2.1-rasm.O’zbekistonda ko’chib ketganlar va ko’chib kelganlar(ming kishi miqdorida)
O'zbekistonda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga yuklangan. Uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
mamlakat fuqarolarining chet ellardagi va xorijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi chet el firmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
yuridik shaxslarga xorijiy mehnat resurslarini jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek xorijiy fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berish (ularning muddatini uzaytirish).2
2.2-rasm. O’zbekistonda mehnat migratsiyasi(ming kishi,foiz ulishida, yil boshiga nisbatan)3
2021 yil 7 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, yuridik shaxslarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan mamlakat fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug'ullanish huquqi berildi.
3.O’zbekistonda yoshlar mehnat migratsiyasi: buguni va istiqboli. Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va chet tillarga o‘qitish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar berish borasidagi chora-tadbirlarni hayotga tizimli ravishda va jadal tatbiq etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |