Referat mavzu: O’zbekiston zaharli ilonlari. Topshirdi: Qabul qildi: Reja
Download 60.82 Kb.
|
jasurkhan zoologiya 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘lvor ilon
Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)
Qalqontumshuq ilon, asosan Toshkent va Samardand viloyatidagi tog‘lar va Qoraqalpog‘iston tekisliklarida yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko‘p vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy hududlarida yashaydi. Tanasining uzunligi 68 sm. gacha, dumi qisqa 4–8 sm. bo‘ladi. Ustida to‘q rangli ko‘ndalang dog‘lari bor. Bu yo‘llarning cheti o‘rtasiga qaraganda ancha to‘q rangli bo‘ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to‘q rangli dog‘lardan iborat uzunasiga ketgan yo‘llari bor. Qorni och yoki to‘q rangli mayda dog‘li, ba’zan esa dog‘siz bo‘ladi. Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda gil tuproqli va qumli cho‘llardir. Janubda u baland tog‘lardagi archazor o‘rmonlarda va tosh uyumlari bo‘ylab alp o‘tloqlarigacha (3200 m. va undan balandroq) uchraydi. Mirzacho‘lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri – martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular o‘zlari qishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga o‘tadi. Iyulning oxiri – avgustda urg‘ochilari 160–190 mm. uzunlikdagi 1–20 ta bola tug‘adi. Qalqontumshuqning chaqishi juda og‘ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig‘i ko‘tariladi, ba’zan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 10–15 kundan keyin u tuzala boshlaydi. Ko‘lvor ilon Ko‘lvor ilon ancha yirik bo‘ladi, yo‘g‘onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm. cha, dumi esa 20 sm. dan ortiq emas. Eng og‘ir ko‘lvor ilonning massasi 3 kg. cha bo‘ladi. Usti och yoki to‘q kul rang, sarg‘ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho‘qqi-qirrasi bo‘ylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq dog‘lari bo‘ladi. Qorni och rangli bo‘lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo‘ladi. O‘zbekistonda Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma tog‘lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko‘p tarqalgan. Zarafshon tizma tog‘i va Nurota tog‘larining ba’zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba’zan esa undan ko‘p ko‘lvor ilonni uchratish mumkin. Ko‘lvor ilon tog‘larda, tog‘ oldilarida va tog‘larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog‘ etaklaridagi bog‘larda, buloq bo‘yida, tog‘lardagi tosh uyumlari orasida ko‘p uchraydi. Ko‘lvor ilon qishlagandan keyin mart oyida, baland tog‘larda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham ko‘rinadi. Ko‘lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo‘yi tunda faol hayot kechiradi. Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, ba’zan kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilon iyulda tuxum qo‘yadi. Yosh ilonlar avgust-sentabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bog‘ida ko‘lvor ilon 17 yil yashagan. Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, u halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi. O‘zbekistonda keng tarqalgan zaharli ilonlarning besh turi uchraydi: 1) O‘rta Osiyo kobrasi – Naia oxiana eich; 2) Dasht zaharli qora ilon – Vipera ursine; 3) Charx ilon – Carina tus scheid; 4) Qalqontumshuq ilon – Ancistrodon nalys Pall; 5) Ko‘lvor ilon – Vipera lebetina L. Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qo‘lingiz bilan siqib chiqaring yoki so‘rib tashlang. Ilonning zahari so‘lak ta’sirida qisman parchalanadi va odam og‘zi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bo‘lgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 daqiqadan ortiq so‘rib yoki siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga nam doka yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, qahva ichishi, tarvuz eyishi foydali. Bunda spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko‘rilganidan keyin darhol shifokorga uchrasish lozim. Download 60.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling