Referat mavzu: O`zbek raqs san`ati haqida Bajardi: 5 “D” sinf o`quchisi G`aybullayev Azizbek Raqs


Download 0.49 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1599278
TuriReferat


REFERAT

Mavzu: O`zbek raqs san`ati haqida


Bajardi: 5 “D” sinf o`quchisi G`aybullayev Azizbek


Raqs sanʼat turi boʻlib, musiqaga monand ritmik tana harakatlarida namoyon boʻladi.[1] Raqs turli madaniyatlarda mavjud va hissiyotlar, ijtimoiy aloqalarni bildirish shakli sifatida yoki koʻngilxushlik uchun ijro etiladi.
Raqs faqat odamlar tomonidangina emas, balki boshqa hayvonlar (masalan, asalarilar, qushlar) tomonidan ham bajariladi. Jonsiz jismlar ham raqsga tushishi mumkin — metaforik: "barglar shamolda raqs tushishmoqda" yoki haqiqatan: robotlar raqsi. Gimnastika, sinxron suzish va baʼzi jang sanʼatlarini ham raqsga qiyoslash mumkin.
Raqs aynan nima ekanligi ijtimoiy, madaniy, estetik, artistik va maʼnaviy cheklovlarga bogʻliq va funksional harakatdan (xalq raqslari) tortib virtuoztexnikagacha (balet) boʻladi. Raqs ommaviy (toʻy-bazmlarda), ijtimoiy (vals), ijroiy (sahnada), tantanali (hind raqslari), musobaqa (badiiy gimnastika) va erotik (striptiz) turlarga ajratiladi. Raqs harakatlari orqali fikrlar va hissiyotlarni yetkazish, hikoyanavislik qilish mumkin. Raqs evolutsiyasi natijasida turfa uslublar kelib chiqdi. Masalan, nisbatan yaqinda paydo boʻlgan breakdance hip hop madaniyatiga oiddir; afrikacharaqs esa izohlanishlidir; balet va vals klassik raqs boʻlsa, step zamonaviydir. Katta tezlikli raqslarga tushayotganda tajriba va ehtiyotkorlik talab etiladi, yoʻqsa (pay tortishishi va hk) jarohatlanish mumkin. Raqs ijrosi sanʼati xoreografiya deyiladi. Raqs yaratuvchi shaxs esa xoreograf deb ataladi.
Raqqos(a)ning garmonik tana harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi va yuz imo-ishoralari, ritm, temp, kompozitsiya orqali obraz yaratish raqsning asosiy vositasidir. Insonning mehnat jarayoni va borlikdan olgan emotsional taassurotlari bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻshiq va soʻz bilan bogʻliq boʻlib, keyinchalik mustaqil sanʼat turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega boʻla borgan. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniqlik beradi.
Har bir xalqning raqs anʼanalari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari boʻlib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar taʼsirida tarkib topib rivojlangan. Raqs xalq marosimlari, bayramlarining tarkibiy qismidir. Ular bilan bogʻliq holda xorovod va marosim oʻyinlari paydo boʻlgan. Xorovodlar asta-sekin marosim oʻyinlaridan xalos boʻlib, xalq turmushining ayrim tomonlarini aks ettira boshlagan. Xalq raqsida ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandlik bilan boglik mavzular, shuningdek, xalqning bosqinchilarga qarshi kurashi va lirik kayfiyati oʻz aksini topgan.
Raqs musiqa bilan uzviy bogʻliq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi. Xalq raqslarida ritm muhim boʻlib, u musiqada oʻz ifodasini topadi, oyoq, koʻl, bosh va tana harakatlari umumiy ritmga boʻysunadi, bir-biri bilan boglanadi. Oʻzbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim raqslar roʻmol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etiladi, baʼzan ijrochi xalq cholgʻu asboblari (qayroq, doira, nogʻora va h.k.)da oʻziga oʻzi joʻr boʻladi. Gʻarbiy Yevropa xalqlari raqsida, asosan oyoq harakatlari muhim boʻlib, qoʻl va tana harakatlari unga joʻr boʻladi. Sharqda esa qoʻl va tana harakatlari plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy raqs xalq ijodiga tayanadi, uning merosi va oʻziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. U dastlab Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. Xalq raqslari asosida tarkib topgan professional raqslar yuksak darajada rivojlanib, turli raqs tizimlari (xususan, Yevropa va sharq mumtoz raqslari) qaror topgan.
Yevropa professional raqs sanʼatining rivojlanishiga Yunoniston va Rim raqs sanʼati salmoqli hissa qoʻshdi. Oʻrta asrlarda Yevropada jonglyor, shpilman va skomoroxlar ijodidagina professional raqsning ilk koʻrinishlari namoyon boʻldi. 15—16-asrlarda moreski, ballafigurato nomli syujetli raqslar rasm boʻlib, raqs haqida risola va darsliklar yaratildi. 17—a.da balet raqs spektakllari yuzaga keldi va raqs sanʼati yangi texnika bilan boyidi. 20-asr boshida esa "modern" (ritmoplastik) raqsi paydo boʻldi. 40—60-yillarda Yevropa va AQSH da konsert ijrochiligiga moʻljallangan kichik xoreografik asarlar, estrada raqs rivoj topdi.
Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu yerda raqs juda qadimligidan guvohlik beradi. Oʻzbek raqs sanʼatining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bogʻliq boʻlganidan kelib chiqqan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" davridayoq raqs sanʼati shakllanib, xalq va professional raqs — ikki yoʻnalishda rivojlanishga kirishgan edi. Yunon — Baqtriya podsholigi davrida (mil, av. 4—3-asrlar) Turon raqs sanʼatining darajasi Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy raqsi bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining rivojlanishi tufayli bu sanʼat yanada mazmundor va rang-barang boʻla boradi. 4—8-asrlarga kelib Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlaridan raqs ustalari Buyuk ipak yoʻllari boʻylab Rum, Misr, Gʻarb oʻlkalarigacha, Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, oʻz sanʼatlarini namoyish etadilar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning "Xusyuanʼu" raqsi mashhur boʻlgan. Shoir Yuan Chjan (776—831) va boshqalar madh etgan.
Musulmonlik davrida ham Oʻzbekiston sarhadlarida turli taraqqiyot bosqichlarida paydo boʻlgan. Raqslar, oʻyinlar bir-biriga taʼsir koʻrsatib, yonmayon yashab kelgan. Shu bois shahar va qishloqlarda oʻtkazilgan toʻy, bayram va maʼrakalardagi "Beshqarsak" kabi qad. oʻyinlar ham, "Katta oʻyin", "Lazgi", "Kema oʻyin", "Ashshadaroz" singari katta umumlashmaga, ramziy timsollarga ega. Rlarni ham, jangovar oʻyinlarni ham uchratish mumkin boʻlgan. 9—12-asrlardagi Uygʻonish davrida raqs sanʼatida ham chinakam koʻtarilish yuz bergan, koʻpgina qad. Raqslar tiklanib, navroʻz, mehrjon va sada bayramlarida namoyish qilingan. Abul Fayz Bayhakiyning yozishicha, oʻsha davrda birgina Termiz shahrining oʻzida yuzlab sanʼatkorlar boʻlib, Amir Maʼsudni kutib olish uchun Termizdan 300 dan ziyod sanʼatkor Amudaryo boʻyiga kelgan ekan. Buxoro, Gurganj, Kesh va boshqa shaharlarda ham raqsga eʼtibor baland boʻlgan. Xorazmda Abul Abbos Maʼmun hukmronligi davrida (1003—1017) raqs sanʼati yaxshi rivojlangan.
Raqs sanʼati, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda xotinqizlarning oʻrni katta boʻlgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar raqsda yaqqol koʻzga tashlangan. Olov atrofidagi oʻyinlar, Anaxita va Rustam timsollariga bagʻishlangan oʻyinlar, maqom raqslari, "Argʻushtak" kabi raqslar shu jumladandir. "Munojot", "Tanavor", "Lazgi" raqslari ham aynan shu davrda malakali ijrochilar dasturidan mustahkam oʻrin olgan. 15-asrning 2-yarmi va 16-asr boshida Sayyid badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik Moh laqabli raqs ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda raqs sanʼati xalq raqsi va malakali raqs yoʻnalishida rivojlandi.
Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelgach, raqs sanʼatida ham oʻziga xos uslublar maydonga keldi. Bu davrda jaholat, mutaassiblik kuchaygani sababli raqs sanʼatida oʻsmir bolalar va yigitlar yetakchilik qilgan. Ayollar raqsi esa sozanda (Buxoro amirligi), xalfa (Xiva xonligi) va yallachi (Fargʻona vodiysida) deb yuritilgan ayol sanʼatkorlardan iborat ixcham toʻdalarning teatrlashgan dasturlarida rivojlanib, ichkarilarda uyushtiriladigan ziyofat va bazmlarda koʻrsatib kelingan. Erkaklarning yigʻinlarida raqqosalar xufiyona qatnashganlar.
20-asrda raqs sanʼati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Fargʻona raqsi yoʻnalishida; zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida: milliy raqs unsurlaridan foydalangan balet spektakllari tarzida rivojlanib keldi. Mazkur yoʻnalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib oʻtib, oʻz shaklishamoyili, mazmuniga ega boʻldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turgʻunboyeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Moʻminov, Maʼmura Ergasheva, Yulduz Ismashova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova, Dilafroʻz Jabborova, Qizlarxon Doʻstmuhamedova, Malika Ahmedova kabi raqs ustalarining xizmati katta.
Mustaqillik davrida raqs sanʼati yanada tez surʼatlar bilan rivojlanmoqda. 1997-yil 8-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekistonda milliy raqs va xoreografiya sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni va mazkur farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining oʻsha yili 25-fevralda 101-qarori chikdi. Shu asosda M. Turgʻunboyeva nomidagi "Oʻzbekraqs" ijodiy birlashmasi tashkil topdi, birlashma qoshida maxsus jamgʻarma tuzildi. Xoreografiya bilim yurti negizida esa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi barpo etildi. "Oʻzbekraqs", "Oʻzbeknavo" ijodiy birlashmalari tarkibidagi ansambllar, xalq raqs merosini oʻrganish va tiklash asosida yangi raqslar yaratish, anʼanaviy raqslarni asrabavaylash va munosib darajada namoyish etish, yosh raqqos va raqqosalarni tarbiyalab yetishtirish boʻyicha olib borayotgan harakatlari ijobiy natijalar bermoqda. Milliy raqs ijrochiligi boʻyicha M. Turgʻunboyeva nomidagi mukofot taʼsis etilgan. Bir qator davlat va xalq raqs ansambllari (masalan, "Bahor", "Tanavor" va boshqa), raqs ustalari jahonning turli mamlakatlarida boʻlib, oʻzbek raqs sanʼatini namoyish etmoqdalar.







Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling