunarmandchilik, qurilish va madaniyat gullab-yashnaydi. Karvon savdosi muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Buyuk ipak yoʻli qayta jonlanib, uning yangi shahobchalari paydo boʻladi. Shaharlar yangidan quriladi. Toʻquvchilik, kulolchilik, mischilik, duradgorchilikning yangi markazlari yuzaga keladi. Shaharlar ichida karvonsaroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etiladi. Oʻsha davrda buyuk qomusshunos olimlar al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Sharshohiy va boshqalar yashab ijod etgan. 945 yildan buyon Xurosonda betinim notinchliklar boshlanadi. Somoniylar Abdul-Malik ibn Nux (954-961) va uning ukasi Mansur (961-976), oʻgʻli Mansur - Nux II (976-977), Nux II oʻgʻli - Abdul-Malik II (997-999) zamonida davlat asta-sekin zaiflasha boshlaydi. 999 yili Somoniylar Movarounnahrni turk hukmdorlari - qoraxoniylarga boy beradilar va shu tariqa Somoniylar davlati tugatildi. Sominiylarning soʻnggi hukmdori Abdul-Malik II ning ukasi al-Muntasir 1005 yili oʻldirilgan. 3-asrning birinchi yarmida Yettisuv va Koshg‘arda yashovchi turk qabilalari: qorluq, jikil (chigil) va yag‘molarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bir tarafdan, ularning o‘troq hayotga ko‘chishi kuchayib, dexqonchilik xo‘jaligi kengayadi, shaxarlar kutariladi, savdo va xunarmandchilik usadi. Ikkinchi tarafdan esa ilk feodal munosabatlar rivoj topib, turk jamoalari urtasida sinfiy tabaqalanish keskin tus oladi. Chorvador qabilalarning ichki hayotidagi bunday o‘zgarishlarda, shubhasiz, bir tomondan, Yettisuv va Koshg‘arni kesib utgan qadimiy karvon yo‘li buylab qad kutargan savdo shaharlariyu vohalarda vujudga kelgan dexqonchilik qishloqlari aholisining roli katta buldi. Ikkinchi tomondan esa kushniMovarounnahrning o‘troq axolisi bilan ularning yaqindan olib borgan iqtisodiy va madaniy aloqalarining ta’siri kuchli buldi. Shunday qilib, murakkab ichki jarayonlar, feodal dexqonchilik dunyosi va karvon yo‘lidagi boy savdo-xunarmandchilik shaxarlarining bevosita ta’siri chorvador turk qabilalarining ijtimoiy hayotida ilk feodal munosabatlarining shakllanishida asosiy omil buldi. Buning oqibatida bu hududlarda siyosiy vaziyat nixoyatda keskinlashib ketdi. X asr o‘rtalarida Issiqkulning janubi va Koshg‘arda yashagan yag‘mo qabilalari kuchayib, avval uzlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilalari bilan yagona ittifoqda birlashadi. So‘ngra ular Yettisuvga xuruj qilib, qorluqlarni buysundiradi va bu ulkan hududda qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. Yozma manbalarda yag‘molar turk qavmlari ichida madaniy jihatdan eng qolog‘i deb ta’riflanadi. Ular asosan yilqichilik va quychivonlik bilan shug‘ullanar edi. Muynali hayvonlar xamda ov qushlarini ovlardi. Dexqonchilik bilan kam shug‘ullanardi. Yag‘molar turk qabilalari orasida eng jangovari hisoblangan. Jikillar esa yag‘molarga nisbatan birmuncha madaniyroq va boy qabila bulgan. qoramol, quy va yilki podalariga ega bulishgan. qora uylarda yashasa ham, qorluqlarniki singari shaxar va qishloqlari bulgan. yarmo va jikillarga nisbatan qorluqlar ancha madaniyatli aholi hisoblangan. Turk qabilalariga tegishli yurtlar orasida ular eng obod joylarga ega bulishgan. Ularning mamlakatida qishloqlar bilan bir qatorda shaharlar ham bulgan. qorluqlarning ayrimlari muynali hayvonlar ovlash, qolganlari chorvachilik xamda dexqonchilik bilan shug‘ullangan. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida jikil va qorluqlar katta rol uynadilar. Davlatning yuqori mansablari va qo‘shinda ular muxim urinlarni egallasalar-da, biroq xonlik taxtiga yarmo biylari o‘tirganlar. Bu yangi turk davlatining podsholari «arslonxon» va «bug‘roxon» unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki oliy daraja buyuk xukmdor ma’nosini anglatgan, Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so‘zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o‘tirgan arslonxon yoki bug‘roxonlar «qoraxon», ya’ni ulug‘ xon hisoblangan. Ular hukmdorlik qilgan davlat esa tarixda «qoraxonyylar davlati» nomi bilan shuxrat topgan. Aslida «arslon" jikil qabilasining totemi — ajdodi ibtidosi xisoblangan. «bug‘ra» esa yag‘molarning totemi bulgan. U og‘ir yuk ko‘taradigan bichilgan tuya ma’nosini anglatgan. Podsholik darajasiga qabila totemlarining nomlari bilan nisbat berilishiga qaraganda, qoraxoniylar davlatining asosini jikillar bilan yag‘molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda qoraxoniylar qabilaviy udumining og‘alik tartibiga qat’iy rioya qilingan. Bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug‘ini «arslonxon» yoki «bug‘roxon» darajasiga kutarib, xukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan. Odatda u «tamg‘achxon», ya’ni xonlar xoni deb yuritilgan. 992 yilda Xasan Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnaxrga tomon xujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qavmlar xam qatnashadilar. Natijada ular qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu davrda somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlar boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan turk xojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turklashkarboshilari mamlakatni dushmandan mudofaa qilish urniga xoinlik yo‘lini tutib, qoraxoniylarga yon bosadilar. Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldindan somoniylarning eng e’tiborli turk lashkarboshlaridan Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy amir Nux ibn Mansurdan yashirincha Bug‘roxon bilan Somoniylar davlatini bo‘lib olish haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi turk lashkarboshisi Ayach boshliq qo‘shin tor-mor qilinadi va uning o‘zi asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidaga Harjan yonida yana bir turk xojibi Foyiq katta qo‘shin bilan Bug‘roxonga qarshi jang qiladi. Ammo Foyiq jang qizg‘inketayotgan paytda atayin taslim bo‘ladi. Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nux ibn Mansur poytaxtni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p vaqt o‘tmay Bug‘roxon sotqin FoyikniTermiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘roxon Buxoroda uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark etib, o‘z Vatani Koshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot qiladi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib, o‘z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk xojibi — Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olonko‘taradi. O‘z kuchiga ishonmagan Nux G‘azna xukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnaxrga yetib keladi va Nux bilan birlashib qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan sung Foyiq va Abu Ali qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Sobuqtakinning bu yordami zvaziga nux ibn Mansur unga «din va davlat xomiysi», uning o‘g‘li Maxmudga esa «Sayf ud-din» yoki «din shamshira» degan unvonlarni taqdim etadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abu Ali Simjuriy urniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtakin va Maxmudning siyosiy xukmronligi mustaxkamlanib, g‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bulgan yerlarni egallaydi. 2-masala
O‘rta Osiyo xududida Somoniylar va G‘aznaviy hukmronligi davrida shimoldagi turkiy qabilalar bilan do‘stona munosabat olib borilar edi. Lekin bu davlatlarning zaiflashib borayotganidan xabar topgan turkiylar O‘rta Osiyoga hujum qila boshladilar. Ularning yo‘lboshchisi Bilga Hoqon bo‘lgan67. The first of the Uïghūr Khāns of Turkestān who plays any great part in Mohammedan history is Boghrā Khān, whose capital was Balāsāghūn, and who ruled over Kāshghar (called Urdu Kend), Khotan, Karakorum, Tarās, and Fārāb (Otrār). 996 yilda Koraxoniylar Movaronnaxr tomon yana xujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuxga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag‘oniyon, g‘uzg‘on va Xuttalon xokimlarining birlashgan qo‘shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuxning xam o‘z qo‘shini bilan unga qo‘shilishini talab qiladi. Bu somoniylar amirining xukmdorlik xuquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi. Bunga javoban Sobuqtakin qo‘shin yuborib Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular urtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo xavzasi qoraxoniylar quliga utadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga xukmdor bulib oladi. Somoniylarga Movarounnaxrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq kup vaqt utmay qoraxoniylar Buxoroni bosib oladi. Garchi somoniylar to 1005 yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bulsalar-da, ammo 999 yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barxam topgan edi. Shunday qilib, X asr oxirida Somoniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri — Koshg‘ardan Amudaryogacha chuzilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘dni uz ichiga olgan qoraxoniylar davlati, ikkinchisi esa shimoliy Xindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha bulgan viloyatlarni qamrab olgan G‘aznaviylar davlati edi. Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o‘rtasidagi chegara deb belgilangan bulsa-da, ammo qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi deb xisoblab, uni o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun xarakat qiladilar. Oradan ko‘p vaqto‘tmay qoraxoniylar bilan g‘aznaviylar urtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar, Balh Tus va Nishopur shaxarlari zabt etiladi. Ularning xarbiy yurishini Sulton Maxmudga qarshi bulgan Xurosonning mulkdor feodallari qullab-quvvatlaydilar. Lekin Maxmud g‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni uz davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. 1017 yilda Maxmud Xorazm ustiga lashkar tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barxamtopadi. Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi ug‘uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o‘rnashganturkman qabilalari kuchayib, uz vaqtida ularga yer berib xomiylik qilgan g‘aznaviylarga qarshi tazyiq kursatadilar. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan qoraxoniylarning maxalliy xukmdori Ibroxim Buritakin 1038 yilda Amudaryo buyi viloyatlari Huttalon, Vaxsh va Choganiyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnaxrni va Farg‘onani o‘ziga buysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi Movarounnaxrdagi qoraxoniylar davlati edi. Bu g‘alabalardan sung Ibroxim Tamg‘ach bug‘roxon unvoniga sazovor bo‘ladi. 1040 yilda Marv bilan Saraxs (Seraxs) oralig‘idagi Dandonakon degan joyda g‘aznaviylar bilan saljuqiylar qo‘shinlari to‘qnashadilar. Bo‘lib o‘tgan shiddatli jangda Maxmud g‘aznaviy qaqshatgich zarbaga uchraydi. Saljuqiylar g‘aznaviylar davlatining asosiy qismi xisoblangan shimoliy va g‘arbiy viloyatlarini egallab oladilar. Ular tasarrufida G‘azna, Qobul, Qandaxor va Panjob viloyatlarigina qolib, u kichik davlatga aylanadi. Sarkarda va xukmdor Tug‘rulbek zamonida (1038— 1063) Xorazm, Iroq Ajami (Iroqning Eron xududidagi qismi), Ozarbayjon, Kurdiston va Kuxiston zabt etiladi. 1055 yilda saljuqlar Bog‘dodda uz siyosiy xukmronliklarini urnatadilar. Xalifa esa faqat diniy ishlardagina mutasaddi bulib qoladi. Ray shaxri Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylantiriladi. Saljuqiylar bilan qoraxoniylar urtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bulsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Xorazm tomondan ular Xuttalon, Choganiyon,Jand va Savronga yurish qilib, qoraxoniylar bilan bir necha bor tuqnashadilar. Bu ikki turk davlatlari urtasida shiddatli janglar bulib utadi. Hatto 1130 yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnaxrga lashkar tortib qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishgoletadi. Natijada qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bulib koladilar. 4-IX-XII asrlar madaniy yuksalishining shart-sharoitlari. Ilm-fan Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. “Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyatni qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarni ham “uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi. Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha boshladi. 821 yilda Xuroson va Movaraunnahrning noibi etib tayinlangan Tohir ibn Husayn xalifalik o‘ylaganidek siyosat yurgizmadi. U xalifa nomini xutba nomozidan chiqarib tashlashga ko‘rsatma berdi. Tohiriylar shunday qilib so‘zda o‘zlarini xalifalikning noibidek ko‘rsatsalar-da, amalda mustaqil ish yuritish harakatini boshlab yubordilar. Bu borada diqqatga sazovor tomoni shundaki, tohiriylar nafaqat siyosiy mustaqillikka intildilar, balki xo‘jalikning ko‘pgina tarmoqlarini o‘zlari xohlaganday tartibga solishga harakatlar qildilar. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida suv ta’minotini yaxshilashga katta e’tibor qarata boshladilar. Katta-katta ariqlar, kanallar qazdirdilar. Suv ta’minoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib-qoidaga binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. Shunday qilib, mustaqil davlatlarning paydo bo‘lish uchun zamin paydo bo‘ldi. 873-yilda Tohiriylar hukmronligi o‘rniga Safforiylar hukmronligi o‘rnatildi. Bu o‘z navbatida Movarounnahrni Xurosondan ajralib, o‘z mustaqilligini tiklab olishi uchun asos bo‘ldi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada mustahkamlab oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lmish Ismoil Somoniy kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi. Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq davlatlarining boshqaruv an’analarini chuqur o‘rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar. Movaraunnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta’rifi butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: “...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z davrining fozillari yig‘ilgan (joy) edi”. O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar. Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul-hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) “Donishmandlar uyi”-“Bayt ul-Hikma”-“Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar. Ular orasida Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. G‘oyatda o‘tkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan al-Xorazmiy yoshlik chog‘idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni xususiy muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning yirik ma’rifat markazlaridan biri bo‘lgan Marv madrasasida o‘qidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach (813 y.) Muhammad Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan birga Bag‘dodga olib ketadi va u yerda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikma”ga boshliq etib tayinladi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movaraunnahr olimlari bilan ijod qiladi. Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr al muqobala” (“Tenglamalar va qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat al-Arz” (“Yer surati haqida kitob”), “Kitab at-Tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan. Xorazmiy ijodi merosida “Aljabr va al-muqobala” kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. “Al-gebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematikada “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al-jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarlarini qayta-qayta ishlab, u asosda asarlar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi Yevropada, qolaversa, butun dunyo taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, algebrani mustaqil fan darajasiga ko‘tardi. Olimning “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson , Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII-IX asrlar tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Xorazmiyning “Zij” (“Astronomik jadval”), “Quyosh soati haqida risola” asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg‘oniy o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Baytul-Hikma” bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an-Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Yetti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda. Ahmad Farg‘oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. U 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib berdi, yerning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda ko‘rilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab berdi. Ahmad Farg‘oniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’iy nazar g‘oyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bo‘lgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni “Al Fraganus” deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873-yilda Forob (O‘tror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko‘rgan va 951-yilda Damashqda vafot etgan. O‘rta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uyg‘onish davrining eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o‘rgandi. Bag‘dodga kelgach fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan “Aristotelning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“Shaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi. Forobiy fanning nazariy va falsafiy tomonlarini yoritishga harakat qilgan. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga, Ptolemeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiyning ruh haqidagi psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot bo‘yicha asarlari, Epikur, Zenon, Yevklid risolalariga taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi o‘zining qo‘shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel “Birinchi muallim” unvoniga sazovor bo‘lsa, Forobiy donishmandligi, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun “Al-muallim as-Soniy - “Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli” degan mu’tabar unvon oldi. Forobiyning “Inson tanasining a’zolari haqida”gi risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bag‘ishlangan. “Astrologiyaning to‘g‘ri va noto‘g‘ri qoidalari haqida”gi risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlariga asoslangan faoliyatini, yolg‘on tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini ta’kidlaydi. Olimning ko‘p jildli “Musiqa haqida katta kitob” asari musiqa ilmining katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bo‘lgan. O‘rta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilm tasnifi bo‘yicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari g‘oyatda qimmatlidir. U “ilmlarni kelib chiqishi haqida”, “Ismlarning tasnifi haqida” va boshqa risolalarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi. Forobiyning ilmiy - falsafiy merosi xalqimizning buyuk ma’naviy boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida 899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari bizgacha yetib kelgan. Asar qo‘lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan qismi 1128 yilda Quva shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari qisqartirilgan va so‘nggi voqealar asosida to‘ldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning “Hazoiq ul- ulum”, Ibrohimning “Axbar-i Muqanna” kabi asarlaridan foydalanib, uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab o‘tgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar kirib qolgan. “Buxoro tarixi” asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Movaraunnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan. Biz o‘rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048-y.) tasavvur qilish mumkin emas. U o‘z zamonasining barcha fanlari - fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘lgan. U 362 hijriy yili (973-y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. O‘sha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrig‘iylar sulolasining poytaxti bo‘lib, O‘rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bog‘lab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Afsuski, Beruniyning zamondoshi Ibn Sinonikiga o‘xshagan tarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning uchun u boshlang‘ich ta’limini kimdan, qachon olganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, mehnatkash bo‘lgan. U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni-so‘g‘diy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham o‘rgangan. U Hindistonda bo‘lar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham o‘rganadi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko‘zga ko‘ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o‘zining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo‘ygan. Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi. Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan. Tarixdan ma’lumki, 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi bir qancha olimlar qatori G‘azna shahriga olib ketadi. Beruniy G‘azna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani ma’lum. Bu yillar Beruniy hayotida o‘ziga xos davr bo‘ladi. Bir tomondan g‘urbatda yashagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri bo‘ladi. Beruniy faoliyatini o‘rganuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, ya’ni davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim o‘zining butun bo‘sh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflaydi. Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. U o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U “Geodeziya” asarida geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan u dunyoning geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qo‘shganlardan biri hisoblanadi. Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U matematika masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko‘pchiligi Beruniyni trigonometriya fanining rivojiga qo‘shgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida ko‘rsatmoqdalar. Beruniy 1030-yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888-yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim “hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bo‘lganligini bilmaymiz”-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen “Hindiston” asari qadimgi va o‘rta asr g‘arb va sharq adabiyotida “misli ko‘rilmagan”-deb baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa “O‘rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish bo‘yicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning “Hindiston” asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga o‘z muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir”-degan edi. Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qigan, bilimdon kishi bo‘lib asli Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi bo‘yicha “Qur’oni Karim”ni yoshlik chog‘idan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi sohalarni ham o‘qita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an-Nashali degan kishini o‘g‘liga murabbiy qilib oladi. U o‘spirinlik yillarida, 16 yoshida shunchalik chuqur shug‘ullanganki, hatto biron-bir kecha ham to‘yib uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan bunday shug‘ullanish, ko‘p vaqtlar davomida amalga oshirgan mashaqqatli mehnat tez orada o‘z samarasini beradi, u 17 yoshidayoq olim sifatida shakllanib, tabib degan nom chiqara boshlaydi. Mukofot sifatida saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga sazovor bo‘ladi. Biz ko‘rib chiqayotgan davr siyosiy tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu vaqtda ikki sulola (Qoraxoniylar va Somoniylar) tarix sahnasida hukmronlik uchun kurash olib bormoqda edi. Mamlakatdagi bunday beqarorlik fan arboblarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmas edi. Ibn Sino ham o‘sha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi sifatida nom chiqargan Ma’mun (999-1016) saroyiga boradi. U yerda o‘sha davr mashhur olim, faylasuflari Abusaxl Masixiy, tabib Abul Xayir Xommar, qomusiy olim sifatida butun dunyoda tan olingan Abu Rayhon Beruniy va boshqa mashhur olimlar bor edilar. Ammo olimning tinch ijodi bu yerda ham ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach u Hamadonga jo‘naydi. O‘sha davrda Hamadon hukmdori Shams ad-Davla degan kishi bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham tuzatib yuboradi va evaziga vazir etib tayyorlanadi. O‘sha davrda ham saroy fisqu-fasod, isyonlar uyasi edi. Ana shunday fisqu-fasodlar tufayli u zindonga tashlanadi. Isfaxon hukmdori Alouddavla Hamadonni bosib olgach, u zindondan ozod qilinadi. Ibn Sinoning zamondoshi, uning shogirdi Jurjoniyning yozishicha u jismoniy jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, yuqorida qayd qilganimizdek, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va ta’qib ostiga olishlar olimning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi va u 428 xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57 yoshida vafot etadi. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo‘lib, o‘z davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Ibn Sinoning tog‘larni paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi juda ajoyib fikrlari, minerologiya va geologiya fanlariga qo‘shgan hissasi juda salmoqlidir. Jumladan, u minerollarni to‘rt guruhga bo‘lib, ularning original klassifikatsiyasini taklif etadi. Bu klassifikatsiya to XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Olimning minereologiya sohasidagi ishlarining muhimligi ta’kidlanib, 1956-yilda O‘zbekistonda topilgan mineral Avitsenit deb atalgan. 5-Buyuk Ipak yoʻli Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan. Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.Shuni aytib oʻtish lozimki, bu yoʻl hech qachon yagona bir yoʻl boʻlmasdan, balki azim bir daraxtning sadasiga oʻxshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan edi. Masalan, Osiyoni sharqdan gʻarbga qarab kesib oʻtuvchi asosiy yoʻllardan biri qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, uning shimoli-gʻarbiy chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti boʻylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston orqali oʻtgan. Tyan-Shan tizmasi dovonidan oshib oʻtgan karvonlarinng bir qismi Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasi orqali Soʻgʻdiyonaning poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir qismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga borar va Qashqadaryo vodiysi dan oʻtib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan Amudaryodan kechib oʻtib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi. Yoʻlning yana bir yoʻnalishi Tarim shahridan chiqib, Takla-Makon sahrosini janub tarafidan aylanib oʻtib, Xotan va Yorkent shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy Afgʻoniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron, Suriya davlatlari orqali oʻtib, Oʻrta Yer dengizi boʻyiga yetib kelar edi, mahsulotlarning bir qismi dengiz yoʻli bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi. Nomidan ham maʼlum boʻlishicha, karvon yoʻllaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho boʻlgan ipak mahsulotlari edi. Masalan, oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi boʻlib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, Soʻgʻdiyonada bir otning narxi oʻnta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun toʻlash mumkin edi. Ushbu karvon yoʻllarini birinchi boʻlib venetsiyalik savdogar Marko Polo „ipak yoʻli“ deb nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi boʻlib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan. „Buyuk Ipak yoʻli“ atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877- yilda oʻzining „Xitoy“ nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan. Ipak qitʼalararo yoʻl orqali tashib oʻtiladigan asosiy mol boʻlsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol-yarogʻlar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun-moʻynalar, gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar tikilgan matolar, oʻziga xos antiqa mevalar — tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qoʻylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi. Savdogarlarning yoʻl toʻrvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va koʻpgina boshqa xil mollar topilar edi. Buyuk ipak yoʻli orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, maʼnaviy qadriyatlari, diniy gʻoyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan boʻlib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqoʻl harbiy navkarlari VII asrda islom taʼlimotini olib kelganlar. Savdogarlar va targʻibotchilarning oʻtkazgan yoʻllari boʻylab moʻgʻula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari quyundek oʻtgan. Buyuk Ipak yoʻlining qoq yuragi boʻlgan Samarqand shahridan oʻrta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur oʻz yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yoʻllaridan asrlar boʻyi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yoʻlda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yoʻli boʻylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va anʼanalarini bilib oldik. Sharq va Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan bu beqiyos buyuk yoʻlni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy Oʻzbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari boʻlib, ularning meʼmorchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixini oʻzida mujassam etadi Download 36.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling