Inflyatsiya. 2011 yilda inflyatsiya darajasi tasdiqlangan prognoz ko'rsatkichdan
past bo'ldi va bunda qat'iy monetar siyosat yuritilayotganligi muhim ahamiyat kasb
etdi. Respublika hududlarida tovarlar va xizmatlar narxlarining o'zgarishi bo'yicha
olib borilgan kuzatishlar, shuningdek, iste'mol mahsulotlari bozori kon'yunkturasi
va ularning xalqaro bozordagi narxlari dinamikasi tahlili 2011 yilda inflyatsiyaga
asosan nomonetar omillar ta'sir etganligini ko'rsatdi.
Investitsiyalar. 2011 yilda o'zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi
2010 yilga nisbatan 7,9 foizga ortib, 18,3 trln. so'mni yoki yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 23,9 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal
faollashib borayotganidan dalolat beradi. Asosiy kapitalga yo'naltirilgan
investitsiyalarning 50,2 foizi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholining o'z
mablag'lari, 21,2 foizi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 6,0 foizi
esa byudjet mablag'lari hisobidan moliyalashtirildi. Umumiy investitsiyalar
salmog'ida ishlab chiqarishga yo'naltirilgan investitsiyalarning ulushi 70,6 foizni
tashkil etdi. Uning 23,6 foizi transport va aloqa, 15,2 foizi yoqilg'i-enegetika, 4,6
foizi qishloq xo'jaligi, 4,1 foizi metallurgiya hamda 23,1 foizi boshqa tarmoqlar
hissasiga to'g'ri keladi. Noishlab chiqarish sohasiga yo'naltirilgan
investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi 29,4 foizni, jumladan uy-joy
qurilishining ulushi 17,7 foizni, ta'lim sohasi - 2,1 foizni va sog'liqni saqlash sohasi
- 2,4 foizni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |