Referat Mavzu: O’zbekiston Respublikasida tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish


-rasm. Hududlardan xorijiy davlatlarga borib mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (ming kishi)


Download 61.97 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi61.97 Kb.
#1035425
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurbonboyev Sarvar 22

3.1-rasm. Hududlardan xorijiy davlatlarga borib mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (ming kishi).
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan mehnat migrantlari soni 2021-yil yakuni bo’yicha o’rtacha 1,5 mln kishini, ulardan 27% xotin qizlar va 33,7 % yoshlarni tashkil etdi. (3.1-rasm).4

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish.


Xorijiy davlatlarda ishlash istagida bo‘lgan kamida 300 ming nafar fuqaroni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish. Xavfsiz, tashkillashtirilgan xorijiy mehnat migratsiyasiga 400 ming nafar fuqaroni yuborishni tashkil etish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar haq-huquqlarini ta’minlashda manzilli ko‘mak ko‘rsatish.
“O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasini samarali amalga oshirishni ta’minlash.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish.
Xorijdagi vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash. Yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik o‘rnatish va olib borish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.
Xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish.
Xorijdagi vatandoshlarning salohiyatini O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishga jalb etish va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.
Bugungi kunda XMTning hisob-kitoblariga koʻra, xalqaro muhojirlar soni dunyo boʻylab 312 mln. kishiga yetgan va ularning uchdan ikki qismi mehnat migrantlari hisoblanadi. Bu dunyo aholisining 3,5 foizidir. 2021-yilda muhojirlarning pul oʻtkazmalari 758 mlrd. AQSH dollaridan oshgan.
70 mlndan ortiq aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun asosiy masalalardan biri bu – yoshlar migratsiyasidir. Migratsiya nuqtayi nazaridan mintaqaning barcha mamlakatlarida umumiy xususiyatlarni kuzatish mumkin. Masalan, Qozogʻiston ish beruvchi davlat boʻlsa, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston asosan ishchi kuchi yetkazib beradigan davlatlar hisoblanadi.
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini liberallashtirish Oʻzbekiston mehnat migrantlariga xalqaro mehnat bozorining toʻlaqonli ishtirokchilariga aylanishiga imkon berdi. Xususan, qabul qilingan oʻndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlardan tashqari, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish sohasida ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar tuzildi. Xalqaro standartlar asosida yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda va mavjudlariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ish beruvchi tomonidan mehnat migrantlari huquqlari buzilishining oldini olish, mehnat migratsiyasi jarayonlarining faollashuvi va unda yoshlar ishtiroki tobora ortib borayotgani, 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning migratsiya jarayonidagi faol ishtiroki, mamlakat iqtisodiy koʻrsatkichining oʻsishi, aholi bandligini vaqtincha taʼminlashga ijobiy taʼsir qilishi bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
XMTning O‘zbekiston hukumati bilan hamkorligi mehnat harakatchanligi va inson rivojlanishi, migratsiya va salomatlik, odam savdosining oldini olish, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi, migrantlarni himoya qilish va yordam, chegaralarni boshqarish, jamiyatni barqarorlashtirish va tezkor harakatni o‘z ichiga oladi. migrantlar va ularning oila a'zolarining huquqlari, salomatligi va xavfsizligi, harakatchanligini kuzatish va qaytgan migrantlarning reintegratsiyasi.
XMTning O‘zbekistondagi faoliyati XMTning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Markaziy Osiyo mintaqaviy strategiyasining strategik ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi:

Download 61.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling